Umumiy maydoni 510 mln. kv. km bo‘lgan Er yuzasi butun maydonning 71% ini tashkil qiluvchi Jahon okeaniga va Eryuzasining 29% ini egallagan quruqlikka bo‘linadi. Jahon okeanining yuzasi Er yuzasining qariyb to‘rtdan uch qismini tashkil qilishidan kelib chiqib, u planetamizning yuzasi (shakli) sifatida qabul qilingan.
Sokin holatdagi Jahon okeanining o‘rtacha sthiga mos keladigan yuzani tasavvur qilamiz. Bunday yuza sathiy yuza deb ataladi. Sathiy yuza hamma joyda gorizontaldir, ya’ni uning har qanday nuqtasida shu nuqtaga bo‘lgan tik chiziq yo‘nalishiga perpendikulyardir.
2.3-ta’rif. Sokin holatdagi Jahon okeanining hayolan materiklar ostidan davom ettirilgan yuzasi Erning sathiy yuzasi deb atalgan va Erning haqiqiy shakli tariqasida qabul qilingan.
1873 yilda nemis fiziki Listing tomonidan sathiy yuza bilan chegaralangan jism (er shari) geoid deb ataldi.
Er ichidagi massalarning notekis taqsimlanishi oqibatida geoid yuzasi juda murakkabdir va uning shaklini aniqlash, inchunin uning (geoidning) o‘lchamlarini aniqlash nasib etmadi, u matematikada ko‘riladigan yuzalarning hech biri bilan ifodalanmaydi. SHuning uchun geoid yuzasini unga eng yaqin mos keluvchi yordamchi yuza bilan almashtirish zarurati yuzaga keldi.
2.1.-rasm. Krasovskiy referens-ellipsoidi1 a = 6 378 245 m;
b = 6 356 863 m; α = 1/298,3;
Pulkovo boshlang‘ich punkti;
geoidning referens ellipsoiddan nisbiy balandligi boshlang‘ich punktda nolga teng; Boltiq balandliklar tizimi qabul qilingan; balandliklar hisobi Kronshtadt futshtokidan boshlab yuritiladi;
1 Kartografiyada koordinatalarning vertikal o‘qini x bilan, u bilan esa – koordinatalarning gorizontal o‘qini belgilash qabul qilingan
𝑎 = 𝑎 − 𝑏 = 1
𝑎 298.3
tizim kooordinatalarining boshi Erning og‘irlik markaziga mos keladi.
2.4-ta’rif. Er jismida muayyan joylashgan, uning geoid yuzasiga etarlicha yaqin bo‘lgan yuzasiga barcha geodezik punktlar o‘tkaziladigan va unda keyinchalik u yoki bu koordinatalar tizimida aniqlanadigan aylanish ellipsoidi referens-ellipsoid yoki nisbiylik yuzasi deb ataladi.
Referens-ellipsoidnang o‘lchamlarini tanlash va uning Er jismidagi orientirovkasini belgilash shunday tarzda amalga oshiriladiki, ko‘rilayotgan hudud chegarasida uning yuzasining geoid yuzasiga imkon qadar katta yaqinligi shartlanishi kerak.
Mamlakatimizda 1942 yildan e’tiboran bajarilib kelayotgan geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarida Krasovskiy referens- ellipsoidi va 1942 yilgi koordinatalar tizimi qabul qilingan. Ushbu ellipsoidning o‘lchamlari tavsiflanadi (2.1-rasm).
Mayda masshtabli kartografiyalashda (faqat yirik ob’ektlar tushadi) Er shaklini quyidagiga teng bo‘lgan radiusli shar tariqasida qabul qilish mumkin:
R = (a+b) / 2 = 6 367 600 m.
Dastlab ellipsoid sharga, so‘ngra esa shar tekislikka aks ettirladigan ikkilama aks ettirish usulini qo‘llashda ham shardan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |