Tayanch doktorantura
– O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti
mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda
mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va
himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida
111
tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari
bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim shakli.
Doktorantura
– O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari
hisobidan
moliyalashtiriladigan,
ishlab
chiqarishdan
ajralgan
holda
mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va
himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha fan
doktori (DS) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida tashkil
etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bo‘yicha oliy
o‘quv yurtidan keyingi ta'lim shakli.
Mustaqil izlanuvchilik
– ishlab chiqarishdan ajralmagan holda doktorlik
dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur
o‘rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) yoki
fan doktori (DS) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarda tashkil
etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar bo‘yicha oliy o‘quv
yurtidan keyingi ta'lim shakli.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta'lim muassasalarining rahbar
va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son
Farmoniga muvofiq oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash
va malakasini oshirish tizimining o‘qitish shakllari va usullarini, pedagog kadrlar
tarkibining sifat darajasini zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda
takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi
«Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 242-son
qarori bilan «Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risida»gi Nizom
tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 103-son Qarori bilan
mazkur Nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan hujjatlarga asosan qayta tayyorlash va malaka
oshirish kurslarida o‘qish tasarrufida oliy ta'lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va
112
idoralar bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi
o‘quv rejasining namunaviy tuzilmasi asosida ishlab chiqilgan 288 soat hajmdagi
o‘quv dasturlari bo‘yicha ikki oy davomida, ishdan ajragan holda amalga
oshiriladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari o‘qishni tugatgandan
keyin attestatsiya komissiyalari tomonidan o‘tkaziladigan attestatsiyadan o‘tishlari
kerak. Attestatsiya komissiyasi tegishli sohalardagi yetakchi olimlar va
mutaxassislar, ilmiy kengash a'zolari, o‘quv-uslubiy ishlar sohasidagi yirik
mutaxassislar safidan kamida 7 kishidan iborat bo‘lgan oliy ta'lim muassasasi
rektori yoki fan doktori ilmiy unvoni berish bo‘yicha ilmiy kengash raisi
boshchiligida shakllantiriladi. Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan qayta
tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilariga qat'iy hisobda turadigan
davlat namunasidagi hujjat hisoblanadigan malaka attestati beriladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish yakunlari bo‘yicha
attestatsiyadan o‘tmagan oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari
bir yil mobaynida pulli asosda o‘qishning tegishli yoki turdosh yo‘nalishi
(mutaxassisligi) bo‘yicha keyingi qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi
yakunida attestatsiyadan o‘tishadi.
Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va
malaka oshirish kurslarini takroran o‘zlashtirishi asosiy ishdan ajralmagan holda
kurslarning o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda yoki masofadan o‘qitish usullari
orqali o‘zlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Mustaqil ravishda yoki masofadan o‘qitish usullari orqali qayta tayyorlash va
malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlari bo‘yicha tayyorlanib kelgan tinglovchilar
yakuniy attestatsiyaga kiritiladi. Yakuniy attestatsiya tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha
tayanch oliy ta'lim muassasalari huzuridagi attestatsiya komissiyalari tomonidan
amalga oshiriladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish yakunlari bo‘yicha
attestatsiyadan takroran o‘tmagan yoki asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan
113
muddatda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan takroran o‘tmagan
taqdirda, ushbu xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish
muddatidan hamda bo‘sh turgan pedagog lavozimini egallash tanlovi davrining
tugagan muddatidan qat'i nazar, mehnat shartnomasi belgilangan tartibda ikki oy
mobaynida bekor qilinadi. Bunda ular o‘z pedagogik faoliyatini boshqa ta'lim
muassasalarida (oliy ta'lim muassasalaridan tashqari) davom ettirishi yoxud boshqa
tashkilotlarda ishlashi hamda o‘zining kasbiy malakasini mustaqil ravishda
oshirishi mumkin.
Shunday qilib, bugun mamlakatimizda qator o‘qituvchilarimiz pedagogik
g‘oyalar targ‘ibotchisiga aylanishdi, tasdiqlangan dastlabki materiallar bilangina
emas, balki o‘zining shaxsiy ijodiy rejasi asosida ish yuritmoqdalar. Yangilikka,
erkinlikka, mustaqilikka intilish hozirgi zamon o‘qituvchisining shaxs sifatlari
tarkibiga kirib ulgurdi, endi an'anaviy o‘qitish tizimi o‘z o‘rnini milliy istiqlol
g‘oyasi bilan sug‘orilgan va qat'iyan ilmiy asosda tashkil etilayotgan zamonaviy
pedagogik tizimga asoslanmoqda. Pedagogik amaliyotning turli tomonlarini
qamrab olayotgan kuchli innovatsion impuls harakati davom etmoqda: ta'lim
sifatini oshirish, natijalarini oldindan belgilash, innovatsion, axborot va
kommunikatsion texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish, interfaol
o‘qitish,ta'lim menejmentiga qaratilgan yondashuvlar vujudga keldi.
Mustaqil O'zbekistonning kuch - qudrat manbai - xalqimizning umuminsoniy
qadriyatlarga sodiqligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |