132
Hujum zarbasini berishga o‘rgatishda ikkita katta vazifa hal etiladi:
1. Tayanch-harakat
apparatini mustahkamlash, qo‘l va oyoqning dinamik
kuchini rivojlantirish.
2. Harakatlanuvchi obyektga (to‘pga) tayanchsiz
holatda javob reaksiyasini
berish uchun zarur darajadagi koordinatsion harakatlarni bajara olish.
Ushbu vazifalarni yechishda quyidagilardan foydalaniladi:
1. Yuqoriga ilib qo‘yilgan predmetni bir-ikki qadamdan yugurib kelib, ikki
oyoqda depsinib, bir qo‘llab olish.
2. Gimnastika o‘rindig‘i ustidan «ilon izi» bo‘lib sakrash. Diqqat qo‘llarning
orqaga-oldinga-yuqoriga harakatlanishiga qaratiladi.
3. 40–50 sm balandlikdan pastga sakrashlar.
4. Sakrovchanlikni rivojlantiruvchi mashqlar: cho‘qqayib o‘tirgan
holatdan
sakrash; ikki oyoqda depsinib uzunlikka ko‘p marotaba sakrashlar; og‘irliklar bilan
(gantel, to‘ldirma to‘p va boshqalar) yuqoriga sakrashlar; shtanga bilan o‘tirib-
turishlar (vaznning 70% og‘irligida).
5. Ikki oyoqda depsinib sakragan holatdan to‘ldirma to‘pni
bosh orqasidan
irg‘itish. Xuddi shunday, faqat to‘r ustidan.
Yaqinlashtiruvchi mashqlar
1. To‘g‘ridan beriladigan hujum zarbasini imitatsiya qilish; turgan joydan, 1,
2, 3 qadamdan so‘ng.
2. Rezinkali amortizatorga o‘rnatilgan to‘pga zarba berish.
3. Devor yonida turib ko‘p marotaba hujum zarbasini bajarish. Xuddi
shunday, faqat sherikka qarata zarba berish. Masofa - 7-8 m.
4. Sherigi tashlab bergan to‘pga zarba berish. To‘p 2
m balandlikda tashlab
beriladi.
5. Sherigi tashlab bergan to‘pga to‘r ustidan zarba berish. Hujum zarbasining
o‘zlashtirilishiga qarab sekin-asta musobaqa sharoitiga yaqinlashtirib boriladi.
Texnika bo‘yicha mashqlar
1. 3-zonadan uzatilgan to‘pga 4-zonadan yo‘nalish bo‘yicha hujum zarbasini
berish.
133
2. 3-zonadan uzatilgan to‘pga 2-zonadan zarba berish. To‘pning
uzatilish
trayektoriyasi 3 m gacha pasaytiriladi, yugurib kelish masofasi qisqartiriladi.
3. 4,3,2-zonalardan har xil trayektoriyalar bo‘yicha uzatilgan to‘plarga zarba
berish.
4. 4,3,2-zonalardan yo‘nalishni o‘zgartirib hujum zarbalarini berish.
5. Yakkalik to‘siqqa qarshi hujum zarbasini amalga oshirish.
6. To‘rdan uzoqroq uzatilgan to‘plarga zarba berish.
7. Murabbiy topshirig‘iga muvofiq ko‘rsatilgan
zonalarga hujum zarbasini
berish.
8. Hujum zarbalarini o‘zlashtirish darajasiga qarab turli variantlardagi
mashqlar to‘siq qo‘yish bilan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: