Ta’lim tizimida jismoniy tarbiyaning o‘rni va roli
Reja:
1. Jismoniy tarbiya va sportni ta’lim tizimidagi ahamiyati.
2. Barkamol insonni tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sportning o‘rni.
3. Ta’lim tizimida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya shakllari.
Tayanch iboralar: ta’lim, jismoniy tarbiya, jismoniy tarbiya shakllari, sport, salomatlik, mashg‘ulot, psixofunksional imkoniyat, tabaqalashtirilgan jismoniy tarbiya.
1. Jismoniy tarbiya va sportni ta’lim tizimidagi ahamiyati.
Hozirgi vaqtda o‘zbek xalqining o‘z-o‘zini anglash tuyg‘usi avj olganligi, milliy va madaniy qadriyatlar tiklanayotganligi, aholining ko‘p tabaqasi tomonidan urf-odatlar va marosimlar amalga oshirilishi munosobati bilan jismoniy tarbiyaga, xususan, sportga zamon talabi va milliy an’analar ruhida bilim berish va tarbiyalashga asoslanib yondashish zarur.
Chunki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida»gi Farmoni, jismoniy va ma’naviy sog‘lom yosh avlodni voyaga yetkazish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va sportga intilishni kuchaytirishni, bu ishlarning g‘oyat muhim sharti sifatida bolalar ommaviy sportini rivojlantirishni ko‘zda tutdi. Bunda sportning ulushi juda ulkandir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining tarkibiy qismi – uch bosqichli «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» sport musobaqalari shakllandi va muntazam o‘tkazilmoqda. Bunday sa’y-harakatlar natijasi o‘laroq, sportchilarimiz mamlakat miqyosidagi va xalqaro sport maydonlaridagi nufuzli musoba-qalarda yuksak natijalarga erishmoqdalar.
Jismoniy tarbiyaning mamlakat sohasida jismoniy tarbiya va sport yetakchi o‘rinni egallaydi. Uning vosita va usullari keng doirasi deyarli barcha insonlarni; bolalar va o‘smirlar, katta yoshlar va qariyalar, ayollar va erkaklar sog‘lom kishilar va bemorlarni qamrab olishga imkon beradi.
Jismoniy tarbiya va sport har taraflama jismoniy rivojlanish va insonning harakat qobiliyatlarini takomillashtirishni taminlab uni mehnatga va Vatan himoyasiga tayyorlaydi. Ayniqsa o‘sib borayotgan avlodning jismoniy takomillashuvida bazaviy sport turlarini ahamiyati kattadir.
Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish boshlang‘ich jismoniy tarbiya massalalrini yanada muvaffaqiyatli xal qiladi jismoniy fazilat va qobilyatlarni rivojlanishi uchun mustaxkam asos soladi, kelishgan gavda va qaddi qomatni shakllantiradi yurak qon tomir, nafas olish ovqat hazim qilish a’zolari va inson organizimining boshqa tizimlarining bir maromda va tartibda ishlashga imkon yaratadi.
Jismoniy tarbiya va sportning alohida ahamiyati uning ilim olish imkoniyatlarini o‘zichiga olganligidadir.
Odam gavdasi harakatlarini tahlili va xulosasini egallab olish o‘rganilayotgan harakat mashqlarini sekin-asta murakkablashtirib borish bazaviy sport turlari mashiqlarining cheksiz ko‘rinishlari (ularning shakli tuzilishi bajarish ketma-ketligi)dan foydalanish imkoniyati bazaviy sport bilan shug‘ullanuvchilarda tasavvurlarini ko‘rgazmali kegaytirish ularning umumiy qonuniyatlarini bilib olish va shunday qilib aqliy bilim va jismoniy tarbiya o‘rtasida amaliy aloqa o‘rnatish imkonini beradi. Jismoniy tarbiya va sportning pedagogik ahamiyati kattadir.
O‘quv mashqlarining qat’iy belgilash shug‘ullnuvchilar harakatini aniq tashkil qilish tuzilishi bo‘yicha turlicha bo‘lgan mashqlarni o‘rganishdagi muayyan ketma-ketlik ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tartibi jismoniy yuklamalarning sekin-asta ortib borishi,yangi harakat mahorati va ko‘nikmalarini egallashdagi sharoit va talablarini turli-tumanligi odamlarda insonparvarlik tarbiyasi masalalarini muvaffaqiyatli hal qilish imkonini beradi.
Jismoniy tarbiya va sport mashqlarini bajarishdagi aniqlik, ifodalilik va his-hayajon, ularning texnik takomillashuvi estetik tarbiyaga ham yordam beradi. Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘ri yugurish, sakrash, turli to‘siqlarni yengib o‘tish, og‘ir yuklar ishlash va boshqa shu kabi mehnat va jangovor foliyatda qo‘llaniladigan ko‘pgina amaliy, hayotiy zarur ko‘nikma va mahoratini shakllantirishga yordam beradi.
Sport o‘yinlari, gimnastika va yengil atletika vositalaridan yuqori sport natijalariga erishishda foydalaniladi. Vatanimiz tashqarisidan ancha uzoqda sportchilarimiz shuhrati ovoza bo‘lgan. Halqaro maydonlarda G. Shamray, S. Diomidov, E.Saadi, G. Yakunin, Svetlana Radzivil, L.Andreyev, S.Voinov, O. Aybinder, S. Baxridinova, Ye. Levochkina, A. Ataxanov, R. Galiyeva, O.Chusovitina, A.Dzyundzyak, E.Valiyev, A.Fokin va boshqa vatanimiz sporti sharafini bir necha bor g‘alabalari bilan mamlakatimizda sport rivojining yuqori darajasini ishonarli qilib amalda ko‘rsatdilar.
Shunday qilib, O‘zbekiston xalqining hayotida sportning ahamiyatiga ortiqcha baholash qiyindir. Fanning so‘nggi yutuqlri va amaliy ishning ilg‘or tajribasiga tayanuvchi sport, uning vositalari va usullari inson hayot faoliyatining ko‘pgina sohalariga kirib bormoqda, uning shaxsiyati shakllanishiga ijobiy ta’sir o‘tkazmoqda.
Inson faoliyatining mehnat, jangovor va maishiy amaliyoti (yurish, yugurish, sakrash, to‘siqlarni yengib o‘tish va h.k.lar) dan o‘zlashtirib olingan mashqlar bilan bir qatorda sport o‘yinlari, gimnastika va yengil atletika vositalari xazinasida inson tanasining barcha bo‘lishi mumkin bo‘lgan anatomik harakatlarga mos keluvchi, maxsus yaratilgan jismoniy mashqlarning anchasi to‘plangan. Jismoniy tarbiya va sport mashqlari quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi: umumiy jismoniy mashqlar, maxsus jismoniy mashqlar, safdagi, umumrivojlantiruvchi, erkin mashqlar, sakrashlar (oddiy va tayanchli), sport anjomlar bilan mashqlar va sport turlari ixtisoslashtirilgan mashqlari. Shug‘ullanuvchilarga bo‘lgan pedagogik ta’sir va har tomonlama jismoniy ta’sirlarga mos ravishda ixtisoslashtirilgan mashqlari quyidagicha tavsiflanadi:
Har xil turdagi saflanishlar,qayta saflanishlar va safda shug‘ullanuvchilarning birgalikdagi yoki yakka xoldagi harakatlaridan iborat safdagi mashqlar hamjixatlilik va tartib-intizom tarbiyasida yordam beradi, jamoa bo‘lib harakat qilishga o‘rgatadi, maromni his qilishni rivojlantiradi, qaddi-qomatni to‘g‘ri tutish va safdagi qaddi rostlikni shakllantiradi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlardan har tomonlama jismoniy tayyorgarlik, organizmning funksional imkoniyatlarini rovojlantirish, qaddi-qomatni to‘g‘ri ushlashni shakllantirish maqsadlarida foydalaniladi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar gavdaning ayrim qismlari bilan buyumsiz va buyum bilan, shuningdek turli sport anjomlari bilan bajariladi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar alohida ahamiyati uning ayrim muskullar, muskullar guruhlari, gavda qismlari va odamning butun tayanch harakat tizimiga turlicha ta’sir ko‘rsatish imkoniyati mavjudligidadir.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarning muhim xususiyati uning mashqlar bajarish sharoitlari (sur’at, marom, jadallik, ketma-ketlik va boshqa)ni o‘zgartirish yordamida jismoniy yuklamalarni boshqarish aniqligi hisoblanib, bunda shug‘ullanuvchilarning ish qobiliyatini sekin-asta va muntazam oshirishga imkon yaratiladi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar turli maqsadli yo‘nalish (ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya to‘xtamlari va boshqalar)ga ega bo‘lgan majmualar orqali bajariladi.
Erkin mashqlar bir butun kompleksga kompozision bog‘langan har tomonlama jismoniy tayyorgarlik talablariga mos qo‘l, oyoq, gavda, boshlarning oddiy va murakkab harakatlari, sakrash, burilish, muvozanat, akrobatik va xoreografik mashq tizmlarining turli tuman dinamik birikmalaridan iboratdir.
Erkin mashqlarni bajarishdan asosiy maqsad gimnastik harakat maktabini shakllantirish va ishlab chiqish, shug‘ullanuvchilarda harakatlarni moslashtirish qobiliyati, egiluvchanlik va nafosatni rivojlantirish hamda takomillashtirish, maromni his qilish va harakatlar guzalligini tarbiyalashdir.
Erkin mashqlar qiyinligini boshqarib turish imkoniyati har qanday kontingentdagi shug‘ullanuvchilar bilan mashg‘ulot olib borishda keng foydalanish imkonini beradi.
Amaliy mashqlar harakatning turli-tuman tabiiy turlari (yurish, yugurish, sakrash, irg‘itish, tirmashish, oshib o‘tish, to‘siqlarni yengib o‘tish, yuk tashish, muvozanat)dan iborat. Ular turli-tuman jismoniy rivojlanishda yaxshi vosita bo‘lib xizmat qiladi, hayot uchun zarur asosiy harakat ko‘nikmalarni egallash imkonini beradi, odamning jismoniy sifatlari (kuch, tezlik, chidamlilik, epchillik)ni takomillashtiradi.
Amaliy mashqlar harakat tuzilishining oddiyligi shug‘ullanuvchilarning har qanday kontingenti uchun qulaydir. Bu mashqlarning anchagina qismi qator jismoniy to‘g‘rilash vositasi hisoblanadi va o‘quvchi yoshlar jismoniy tarbiya amaliyotida keng foydalaniladi.
Sportda foydalaniladign sakrashlar shug‘ullanuvchilarning muhim jismoniy (epchillik, sakrovchanlik, tirishqoqlik) sifatlarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi, shuningdek ularda amaliy va sport ko‘nikmalarini shakllantirishga imkon beradi.
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida irg‘itish, sakrash, tirmashish, oshib o‘tish, muvozanatdagi mashqlar, tashish va ko‘pgina boshqa mashqlarni o‘z ichiga olgan ochiq havodagi sport o‘yinlari va estafetalardan keng foydalaniladi.
Ochiq havodagi sport o‘yinlari va estafetalar jamoatchilik, tashabbus, tirishqoqlik, epchillik, faollik va ongli intizomni his qilishni tarbiyalashga imkon beradi. Ular gimnastika darslariga his-xayajon tusini beradi, shug‘ullanuvchilarni tetiklantiradi, ularning kayfiyatini ko‘taradi.
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari jismoniy yuklamani aniq boshqarishda turli-tuman uslubiy yo‘llari katta xazinasiga egaligi bilan ajralib turadi. Shug‘ullanuvchilar kontingentining tayyorganlik darajasiga, muayyan mashg‘ulot yoki o‘quv mashg‘ulot davrining pedagogik masalalariga qarab gimnastika vositalari va uning uslubiy yo‘llari mashqlarning tabiati va ta’sir darajasini o‘zgartirishga imkon beradi, hamda jismoniy yuklamani oqilona me’yorda kamaytirib yoki oshirib, uni o‘zgartirish imkonini beradi, bunda unga sur’at, marom, harakatlar amplitudasi, tayanch sharoitlari anjomlar balandligi, mashqlarni takrorlashlar soni va boshqalarni o‘zgartirish yo‘li bilan erishiladi. Mashg‘ulot va jismoniy yuklamalar sonini o‘zgartirish va aniq boshqarish gimnastikaga xos bo‘lgan qat’iy tartib, intizom, pedagogik jarayonni aniq tashkil qilish orqali erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |