11-MA’RUZA; DON MAXSULOTLARI UMUMIY TEXNOLOGIYASI. UN ISHLAB
CHIQARISH TEXNOLOGIYASI.
Reja:
1.
Donning tuzilishi va hossalari.
2.
Donni un tortishga tayyorlashdagi asosiy jarayonlar
3.
Un tortishdagi asosiy jarayonlar
4.
Un tortishning prinstipial sxemalari, unning assortimenti va sifat ko’rsatgichlari.
Un ishlab chiqarish eng qadimgi soha hisoblanadi. Dastavval ajdodlarimiz oddiy toshlar
orasida
donlarni maydalashgan, so’ng toshdan yasalgan ugir va xavonchada maydalashni
o’rganishgan. Keyinchalik xayvon, shamol yoki suv kuchidan foydalanib, maxsus tayyorlangan
ikkita yassi tosh yordamida donni maydalab (tegirmon) un hosil qilishgan.
Fan va texnikaning
rivojlanishi natijasida yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan maydalovchi mashinalar
(aylanuvchi stilindrli stanoklar), navlarga ajratuvchi va elaklovchi mashinalar (rassevlar), mexanik
va pnevmatik harakatlanuvchi transport moslamalaridan foydalanishga erishilmoqda.
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda un zavodlari yoki kombinatlari davlat tegirmonlari bo’lib,
ularning har biri kecha-kunduzda 250-500 tonna un chiqarish quvvatiga egadir.
Donni qayta ishlash un ishlab chiqarish jarayoni quyidagi omillarga bog’lik;
qayta
ishlanayotgan donning sifatiga; texnologik jarayoning mukamallik darajasiga; korxona texnologik
uskunalarining texnik holatiga; mutaxassislarning malakasiga.
Mamlakatimizda non maxsulotlariga bo’lgan extiyoj qo’yidagicha: o’rtacha xisobida xar bir odam
1 yilda 50 kg atrofida non, un maxsulotlaridan esa 165-170kg iste’mol qilinadi. Bu esa boshqa
mamlakatlaridagi ko’rsatkichlardan ancha yuqoridir. Oziq-ovqat sanoatidagi eng muxim soxa esa
un ishlab chiqarish soxasidir.
Don qishloq xo’jalik ishlab
chiqarishning muxim maxsuloti, inson ozuqasining asosi,
maxsuldor chorvachilikni rivojlantirish uchun esa em xashak bazasi xisoblanadi.Don ekinlarining
o’zi xos tomoni - inson organizmi uchun o’ta qimmatli bo’lgan organik
moddalarni sintezlash
qobiliyati xisoblanadi. Donda boshqa dexqonchilik maxsulotlariga qaraganda ko’p miqdorda
quruq moddalar mavjud bo’lib, etilgan don massasining 85% ni tashkil qiladi. Bular asosan yuqori
qiymatga ega bo’lgan
oqsil moddalari, xazm bo’ladigan uglevodlardir. Boshoqli ekinlar don
tarkibida 10…15 %, dukkakli ekinlar donlari tarkibida 28…30 % yuqori sifatli oqsillar mavjud.
Inson kunlik ovqatida donni qayta ishlan maxsulotlarining (un, yorma, non,
makaron maxsulotlari
va boshqalar) ulushi turli mamlakatlarda 20 dan 80 % gacha tebranib turib, o’rtacha 30…33 % ni
tashkil qiladi.