Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/227
Sana21.12.2022
Hajmi5,01 Kb.
#893664
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   227
Bog'liq
-.-

 Odob 
- axloq
– shaxsning o‘ziga va dunyoga nisbatan munosabatlaridagi xatti-
harakatlarining belgilangan, aniqlangan usuli bo‘lib, sabab tasavvurlar va 
qarashlarni qamrab oladi, ya'ni shaxs shakllanadigan manba hisoblanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2-rasm.
Shaxsning kamol topishidagi asosiy omillar
Ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishidagi o'rni nihoyatda beqiyosdir. Irsiy 
belgilarning rivojlanishi insoniy-ijtimoiy muhitda yashashga bog'liqligiga
ko'plab misollar keltirish mumkin. Inson bolasi, agar ijtimoiy-insoniy muhitda 
Ijtimoiy omillar 
Ijtimoiy munosabatlar, 
ijtimoiy tafakkur, turmush 
tarsi, shaxslararo, 
guruhlararo, millat va 
halqaro munosabatlarning 
muvofiqligi 
 
Biologic omillar 
Genlar, irsiy, anatomic, 
fiziologik, ruhiy tashkiliy 
jihatlar orqali o’tadigan 
birliklar 
Ruhiy omillar 
Inson psixikasidagi hissiy, 
aqliy faoliyat sohalaridagi 
o’zgarishlar 


51 
emas, boshqa muhit, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy 
belgilarning ayrim biologik ko'rinishlari saqlanar, lekin insoniy fikr, faoliyat, 
xatti-harakat bo'lmaydi. (1920 yilda hindistonlik doktor Singx Midnapur shahri 
yaqinidagi bo'ri uyasidan topib olgan qizchalar Kamola va Amola hayoti bunga 
misol bo'ladi)
18
. Yoki Daniel Defoning “Robinzon Kruzo” asaridagi bosh 
qaxramon- Robinzon yashagan orol sohillariga uning xaloskor kemasi yelkan 
otmaganida edi, u shaxs sifatida degradatsiyaga
19
uchragan bo‘lardi. 
Ijtimoiy muhitning buyuk insonlar shakllanishidagi o'rni mo'him bo'lib, 
Alisher Navoiy - shoir, Eynshteyn- fizik, Ulug'bek-astronom, Ibn Sino-tabib bo'lib 
tug'ilmagan, albatta. Ulardagi qobiliyat kurtaklarining rivojlanishi, iste'dodga 
aylanishida ijtimoiy muhit, ta'lim -tarbiya mo'him o‘rin egallaydi. Davlatimizning 
barkamol inson tarbiyalash borasidagi siyosatida ham shaxs shakllanishida 
muhitning o'rni muhimligi ko'rsatiladi. 
Ta'lim - tarbiya insonning shakllanishida etakchi o‘rin egallaydi.Ta'lim -
tarbiya natijasida irsiyat va muhitning stixiyali ta'sirini o'qish, ¸zizish, mehnat 
qilish, musiqa bastalash va boshqa malaka va ko'nikmalar egallanishi evaziga 
o‘zgartirish, xatto tug'ma kamchiliklar(karlik, zaif ko‘rish, soqovlik)ni bartaraf 
etish mumkin. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda
qobiliyatli, iste'dodli va iqtidorli bolalarga aloqida e'tibor berila boshlandi, ularning 
iqtidori yoshligidan aniqlanib rivojlantirilmoqda. Bugungi kunda “Nihol”, Zulfiya 
nomidagi davlat mukofotlari, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy nomidagi va 
Prezident stipendiyalarining ta'sis etilganligi ham yoshlarga berilayotgan 
e'tiborning timsolidir. 
Ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan ma'naviy meros – ularning asarlarida 
komil insonni ma'naviy rivojlantirish g‘oyasi o‘z ifodasini topgan. Xususan, 
“Avesto”, Qur'oni Karim, Sharq mutafakkirlarining noyob asarlaridagi komil inson 
g‘oyasi, Sharqona axloq kodeksi va bugungi kundagi O'zbekiston Respublikasi 
18
Pedagogika. O'quv qo‘llanma // A.Munavvarov tahririda.- Toshkent: "O'qituvchi", 2006.- 29- bet. 
19
Degradatsiya – shaxsning rivojlanishida tubanlik holati, ya'ni insonning shaxs sifatida tanazzulga uchrashi 
(muallif) 


52 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida sog‘lom avlod tarbiyasi haqida o'lmas g'oyalar 
keltirilgan. Har bir inson shaxs sifatida turlicha namoyon bo'lar ekan, uning 
ijtimoiy voqyelikka, mehnatga, insonlar va jamiyatga bo'lgan munosabati, faollik 
darajasi, axloq-odob borasidagi etukligi turlicha bo‘ladi. Shaxs qaysi jamiyatda 
yashasa o'sha jamiyat qonun-qoidalariga amal qiladi va voyaga yetadi. 
Pedagogikada shaxsning kamolotga etishishi murakkab va ziddiyatli jarayon 
sifatida qaraladi. Shaxsning kamolotga erishishida irsiyat, muhit, maqsadga 
muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim -tarbiya va albatta o‘zining mustaqil faoliyati, 
iroda safarbarligi mo'him ahamiyat kasb etadi. 
Irsiyat nishonalari shaxsni shakllantirishning ob'ektiv omillariga kiradi. Inson 
organizmidagi anatomik tuzilish, fiziologik harakat, asab tipi, asosiy shartsiz 
reflekslarni ota-onasidan meros qilib oladi. Zamonaviy pedagogika va psixologiya 
fanlarida odam shaxsi va xulqi rivojlanishida biologik omillarning rolini yuksak 
baholab, shaxsni naslga bog'lab o'rganuvchi bixeviorizm, progmatizm, biogenetik 
oqimlar mavjud bo'lib, ularning ayrim vakillari (E.Torndayk ) odam bolasi ona 
pushtidaligidayoq bo'lajak shaxsga xos barcha xususiyatlarga ega bo'ladi, degan 
fikrni ilgari surishsa, ayrimlari ong va aqliy qobiliyat ham nasldan-naslga o'tadi,- 
degan g‘oyani ma'qullaydilar. Ba'zi olimlar shaxsning axloqiy jihatdan o'sishini 
ham irsiyatga bog'laydi.Shunday qilib, 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish