Universal gatlarning strukturasi



Download 0,86 Mb.
bet1/16
Sana03.11.2022
Hajmi0,86 Mb.
#859816
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-мавзу.ГТА




    1. Universal GATlarning strukturasi


Namunaviy universal GATning strukturaviy sxemasini ko‘rib chiqamiz (1.2-rasm). Bunday GAT sxemasida to‘rtta katta komponentlarni:


yadro, ma’lumotlarni import/eksport qilish kichik tizimini, GAT funksionalini kengaytirish vositalarini va foydalanuvchining grafik interfeysini ajratib ko‘rsatish mumkin.
GAT yadrosi quyidagi kichik tizimlardan iborat.
Ichki MBBT – ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi. Zamonaviy GATlarda barcha ma’lumotlar (fazoviy va atributiv), odatda, ichki MBBT yordamida saqlanadi va ishlanadi. Bunday MBBT fazoviy funksiyalar bilan to‘ldirilgan an’anaviy relyasion MBBTga asoslanishi barobarida, noldan boshlab ishlab chiqilgan ham bo‘lishi mumkin. Bunday MBBT yordamida so‘rovlar mexanizmidan (shu jumladan SQL-so‘rovlardan) foydalanib, ma’lumotlarni qidirish, umumlashtirish, guruhlash va h.k. masalalarni samarali echish mumkin.
Aksariyat GATlarda tashqi MBBTlardan foydalanish imkoniyati mavjud. Odatda tashqi ma’lumotlar bazalarida atributiv ma’lumotlar saqlanadi, fazoviy ma’lumotlar esa lokal tarzda yoki fayl-serverda saqlanadi. Bu holat shu bilan bog‘liqki, aksariyat relyasion MBBTlar fazoviy ma’lumotlar bilan ishlamaydi. Biroq ba’zi sanoat MBBTlari uchun nafaqat bunday ma’lumotlarni saqlash, balki ularga samarali ishlov berishimkoniyatini beruvchi echimlar mavjud (Oracle Spatial, MapInfo SpatialWare va boshq.).
Fazoviy tahlil kichik tizimi fazofiy munosabatlarni tahlil qilish, overley operatsiyalarini bajarish, bufer zonalarini tuzish va boshq. uchun funksiyalar bibliotekasini o‘zida ifodalaydi (tahlil masalalari 5-bobda batafsilroq bayon etilgan).





1.2-rasm. Universal GATning strukturaviy sxemasi


Kartografik proeksiyalash kichik tizimi bir kartografik tizimdan boshqasiga yoki koordinatalarning ekran tizimiga koordinataviy o‘zgartiruv ishlarini bajarish uchun mo‘ljallangan.
Vizuallashtirish kichik tizimi fazoviy ma’lumotlarni mashinaviy grafika vositalarini qo‘llab, ko‘p qatlamli karta ko‘rinishida aks ettirish imkoniyatini beradi. Bunda kichik tizim ham vektorli, ham rastrli ma’lumotlar bilan ishlay oladi. Vektorli redaktor kichik tizimning ajralmas qismi hisoblanadi, u yangi ma’lumotlarni kiritish va mavjudlarini tahrirlash imkoniyatini beradi. Vizuallashtirish kichik tizimi kartografik proeksiyalash kichik tizimi bilan uzviy bog‘langan.
Bosmadan chiqarish kichik tizimi GATda shakllantirlgan kartalar, hisobotlar va boshqa materiallarni bosib chiqarish imkoniyatini beradi. Odatda GATda bosma maketini shakllantirish imkoniyati bo‘ladi, unda
shakllantirilgan kartografik materiallarni joylashtirish, ularning tashqi ko‘rinishini sozlash va so‘ngra bosishga chiqarish mumkin.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish