326
35-jadval
Yosh voleybolchilar o‘quv guruhlari va ularda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar
hajmi
O‘quv
yili
Yoshi
Soni
Yillik
umumiy
yuklama
hajmi
H
aft
ali
k
Yill
ik
S
h
u
g‘
ull
anuvc
h
i
so
ni
Yill
ik
m
ash
g‘
ul
o
tl
ar
so
ni
Yill
ik
m
ash
g‘
ul
o
tl
ar
kuni
M
us
o
b
aq
al
ar
kuni
Boshlang‘ich tayyorgarlik guruhi
1-chi
9
6
288/24
20
144
144
12
312
2-chi
10
6
288/24
18
144
144
12
312
3-chi
11
8
376/40
16
188
188
15
416
O‘quv-mashg‘ulot guruhi
1-chi
12
10
472/48
12
196
184
24
520
2-chi
13
12
556/68
12
240
226
34
624
3-chi
14
16
788/88
12
260
216
44
832
4-chi
15
18
886/150
12
308
216
50
936
5-chi
16
20
986/162
12
320
216
54
1040
Sport takomillashuvi guruhi
1-chi
17
22
1084/180
12
360
220
60
1144
2-chi
18
24
1183/195
12
400
220
65
1248
3-chi
19
28
1386/210
12
460
220
70
1456
Nazorat savollari:
1. Turli yosh guruhlariga mansub voleybolchilar tayyorlashda qanday
omillarga asoslaniladi?
2. Qanday yosh guruhlari mavjud, ularning tayyorgarlik
dasturiga tavsif
bering.
327
3. Turli yosh guruhlarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar farqi nimalardan
iborat?
4. Bir yosh guruhidan ikkinchi yosh guruhiga ko‘chirishda qanday omillarga
asoslaniladi?
5. Turli yosh guruhlariga xos tayyorgarlik turlari bir-biriga mutanosib bo‘lishi
shartli, ushbu mutanosiblik mohiyati nimadan iborat?
XIV BOB. KO‘PYILLIK SPORT TRENIROVKASINING DAVRIYLIGI VA
SIKLLIYLIGI
14.1. “Sport” va “Sport trenirovkasi” haqida tushuncha
Sport keng ma’noda musobaqa faoliyati unga maxsus tayyorgarlik ko‘rish,
shu yo‘nalish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ahloqiy, madaniy-
maishiy,
jismoniy va psixofunksional, texnik va taktik jarayonlarni o‘z ichiga
oladi. “Sport” tushunchasining mohiyati insonni ja’miyki to‘siq va qiyinchiliklarni
engib o‘z imkoniyatlari chegarasini yanada kengaytirishga qaratilgan intilishidan
iborat.
Sport – bu ruxiyatni “charxlovchi”, kayfiyatni ko‘taruvchi
insonni jismonan,
ma’nan va ruxan shakllantiruvchi, uning “ichki” va “tashqi” madaniyatini
(morfologiyasi – qaddi-qomati va funksional resursini)
takomillashtirib boruvchi,
insoniyatga cheksiz quvonch xad’ya etuvchi zamonga mos, o‘ta ommaviy ijtimoiy
harakatdir. Demak, sport chuqur ma’noli ko‘pqirrali ijtimoiy omildir.
“Sport” atamasi etimologik nuqtai nazaridan inglizcha so‘zdan kelib chiqqan
bo‘lib, daraxt kurtaklarini bir-biridan “o‘zib” o‘sishini anglatadi.
Zamonaviy sport – bu o‘z evolyusion tarihi, mavqey va maqomi hamda o‘ziga
hos musobaqa qoidalariga ega bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p turlardan tarkib topgan.
“Sport” va “Sport trenirovkasi” atamalari pirovardidan, “musobaqaga
tayyorgarlik”, “musobaqa jarayoni”, “musobaqa faoliyati” tushunchalarini
anglatadi.
“Trenirovka” atamasi inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “mashq qilish”,
“charhlash” ma’nosini bildiradi. Ushbu atama turli sohalarda qo‘llaniladi. Masalan
328
“aqliy (intellektual) trenirovka”, “jismoniy trenirovka”, “gipoksik trenirovka”,
“hayvonlar trenirovkasi” tushunchalari amaliyotda keng o‘z aksini topgan.
“Hayvonlar trenirovkasi”, “hayvonni dressirovka qilish”
tushunchasidan tubdan
farq qilib, hayvonlarni biror-bir tadqiqot uchun tayyorlash (oq kalamushni
tretbonda yugurishi) yoki hayvonlarni (masalan itni) “xarbiy xizmatga” tayyorlash
va xokazo soxalarda amalga oshirilishi mumkin.
Sport amaliyotida “sport trenirovkasi” atamasi “sport tayyorgarligi” atamasi
bilan mantiqan yaqin bo‘lsada, ular bir-biridan tubdan farq qiladi. “Sport
tayyorgarligi” tushunchasi keng qamrovli ma’noga ega bo‘lib,
sportchini jamiyki
faoliyatini (uyqu trenirovka, ovqatlanish, tibbiy profilaktika va hokazo)
musobaqaga tayyorlashga qaratilgan jarayondir. “Sport trenirovkasi”
esa bir
maqsadga yo‘naltirilgan jarayondir va nisbatan torroq ma’noni anglatadi.
Muntazam sport trenirovkasi natijasida insonning harakat faoliyati shakllanib
boradi, yangi harakat shakllari vujudga keladi, hayotiy zarur harakat malakalari
(chopish, sakrash, yurish va hokazo), ko‘nikmalari
takomillashadi, psixik sifatlar
(fikrlash, ong, iroda, diqqat, hissiyot va boshqa) sayqal topadi. Muayyan sport
turiga xos harakat malakalari mukamallashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: