51
emas, boshqa muhit, aytaylik hayvonlar
muhitiga tushib qolsa, unda irsiy
belgilarning ayrim biologik ko'rinishlari saqlanar, lekin insoniy fikr, faoliyat,
xatti-harakat bo'lmaydi. (1920 yilda hindistonlik doktor Singx Midnapur shahri
yaqinidagi bo'ri uyasidan topib olgan qizchalar Kamola
va Amola hayoti bunga
misol bo'ladi)
18
. Yoki Daniel Defoning “Robinzon Kruzo” asaridagi bosh
qaxramon- Robinzon yashagan orol sohillariga uning xaloskor kemasi yelkan
otmaganida edi, u shaxs sifatida degradatsiyaga
19
uchragan bo‘lardi.
Ijtimoiy muhitning buyuk insonlar shakllanishidagi o'rni mo'him bo'lib,
Alisher Navoiy - shoir, Eynshteyn- fizik, Ulug'bek-astronom, Ibn Sino-tabib bo'lib
tug'ilmagan, albatta. Ulardagi qobiliyat kurtaklarining rivojlanishi, iste'dodga
aylanishida ijtimoiy muhit, ta'lim -tarbiya mo'him o‘rin egallaydi. Davlatimizning
barkamol inson tarbiyalash borasidagi siyosatida
ham shaxs shakllanishida
muhitning o'rni muhimligi ko'rsatiladi.
Ta'lim - tarbiya insonning shakllanishida etakchi o‘rin egallaydi.Ta'lim -
tarbiya natijasida irsiyat va muhitning stixiyali ta'sirini o'qish, ¸zizish, mehnat
qilish, musiqa bastalash va boshqa malaka va ko'nikmalar egallanishi evaziga
o‘zgartirish, xatto tug'ma kamchiliklar(karlik, zaif ko‘rish, soqovlik)ni bartaraf
etish mumkin. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda
qobiliyatli, iste'dodli va iqtidorli bolalarga aloqida e'tibor berila boshlandi, ularning
iqtidori yoshligidan aniqlanib rivojlantirilmoqda. Bugungi kunda “Nihol”,
Zulfiya
nomidagi davlat mukofotlari, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy nomidagi va
Prezident stipendiyalarining ta'sis etilganligi ham yoshlarga berilayotgan
e'tiborning timsolidir.
Ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan ma'naviy meros – ularning asarlarida
komil insonni ma'naviy rivojlantirish g‘oyasi o‘z ifodasini topgan. Xususan,
“Avesto”, Qur'oni Karim, Sharq mutafakkirlarining noyob asarlaridagi komil inson
g‘oyasi, Sharqona axloq kodeksi va bugungi kundagi O'zbekiston Respublikasi
18
Pedagogika. O'quv qo‘llanma // A.Munavvarov tahririda.- Toshkent: "O'qituvchi", 2006.- 29- bet.
19
Degradatsiya – shaxsning rivojlanishida tubanlik holati, ya'ni insonning shaxs sifatida tanazzulga uchrashi
(muallif)
52
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida sog‘lom avlod tarbiyasi haqida o'lmas g'oyalar
keltirilgan. Har bir inson shaxs sifatida turlicha namoyon bo'lar ekan, uning
ijtimoiy voqyelikka, mehnatga, insonlar va jamiyatga bo'lgan munosabati, faollik
darajasi, axloq-odob borasidagi etukligi turlicha bo‘ladi.
Shaxs qaysi jamiyatda
yashasa o'sha jamiyat qonun-qoidalariga amal qiladi va voyaga yetadi.
Pedagogikada shaxsning kamolotga etishishi murakkab va ziddiyatli jarayon
sifatida qaraladi. Shaxsning kamolotga erishishida irsiyat, muhit, maqsadga
muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim -tarbiya va albatta o‘zining mustaqil faoliyati,
iroda safarbarligi mo'him ahamiyat kasb etadi.
Irsiyat nishonalari shaxsni shakllantirishning ob'ektiv omillariga kiradi. Inson
organizmidagi anatomik tuzilish,
fiziologik harakat, asab tipi, asosiy shartsiz
reflekslarni ota-onasidan meros qilib oladi. Zamonaviy pedagogika va psixologiya
fanlarida odam shaxsi va xulqi rivojlanishida biologik omillarning rolini yuksak
baholab, shaxsni naslga bog'lab o'rganuvchi bixeviorizm, progmatizm, biogenetik
oqimlar mavjud bo'lib, ularning ayrim vakillari (E.Torndayk ) odam bolasi ona
pushtidaligidayoq bo'lajak shaxsga xos barcha xususiyatlarga ega bo'ladi,
degan
fikrni ilgari surishsa, ayrimlari ong va aqliy qobiliyat ham nasldan-naslga o'tadi,-
degan g‘oyani ma'qullaydilar. Ba'zi olimlar shaxsning axloqiy jihatdan o'sishini
ham irsiyatga bog'laydi.Shunday qilib,
Do'stlaringiz bilan baham: