1-mashg‘ulot. LANSETNIKNING T.1SHQI VA ICHKI TUZILISHI
Ob’ektning sistezris tik hole ti
Tip. Xozdnlilar — Chordata
Kenya tip. Bosh skeletslzlar — .4cr nip Sink. Xordaboshl“ilar — Cephalocliordciu
TurLum. Laiisetniksimonlar — ztm phioxi/c:‘mcs Va IL LanSetnik — Branchiostoma lanceolatuni
Kerakli materiallar va jihozlar: 70 darajali spirtda fik- sirlangan lansetniklar; lansetnikning total bo‘yalgan mikropre- paratlari; lansetnik halqumi va ichak atrofi ko‘ndalang kesim- laridan tayyorlangan mikropreparatlar; biologik mikroskop; shtativli lupa; lansetniluiing tashqi ko‘rinishi, ichki organla- rining joylashislii, halqum atrofi va ichak atrofi ko‘ndalang kesmalari aks ettirilgan jadvallar hamda lansetnikning qon aylanish sistemasi sxemasi.
Mashg‘u1otning maqsadi: lansetnik misolida bosh ske- letsizlar kenja tipi vakillarining xordalilarga xos bo‘1gan xa- rakterli xususiyatlari bilan tanishish. Lansetnikning tashqi va ichki tuzilishini o‘rganish.
Ishning mazmuni: lansetnik — bosh skeletsizlar kenja tipi vakili bo‘lib, eng sodda tuzilgan tuban xordalilardandir. Xor-dalilar tipiga tegishli bo‘1gan barcha belgilar bosh skelet- sizlarda butun umri davomida saqlanadi. O‘q skeleti sifatida xorda mavjud. Markaziy nerv sistemasi nerv nayidan iborat, lekin u hali bosh va orqa miyaga ajralmagan.
Ovqat liazm qilish sistemasi kuchsiz differensiallangan nay bo‘lib, halqum va ichakdan iborat. Halqum devorida ko‘p1ab jabra teshikchalari mavjud.
Lansetnikda ikkilamchi og‘iz va ikkilamchi tana bo‘shlig‘i
—selom mavjud. Ko‘pchilik organlarida metimeriya saqlan-
5
gan. Bosh skeletsizlarning tanasi ikki tomonlama siminetriya- li. Ushbu holat bosh skeletsizlarni ba zi bir umurtqasizlar (halqali chuvalchanglar, igna terililar va boshqalar) bilan fi- logenetik yaqinligidan dalolat beradi.
Bulardan tashqari lansetnikda boshlang‘ich primitiv belgi- lar ham bo‘lib, boshqa xordalilardan ajratib turadi. Bular qu- yidagilarda ko‘rinadi. Epidermisi bir qavatli bo‘lib, yupqa kutikula bilan qoplangan. Kutisi, ya’ni chin teri qavati aniq sezilmaydi, yupqa holdagi g‘ovak to‘qimadan iborat. Miyasi yo‘q1igi uchun bosh skeleti qopqog‘i yo‘q. Sezgi organlari sust rivojlangan. Jabra teshiklari tashqariga ochiladi.
Halqumining ostki qismida kiprikli epiteliy bilan qoplan- gan tarno› simon joy bo‘1ib, bu endostil deyiladi (I-rasm).
1-rasm. Endostil (ko‘nda1ang kesimi):
1-kiprikl:' hujayi‘alar; 2-bezli hujayralar, 3-jabra apparati skeleti; 4-selom.
Endostilning asosiy vazifasi suv tarkibidagi ozuqa mahsulot- larini ajratib olishdir. Ozuqa suv oqimi bilan ichakning tomoq qismiga tushadi va uning tubiga cho‘kadi, shilimshiq modda bilan o‘ra1adi va kiprikli (Mpillovchi) hujayralar yordamida og‘iz bo‘sh1ig‘iga haydaladi. Bu yerdan ozuqa luqmalari jabra usti yo‘1akchasiga ko‘tariladi va ichakka o‘tadi.
Lansetnikning qoni rangsiz bo‘lib, ularda yurak bo‘1maydi. Ayirish organi metamer shaklidagi nefridiyalardan iborat bo‘lib, 90 juft qisqa naychalar halqum ustida joylashgan (2-rasm).
6
tana tuzilishini, shuningdek, uning ko‘ndalang kesimidan tay- yorlangan preparatlarni lupada ko‘rib o‘rganiladi.
Tashqi ko’rinishi. Lansetnik tanasining oldingi uchida pastga qaragan va sezuvchi (o‘simta) qamragicNar bilan o‘ra1gan katta og‘iz oldi voronkasi bo‘1adi (3-rasm). Lansetnikning yelka qis- mida bo‘yiga tomon pastgina yelka suzgich qanoti mavjud. Dumi keng suzgich qanoti bilan o‘ra1gan bo‘lib, shaklan nayza yoki tibbiyot asbobi — lansetga o‘xshaydi, bu hayvonning nomi ham shundan olingali. Qorin tomonining orqa qismida dumos- ti suzgich qanot o‘rnashgan. Og‘iz oldi voronkasining oxirida, gavda pastki bo‘1agining ikki yon tomonida bir-biriga parallel o‘rnashgan ikkita metaplevral burma bo‘lib, bu burmalar gavdaning orqa uchiga ancha yaqinroq qismida qo‘shilib keta- di. Shu burmalarning qo‘shilgan yerida jabra oldi bo‘s1ñig‘i yoki atrial bo‘shliqni tashqi muhit bilan bog‘lovchi atriapor bor. Atriapordan uzoqroqda va gavdaning bir oz chaproq tomo- nida — orqa chiqaruv teshigi joylashgan.
3 rasm. Lansetnikning bo‘yiga kesmasi:
I — paypaslagichlar bilan o‘ralgan og‘iz oldi teshigi, 2-dum suzgich qanoti, 3 orqa suzgich qanoti, 4-nietaplevral qatlam, 5-atrial teshigi (atriopor), 6-xorda, 7- miomer, 8-miosepta, 9-nerv nayi, 10-yelkan, 11-jabra yoriqlari, l 2-ichak, 13-icha luring jigar o‘simtasi, 14-jabra oldi bo‘shlig‘i. 15-halqum, endostil, 16-jinsiy bezlar.
Teri qoplagichi. Hamma yuqori xordalilarniki singari, lansetnikning teri qoplag‘iclfiari ham ikkita asosiy: sirtqi epi- de;rrrits va uning tagidagi korium qavatidan iborat. Lekin umurtqalilarnikiga qarshi o‘1aroq, lansetnikning epidermisi xuddi umurtqasizlardagidek bir qavat bo‘lsa, koriumi asosan yopishqoq to‘qimadan iborat.
8
Muskul sistemasi. Lansetnikning muskul sistemasi oldin- gi uchidan to oxiriga qadar qator o‘rnashgan bir qancha muskul segmentlari — mioinerlardan hosil bo‘lgan. Qo‘shni miomer- lar bir-birlaridan biriktiruvchi to‘qimali parda mioseptalar bilan ajralgail. Gavdaning qorin tomonida maxsus yassi, yupqa muskul qatlami joylashgan.
Skeleti. Lansetnik skeleti asosan xordadan iborat. Uning ikkala uchi ham ingichkalashgan bo‘1ib, lansetnik gavdasining bosh qismidan eng oxirgi uchigacha boradi. Xorda bosh qismi nerv nayidan ham uzunroq, shuning uchun bu sinf xordabosh- li!ar — Cephalochordata deb ata!gan. Xordani qalin biriktiruv- chi to‘qimali qavat o‘rab olgan, uning bir qancha o‘simtalari mioseptalar va teri ostidagi biriktiruvchi to‘qimali qavat bilan bog‘langan. .4yniqsa, jabra apparatining skeleti murakkab, u hujayrasiz tolali gorizontal va vertikal to‘sinlardan iborat bo‘lib, nozik panjaraga o‘xshaydi. Zich, dirildoq to‘qñnadan tashkil topgan ustunchalar suzgich qanotlarda tayanch vazifasini ba- jaradi. Bular odatda tayyorlangan preparatda ko'rinmaydi. O‘simta qamrag‘ichlami ›a og‘iz o!di voronkasini ham shunday ustunchalar tutib turadi, ammo ular uzun va ingichkaroq bo‘ladi. Nerv sistemasi. Lansetnikning niarkaziy nerv sistemasi qalin devorli bo‘ylama naydan iborat bo‘lib, u xorda ustida joylashgan. Total preparatda (lansetnikni biitunligicha karmin bo‘yog‘iga bo‘yab, buyum oynasiga yopishi irilgan holati) nerv nayining boshidan oxirigacha yorug‘lik sezuvchi — Gesse ko‘zc1ia1ari qora nuqtalar ko‘rinishida tiii’qa1ganligini ko‘rish mumkin. Har qaysi Gesse ko‘zcliasi yorug‘lik sezuvchi hu- jayradan iborat bo’lib, bir uchi kosasimon pigment hujayraga botib turadi. Gesse ko‘zchalari nerv nayi devorining ikki yon tomonida joylashgan bo‘1ib, deyarli butun nerv nayi bo‘y\ab aniq ko‘rinadi. Nerv nayining oldingi uchida nisbatan katta, yorug‘1ik sezuvchi dog‘ — “toq ko‘zcha” bor. Toq ko‘zcha (total preparatga inikroskopda qaralsa) haqiqatdan ham qizil
9
1 — lansetnikniiig uzunasiga kesim. 11 — l‹insetnikning ko‘ndalang kesirnlari (halqum atrofi va ichak atrofi ko‘ndalang kesiinlari):
1-xordasi, 2-nerv nayi, 3-orqa suzgichi, 4-miomer. 5-selom, 6-halqum bo‘slilig‘i, 7-jabra yoriqlari, 8-jabralararo io‘siq, 9-endostil. 10-jabra oldi bo‘shlig‘i, I 1-atrial teshigi, 1 2-icli‹igining jigar o’simt‹isi, 13-ich•s i. 14-nefridiylari, 15-anal teshigi, 16- orqa aorta, 17-ichak ost i venasi, 1 S-jinsi\ bezluri.
Jabra yoriqlari bevosita tashqariga emas, balki oldin max- sus jabra oldi bo‘shlig‘i (atri3l)ga ochiladi. Atrial bo‘sh1iq halqumi yonbosh va pastki tomondan o‘rab olgan bo‘lib, u atriopor deb atalgan teshik orqali tashqi muhit bilan bog‘lanadi. Og‘iz teshigi orqali halqumga kirgan suv jabra yoriqlaridan o‘tib, atrial bo‘shliqqa tushadi, so‘ng atriopor orqali tashqari- ga chiqadi. Halqumning ostki qismida bezli egatcha — en- dostil yotadi, bu egatclianing ikki yon tomoni uzunasiga bir qator o‘rnashgan uzun kiprikli hujayralar bilan qoplangan. Yelkanning oldi endostil tebranuvchi ikki bo‘1akka bo‘linadi. Bu bo‘laklar halqumni ichki tomondan halqadek o‘rab oladi va uning orqa tomonida bir-biri bilan qo‘shilib, orqaga qarab o‘sadigan jabra usti egatchasini hosil qiladi. Endostildan chiqqan shilimshiq modda undagi kipriklar harakati tufayli endostilning egatchasidan oldinga, ya’ni og‘iz teshigi tomonga oqadi, so‘ngra halqumni o‘rab olgan kiprikli bo‘1aklar orqali yuqoriga ko‘tariladi va nihoyat, jabra usti egatchasidan o‘tib, orqa, ichaWa tushadi. Ovqat zarralari halqum ostiga cho‘kib, endostil hujayralaridan chiqqan shilimshiqqa yopishadi va shu shilimshiq bilan birga ichaWa o‘tadi. Halqum birdaniga kes- kin torayib kalta ichakka aylanadi. Ichakning keyingi uchida alohida anal teshigi bo‘lib, u tashqariga ochilgan. Haqiqiy ichak oldingi qismining pastki tomonida barmoqsimon katta ko‘r o‘simta — jigar bor.
Jinsiy sistemasi. Lansetnik ayrim jinsli hayvon. Urchish organi yumaloq segmentlar tipida bo‘1ib, halqumning keyingi yarmi va ichakning boshlanish yeridagi tana devorida yotgan
26 juftga yaqin jinsiy bezlardan .borat. Erkak va urg‘ochi
jinsiy bezlar shaklan bir-biriga o‘xshash bo‘lib, qalin devorli pufakchalardan tashkil topgan. Jinsiy bezlarning alohida yo‘l1ari yo‘q, shuning uchun yetilgan jinsiy mahsulotlar jñisiy bez devori bilan gavda devori yoriqlaridan jabra oldi bo‘sh1ig‘i (atrial)ga tushadi, u yerdan suv oqimi bilan atriopor orqali tashqariga chiqariladi. Otalanishi tashqi.
Tana bo‘shlig‘i. Boshqa xordalilardagi singari lansetnik- da ham ikkilamchi tana bo‘sh1ig‘i — selom bo‘1adi. Biroq atrialning kuchli taraqqiy etganligi tufayli uning hajmi halqum atrofida juda qisqargan. U faqat halqum yuqori bo‘1imining yon tomonlarida va tananing pastki qismi hamda halqum ta- gida saqlanib qolgan. Tananing keyingi qismida selom yaxshi taraqqiy etgan, ya’ni u tana devori bilan ichak orasidagi bo‘shliqning hammasini egallagan.
Qon aylanish sistemasi. Oddiy preparatda qon tomirlari ko‘rinmaydi. Lansetnikning qon aylanish sistemasi yopiq tip- da. Qon aylanish doirasi bitta. Yuragi yo‘q. Uning vazifasini toq qorin aortasi bajaradi. Ushbu aortadan jabralar miqdoriga qarab jabra arteriyalari chiqadi. Qon aylanish sistemasining sxemasi 5-rasmda keltirilgan.
rasm. Lansetnikning qon aylanish sistemasi sxemasi:
olib keluvclii jabra arteriyasi, 2-olib ketuvclii jabra arteriyasi, 3-uyqu arteriya- si, 4-orqa aortasi, 5-qorin aortasi, 6-kyuverov oqimi, 7-orqa aorta ildizi, 8-dum venasi, 9-oldingi kardinal vena, 10-orqa kardinal vena, l 1-ichak osti venasi, 12- jigar qopqa venasi.
1 2
Do'stlaringiz bilan baham: |