Dumgʻaza suyagi (os sacrum) 5 ta oʻzaro birikkan dumgʻaza umurtqalari (vertebrae
sacrales) dan iborat. Ushbu yaxlit suyak tananing butun ogʻirligini oʻziga oladi va bu
massani chanoq suyaklariga uzatadi. Dumgʻaza suyagi uchburchak shaklga ega. Unda
keng va qalin, yuqoriga yoʻnalgan dumgʻaza asosi (basis ossis sacri) hamda pastga va
oldinga qaragan dumgʻaza uchi (apex ossis sacri) farqlanadi. Oldingi chanoq yuzasi
(facies pelvina) botiq, orqa dorsal yuzasi (facies dorsalis) qabariq boʻladi. Dumgʻaza
suyagi asosida boʻgʻim oʻsiqlari boʻlib, ular 5-bel umurtqasining pastki boʻgʻim oʻsigʻi
bilan birikadilar. Dumgʻaza suyagining 5-bel umurtqasi bilan birlashish joyi turtib
chiqqan boʻlib, boʻrtma yoki burun (promontorium) ni hosil qiladi.
Dumgʻazaning chanoq yuzasida gorizontal yoʻnalishda oʻtuvchi 4 ta koʻndalang
chiziqlar (lineae transversae) boʻlib, ular dumgʻaza umurtqalari tanasining birlashib
ketganining izidir. Ushbu chiziqlarning chap va oʻng oxirlarida dumgʻazaning chanoq
teshiklari (foramina sacralia pelvina) ochiladi.
Dumgʻazaning dorsal yuzasida sezilarli ajralib turuvchi 5 ta boʻylama qirra bor. Toq
oʻrta qirra (crista sacralis mediana) umurtqalar oʻtkir oʻsiqlarining qoʻshilib ketishidan
paydo boʻlgan. Uning ikki yonida juft oraliq dumgʻaza qirrasi (crista sacralis
intemedia) boʻlib, ular dumgʻaza umurtqalari boʻgʻim oʻsiqlaridan qolgan izdir. Bu
oraliq qirralar bilan birgalikda dorsal yuzada yana dorsal dumgʻaza teshiklari (foramina
sacralia dorsalia) bor. Ushbu teshikalardan lateral tomonda dumgʻazaning har ikki
yonida lateral dumgʻaza qirrasi (crista sacralis lateralis) boʻlib, u dumgʻaza
umurtqalarining koʻndalang va qovurgʻa oʻsiqlarining qoʻshilib ketishidan hosil
boʻlgan. Dorsal dumgʻaza teshiklaridan lateral tomonda yana ikki chetda
Umurtqa pogʻonasi suyaklari.
MEDIATOR JAMOASI
11
dumgʻazaning lateral qismi (pars lateralis) boʻlib, unda quloqsimon boʻgʻim yuzasi
(facies auricularis) joylashgan. Bu boʻgʻim yuzasi orqali dumgʻaza chanoqning
yonbosh suyagi (os ilii) bilan birikadi. Shu boʻgʻim yuzasi va lateral qirralar orasida
dumgʻaza gʻadir-budurligi (tuberositas sacralis) bor. Unga boylamlar va muskullar
kelib birikadi. Dumgʻaza suyagi ichida, uning asosidan toki uchiga qadar dumgʻaza
Umurtqa pogʻonasi suyaklari.
MEDIATOR JAMOASI
12
kanali (canalis sacralis) oʻtgan, bu kanal dumgʻaza umurtqalarining umurtqa teshiklari
(foramen vertebrae) qoʻshilib ketganidan hosil boʻlgan. Kanalning pastki oxiri
dumgʻaza chiqish teshigi (hiatus sacralis) bilan tugaydi. Bu chiqish teshigining har
ikkala tomonida dumgʻaza shoxlari (cornu sacralis) boʻlib, ular boʻgʻim oʻsiqlarining
rudimentidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |