417
1.
Birinchi o‘yinchi to‘r ortida 1 zonada turadi. Ikki tomonda ham aynan shu
holat qabul qilinadi.
2.
YOrdamchilar to‘p kirituvchilarni o‘z vaqtida to‘p kiritishlari uchun to‘p
bilan ta’minlab turadi.
3.
Har bir guruh belgilangan zonalarga to‘rtta to‘p kiritishga hozirlanadi.
4.
Agar bir to‘p kirituvchi yo‘q bo‘lsa, jamoa shu zonadan to‘p kiritishni
davom ettirishi kerak.
5.
Uchta belgilangan zonaga to‘rtta
ketma-ket to‘p kiritgan guruh g‘olib
bo‘ladi.
Trener ko‘rsatmasi
Siz g‘oliblarni
kuzatishingiz lozim
va hafta davomida turnir uyushtirishingiz
yoki
bir-ikki
raund
o‘ynatishingiz
mumkin.
Variantlar
Zonalarni
va
guruhlarni
o‘zgartiring.
YAngi shug‘ullanuvchilar to‘pni
belgilangan zonada emas,
maydonda
olishga urinishlari mumkin.
Tajribali o‘yinchilar mashqni 6 ta
zona bo‘ylab bajarishlari mumkin.
Ikki yoki uch uzatuvchiga qarshi kuchli to‘p kiritishni rag‘batlantirish va
o‘yinchilarga musobaqalashish imkoniyatini yaratish.
SHaylanish
Orqa chiziqlar bo‘ylab ikki-uch guruh joylashadi. To‘p to‘ldirilgan savatlar
har bir orqa chiziq ortida joylashtiriladi. Har bir
tomondan birinchi guruhlar
mashqni boshlashadi.
418
Mashqni qo‘llash
1.
Bir tomondan bir o‘yinchi to‘p kiritadi. Agar natija to‘pni maydonga
aniq
tushishi bilan yakunlansa, unda A tomon 3 ochko oladi va ikki tomondagi
jamoalar almashishadi.
2.
Agar to‘p taqsimlangan bo‘lsa,
maydon almashinadi, lekin V
tomondagi jamoa o‘z joyida qoladi va V tomon 1 ta ochko oladi.
3.
Agar to‘p
kiritilsa va uzatilsa, o‘yinchilar 3x3 to‘p tushmaguncha
musobaqalashadi. Jarayon g‘olibi o‘z jamoasiga 1 ochko keltiradi, keyin jamoalar
almashinadi.
4.
Tomonlar A va V 9 va 7 ochkolar bilan jarayonni yakunlashi mumkin.
5.
O‘yin qisqa. Birinchi musobaqalashishdan so‘ng
tomonlar V tomon
bilan yana ko‘p ochko to‘plashi uchun o‘ynashi mumkin. Tomonlar uchtadan ikki
yoki beshtadan uch marta o‘ynashi mumkin.
Trener ko‘rsatmasi
Jamoalar qarama-qarshi tomonda o‘ynash uchun to‘liq bo‘lishi kerak.
CHunki to‘p kiritish ro‘y berganda qabul
qiluvchi tomon joyida qoladi, kirituvchi
tomon esa almashadi.
To‘pni maydonga aniq tushirish bonus ochkosi bilan rag‘batlantirilsa,
to‘p kirituvchilarni faollashtiradi.
Variantlar
To‘p kiritishni mashq qilishga muhtoj ayrim o‘yinchilarga butun o‘yin
davomida imkoniyat yaratish mumkin, qolganlar uch kishilashib mashqni bajarishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: