Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi nizomi



Download 145,6 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana24.01.2022
Hajmi145,6 Kb.
#408003
  1   2   3   4   5
Bog'liq
42eb79677f876aff6725ad660bdc0d0c



Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish 

tarmoq markazi  

NIZOMI  

I. Umumiy qoidalar

 

1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012  yil 26 sentyabrdagi 



“Oliy  ta’lim  muassasalari  pedagog  kadrlarini  qayta  tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirish 

tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son qarori bilan tashkil etilgan 

oliy  ta’lim  muassasalari  pedagog  kadrlarini  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish  tarmoq 

markazining (keyingi o‘rinlarda – tarmoq markazi deb ataladi) faoliyatini belgilaydi. 

2. Tarmoq markazining maqsadi – oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va 

malakasini oshirish jarayonlari sifatini takomillashtirish, ularning bilimi va kasbiy mahoratini aniq 

yo‘nalishlar  (mutaxassisliklar)  bo‘yicha  iqtisodiyot  sohalarining  tezkor  rivojlanib  borishiga 

uyg‘unlashtirish,  tarmoqdagi  innovatsiyalarni  ta’lim  jarayoniga  joriy  qilish,  tegishli  sohalar 

bo‘yicha yangi texnika va texnologiyalarni professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zlashtirishlariga 

ko‘maklashishdan iborat. 

3. Tarmoq markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

oliy ta’limning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha fanlarning umumkasbiy va maxsus bloklari bo‘yicha 

qayta tayyorlash va malaka oshirishni amalga oshirish hamda ular bo‘yicha zamonaviy metodik, 

axborot-resurs bazasini yaratish; 

xorijiy  mutaxassislarni  shartnoma  asosida,  shuningdek  mahalliy  konstruktorlik-texnologik 

muassasalar va respublikadagi yirik korxonalar rahbarlarini taklif etgan holda, eng avvalo, yuqori 

va  innovatsiya  texnologiyalari  sohasida  oliy  ta’lim  muassasalari  pedagog  kadrlarini  qayta 

tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim dasturlarini amalga oshirish;  

ta’limning ishlab chiqarish bilan samarali o‘zaro hamkorligini, oliy ta’lim muassasalari pedagog 

kadrlarini  qayta  tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirish  jarayoniga  ko‘chma  mashg‘ulotlar, 

zamonaviy  texnika  va  texnologiyalar  bilan  jihozlangan  korxonalarga  tashriflar  joriy  etilishini 

ta’minlash; 

tarmoq markazlarida, shu jumladan ishlab chiqarish, tadqiqot, loyihalash-qidiruv tuzilmalarining 

moddiy-texnikaviy  bazasidan  foydalangan  holda  mashg‘ulotlar  o‘tkazish  uchun  zarur  o‘quv  va 

moddiy-texnikaviy bazani yaratish; 

oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning, 

innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 

qo‘llashni, masofadan o‘qitishni, mustaqil ta’lim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika 

va texnologiyalarning istiqbolda rivojlanishini hisobga oluvchi dasturlarini ishlab chiqish va joriy 

etish. 


4.  Oliy  ta’lim  muassasalarining  pedagogik  kadrlarini  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish 

Tarmoq  markazi  o‘z  faoliyatini  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi,  O‘zbekiston 

Respublikasi  qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalarining  qarorlari, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  qaror  va  farmoyishlari,  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim 

vazirligi, tarmoq vazirliklari hamda ushbu Nizomga asosan amalga oshiradi. 




5.  Tarmoq  markazi  yuridik  shaxs  hisoblanadi,  o‘z  ustaviga,  mustaqil  balansiga,  O‘zbekiston 

Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida hisob raqamlariga ega bo‘ladi. 




Download 145,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish