174
8.4.3. Chaqqonlikni tarbiyalash
Chaqqonlik bir qancha ko‘rsatkichlar bilan aniqlanishi sababli yagona ta’rifga
ega emas.
Har qanday harakat biror bir aniq vazifani hal qilishga qaratilgan bo‘ladi:
mumkin qadar balandroq sakrash; to‘pga zarba berish; to‘pni uzatish va boshqalar.
Harakat vazifasining murakkabligi ketma-ket bajariladigan harakatlarning
uyg‘unligi bilan belgilanadi. Harakatlarning koordinatsion
murakkabligi chaqqon-
likning birinchi mezoni hisoblanadi.
Agar harakat yetarli darajada aniq bo‘lsa, harakat vazifasi bajariladi.
Harakatning aniqligi chaqqonlikning ikkinchi o‘lchovi hisoblanadi.
Agar shug‘ullanuvchi o‘zi uchun yangi harakatlarni tezda bajara olsa, ushbu
harakatlarni o‘zlashtirib olishga ko‘proq vaqt ketkazgan shug‘ullanuvchiga
nisbatan chaqqonroq hisoblanadi. Shuning uchun harakatlarni o‘zlashtirib
olishga
sarflanadigan vaqt chaqqonlik ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagilarni hisobga olib, chaqqonlikni yangi harakatlarni tezda o‘zlashtirib
olish, harakat faoliyatini to‘satdan o‘zgarayotgan sharoit talablariga muvofiq
ravishda tezda qayta qurish qobiliyati deb atash mumkin bo‘ladi.
Chaqqonlikni tarbiyalash koordinatsion jihatdan
murakkab harakatlarni
o‘zlashtirib olish, harakat faoliyatini to‘satdan o‘zgargan sharoit talablariga
muvofiq ravishda qayta qurish qobiliyatini tarbiyalashdan iborat. Bunda
muvozanat saqlash, galma-gal zo‘r berish va bo‘shashtirish
harakatlarini tanlab
takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.
Chaqqonlikni tarbiyalashning asosiy yo‘li yangi xilma-xil harakat ko‘nikma
va malakalarini o‘rganib olishdir. Bu harakat zaxiralarining ortib borishi va harakat
analizatorining funksional imkoniyatlariga samarali ta’sir etadi. Yangi harakatlarga
o‘rgatishning uzluksiz bo‘lishi tavsiya etiladi. Chunki shug‘ullanuvchilar yangi
harakatlarga muntazam o‘rgatib borilmasa, harakatlarga o‘rganish
qobiliyati
pasayib ketadi.
175
Harakat faoliyatini tez va maqsadga muvofiq ravishda qayta qurish qobiliyati
sifatidagi chaqqonlikni tarbiyalash uchun to‘satdan o‘zgargan sharoitdagi
ta’sirlarga darhol javob berish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlar qo‘llaniladi.
Chaqqonlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar nisbatan tez charchashga olib
keladi. Ayni paytda esa bu mashqlarning bajarilishi mushaklarning nihoyatda aniq
sezib turishini talab etadi va charchash sodir bo‘lganda kam samara beradi.
Shuning uchun chaqqonlikni tarbiyalashda dam olish oraliqlari to‘liq
tiklanish
uchun yetarli bo‘lishi lozim.
Voleybolda muvozanat saqlash va uni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratiladi.
Muvozanat deganda gavdani turg‘un bir holatda saqlash qobiliyati
tushuniladi. Voleybolda muvozanatni saqlash statik (deyarli harakatsiz muvozanat)
va dinamik (harakat vaqtidagi muvozanat) bo‘lishi mumkin. Muvozanat funksiyasi
qanchalik takomillashgan bo‘lsa, u muvozanatni shunchalik tez tiklab oladi, unda
tebranish amplitudasi shunchalik kichik bo‘ladi.
Muvozanat saqlashni ikkita asosiy yo‘l bilan tarbiyalash mumkin. Birinchisi
muvozanat saqlash mashqlarini qo‘llash, ya’ni
muvozanat saqlashni
qiyinlashtiradigan sharoitlardagi mashqlar va holatlar. Ikkinchi yo‘l muvozanat
(vestibulyar va harakat muavozanati) yo‘qolmasligini ta’minlovchi analizatorlarni
tanlab takomillashtirishga asoslangan. Vestibular funksiyani
takomillashtirish
uchun to‘g‘ri chiziqli va burchakli tezlanishlar bilan bajariladigan mashqlardan
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: