419
To‘pni qabul qilish – uzatish tananing muvofiq holatidan boshlanadi.
O‘yinchi o‘rtacha holatda, tizzalari qisman bukilgan, oyoqlari elka kengligida bir
tovoni oldinga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. O‘yinchilar kelayotgan to‘pni pastdan
yoki bosh ustidan uzatadi. O‘yinchilar pastdan ham, yuqoridan ham to‘p uzatish
mashqlarini ijro etishda yaxshi ko‘nikmaga ega bo‘lishlari kerak. Agar zaruriyat
bo‘lsa, mashqni bajarish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish darkor.
To‘pni qabul qilish – uzatish quydagi tartibda amalga oshiriladi: Qo‘llarni to‘pga
tekkazishda, ular yozilgan bo‘lishi ta’lab qilinadi.
To‘pni to‘g‘ri nishonga uzatish texnikasini ko‘rsatish. Bosh ustidan to‘p
uzatish to‘pni yo‘nalishiga bog‘liqdir. To‘p
uzatuvchi elkasini oldinga, qo‘llarini
yuzidan pastroq, lekin ko‘zidan baland tutib barmoqlari mushaklarini
taranglashtirib to‘pga to‘qnashtirishi ta’lab qilinadi. O‘z o‘yinchilaringizga, ushbu
usulni bajarishga yordam berish uchun, quydagi maslaxatdan foydalaning: to‘pga
420
zarba berish; to‘pga qo‘llarni to‘qnashtirish, to‘pni baland pastligi, yo‘nalishi,
aniqligi tezligi va oralig‘i e’tiborga olinishi kerak.
To‘pni bosh ustidan uzatish to‘pni bosh tomonga yo‘nalishiga bog‘liq
bo‘ladi. Bunda o‘yinchi o‘z holatiga qarab to‘p uzatishni muvofiqlashtirishi kerak.
Uzatuvchi elkasi va qo‘llarini yuzidan pastroqda ushlashi kerak. Ko‘zlari ustida
bo‘lishi lozim, barmoqlar mushaklari to‘p bilan to‘qnashish vaqtida taranglashgan
bo‘lishi kerak.
O‘z o‘yinchilaringizga to‘pni bosh ustidan boshlab uzatish uchun quyidagi
o‘rgatuvchi maslahatlarni qo‘llang
:
Zarba berish,
To‘pni peshona yoki balandroq holatda bo‘lishi,
To‘pgacha bo‘lgan oraliq.
Mashqlarni bajarish tartibi almashtirilishi mumkin – 3, 2, 1 yoki 0. agar to‘p
uzatish nishon tomon ijro etiladigan bo‘lsa, unda 3 imkoniyat uchta variantda
quyidagicha bajarilishi mumkin: aniq to‘p uzatish va uzatuvchi xohlagan uchta
hujumchiga uzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
A – 2 imkoniyatli mashq to‘p
uzatuvchini biroz harakatlanishga
majbur qiladi.
A – 1 imkoniyatli mashqda to‘p
uzatuvchi juda kam harakatlanadi va
to‘pni
bir
variantda
bajarishi
mumkin bo‘ladi.
A – 0 esa – uzatuvchiga hech qanday imkoniyat bermaydi.
To‘p uzatish ustida ishlash va amalda uni baholab borish eng yaxshi g‘oya
bo‘lib hisoblanadi. O‘yinchilar o‘z yondoshuvlarini o‘zlari belgilashi mumkin.
Masalan, 15- o‘yinchi tirsaklar yoki qo‘l harakatlarini bajarayapti, agar siz to‘pni
nishonga uzatishga diqqat bermasangiz va mashqlarni
mavsum boshidan bajarib
bormasangiz, unda har bir o‘tishda 3, 2, 1 yoki 0 raqamini chaqirishingiz mumkin.
Аgаr siz to‘p uzаtishni o‘zlаshtirishgа
mаvsum bоshidа ustivоrlik bеrmаsаngiz
mаvsumni bоshqа bоsqichlаridа hаm
(qismlаridа) ustivоrlik bеrishingiz mushkul
bo‘lаdi.
421
SHerik bularga shaylanadi va ularni e’tiborga oladi. Hisobni 15gacha ajratib
mavsumni qolgan qismida o‘rtacha ballga ega bo‘lishi mumkin.
O‘rtacha 2, 3 ballgacha mmashqni bajarish o‘tishni yaxshi amalga
oshirilganini ifodalaydi, 1, 0 ball bahosi esa zaif o‘tish hisoblanadi. O‘zining hal
qiluvchi ballini bilish ushbu usulni qaerda va qachon sportchilarga
takomillashtirish
imkoniyatini ochib beradi, ularga aniq maqsadni belgilaydi.
Mashg‘ulotlarda va turnirlarda hal qiluvchi ballarni yozib borish foydalidir.
Bu borada o‘yinchilarning kuchli va zaif tomonlarini o‘rganish uchun
mashqlarni qanday bajarilishini ko‘rib chiqamiz. Agar mavsum faollashib
qo‘shimcha muammolar yuzaga kelayotgan bo‘lsa, uni dastlabki bosqichidayoq
mashqlarning asosiy usullari o‘yinchilarga to‘pni xis qilish,
uni holatini bilish va
o‘ynash yo‘llarini amalda bajarishga imkon yaratadi. O‘yinchilar o‘z
imkoniyatlarini yaxshilashi uchun ular mashqlarga tayyor bo‘lishi, ularni yuksak
aniqlik va tezlikda bajarishlari talab qilinadi. Maqsad shundan iboratki,
o‘yinchilarni raqibga qarshi raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlash. O‘yinchilarda
to‘p kiritish turini o‘zlashtirish imkoniyati dorligiga ishonch hosil qiling, chunki
ular raqobatli bellashuvda
bunday vaziyatga duch keladi; agar zaruriyat bo‘lsa,
eng kuchli to‘p kirituvchilar yoki jamoa trenerlari raqib sifatida bu ishni
(mashqni) amalga oshirishi mumkin.
Barcha mashqlar ko‘p martalab takrorlanishni talab qiladi. Kichik guruhlarda
birga bir mashq o‘tkazish mavsum boshida, hamkorlikda va jamoa bo‘lib mashq
o‘tkazish mavsum davomida samarali hisoblanadi. Lekin bu jarayonda ochkolarni
raqobatli asosda hisoblash o‘yinchilarni faollashtiradi.
YAngi shug‘ullanuvchilar bilan bunday mashqlarni qshllashda trener asosiy
o‘rgatuvchi rolni o‘ynashi lozim. YAxshiroq tayyorlangan o‘yinchilar
boshqa
o‘yinchilarni mashq markaziga jalb qilishi kerak. Oddiy mashqlardan
kombinasion mashqlarga o‘tish, ikki va undan ko‘p harakatlarni biriktiruvchi
mashqlarni qo‘llash zarur. Lekin bunday mashqlarni qo‘llash uchun tayyorgarlik
etarli bo‘lishi kerak. O‘rgatish va mashg‘ulot jarayonida barcha o‘yinchilar
ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Mavsum o‘rtasida va mavsumdan keyingi
422
vaqtlarda individual mashqlardan foydalanish texnik mashqlarni qo‘llash
imkoniyatini yaratadi. Agar shakllantirilayotgan o‘yin
usuli sifati susayadigan
bo‘lsa, unda takrorlash sonini ortirish talab qilinadi.
Tayyorgarlik davomida o‘yinchi o‘zining o‘zlashtirgan usuli bo‘yicha
taqdimot o‘tkazishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Izchil va to‘g‘ri shaklda ko‘rik o‘tkazish doimo xatolarni bartaraf etishga
yordam beradi. Taqdimot o‘tkazishda o‘yinchilar to‘pni boshqarish imkoniyatini,
ular raqib uchun raqobatli ekanligini namoyish qiladi. Kuchli taqdimot o‘yinchilar
o‘zlarida ishonch xissi yuzaga kelishiga turtki beradi. O‘yinchilarga yuksaklikka
qarashni aytib bering!
Do'stlaringiz bilan baham: