Dum suyagi (coccyx, os coccygis) hayvonlarning dum skeletiga gomolog boʻlib
hisoblanadi. Katta odamda dum suyagi 3-5 ta rudiment dum umurtqalari (vertebrae
coccygeae) dan tashkil topgan. Dum suyagi uchburchak shaklida boʻlib, old tomoni
botiq. Uning asosi yuqoriga yoʻnalgan, uchi pastga va oldinga qaragan. Dum
suyagining tanasi dumgʻaza suyagi
bilan birikadi, uning orqa yuzasida
esa juft dum shoxlari (cornu
coccygeum) bor. Ikkala shox ham
yuqoriga
yoʻnalib,
dumgʻaza
shoxlari bilan tutashadi. Keksa
yoshli
kishilarda
dumgʻaza
umurtqalari bitta yaxlit suyak
boʻlib birlashadi, ayollarda va
yoshlarda dum umurtqalari togʻay
plastinkalar bilan tutashib turadi.