Umurtqa pogʻonasi suyaklari



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana01.01.2022
Hajmi1,11 Mb.
#289658
1   2   3   4   5
Bog'liq
Umurtqalar

Boʻyin umurtqalari (vertebrae cervicales) boshqa umurtqalardan oʻlchami kichikligi 

hamda  koʻndalang  oʻsiqlarida  mayda  teshiklar  (foramina  processus  transversus  yoki 

foramen transversarium) boʻlishi bilan farq qiladi. Tabiiy holatda boʻyin umurtqalari 



Umurtqa pogʻonasi suyaklari. 

 

MEDIATOR JAMOASI 

 

ustma-ust  turganida  bu  teshiklardan 



uzlukli  umurtqa  arteriyasi  (arteriya 

vertebralis) ning kanali hosil boʻladi. 

Bu  arteriya  6-boʻyin  umurtqasidan 

boshlanib  yuqoriga  koʻtariladi  va 

bosh  miyani  qon  bilan  taʼminlaydi. 

Bo‘yin  umurtqalarining  koʻndalang 

o‘simtalari 

yuqori 


yuzasida 

joylashgan  orqa  miya  nervi  egati 

(sulcus  nervi  spinalis)  koʻndalang 

oʻsimtani 

oldingi 

va 


orqa 

do‘mboqchaga (tuberculum anterius 

et  posterius)  ajratadi.  VI  umurtqa 

koʻndalang 

oʻsigʻining 

oldingi 


do‘mboqchasi  boshqalaridan  koʻra 

yaxshiroq  rivojlangan  boʻlib,  unga 

uyqu  arteriyasi  (arteria  carotica) 

yaqin  joylashgani  uchun  bu  oldingi 

doʻmboqcha  uyqu  doʻmboqchasi 

(tuberculum  caroticum)  deyiladi. 

Bosh  yoki  boʻyin  sohasidan  qon 

ketganda qonni toʻxtatish maqsadida 

uni  bosib  turish  mumkin.  Boʻgʻim 

oʻsiqlari (processus articulares) silliq 

va  yumaloq  shakldagi  yuzaga  ega 

boʻlib,  yuqorigi  oʻsiqlar  (processus 

articulares  superior)  ning  yuzasi 

yuqoriga  va  orqaga  qaragan,  pastki 

boʻgʻim 

oʻsiqlari 

(processus 

articulares inferior) yuzasi esa pastga 

va oldga qarab turadi. Oʻtkir oʻsiqlar 

(processus 

spinosus) 

boʻyin 


umurtqalarida kalta, ularning  uchi (7-umurtqadan tashqari) ikkiga ajralgan boʻlib, 2-

boʻyin  umurtqasidan  7-umurtqagacha  uzayib  boradilar.  7-boʻyin  umurtqasida  oʻtkir 

oʻsiq eng uzuni boʻlib, bu umurtqa turtib chiquvchi umurtqa (vertebra prominens) ham 

deyiladi. Sogʻlom 70% odamlarda uni teri ostidan oson paypaslash mumkin va shuning 

uchun undan oʻpkalarning yuqori chegarasini, plevra gumbazini moʻljal olishda ham 

foydalaniladi.  

1-va 2-boʻyin umurtqalari boshqa sheriklaridan ancha sezilarli farq qiladilar. Ular kalla 

suyagi  bilan  tutashib,  uning  bor  ogʻirligini  koʻtarib  turadilar.    1-boʻyin  umurtqasi, 




Umurtqa pogʻonasi suyaklari. 

 

MEDIATOR JAMOASI 

 

atlant  (atlas)  ning  tana  qismi  va  oʻtkir  oʻsigʻi  boʻlmaydi  chunki  taraqqiyot  davrida 



atlant  tanasining  oʻrta  qismi  undan  ajralib,  2-umurtqaga  birikib  ketadi  va  tish  hosil 

qiladi. 1-umurtqada saqlanib qolgan tana qoldiqlari lateral massalar (massae laterales) 

ni hosil qilib, ulardan oldingi va orqa umurtqa yoy (ravoq) lari (arcus anterior va arcus 

posterior  chiqadi  va  yirik  aylanasimon  umurtqa  teshigi  (foramen  vertebrae)  ni  hosil 

qiladi. 

Oldingi  ravoq  (arcus  anterior)  ning  old  yuzasida  oldingi  doʻmboqcha  (tuberculum 

anterius)  va  ichki  tomonidagi  yuzasida  2-umurtqa  tishi  uchun  maxsus  boʻgʻim 

chuqurchasi (fovea  dentis)  boʻladi.  Orqa  ravoq  (arcus  posterior)  ning  orqa  yuzasida 

orqa doʻmboqcha (tuberculum posterius) boʻrtib chiqadi, u rivojlanmay qolgan oʻtkir 

oʻsiqdir. Atlantda oʻtkir va boʻgʻim oʻsiqlari boʻlmaydi. Lateral massaning yuqori va 

pastki  yuzalarida  boʻgʻim  oʻsiqlarining  oʻrniga  boʻgʻim  yuzalari  (facies  articulares 

superior  et  inferior)  boʻladi.  Yuqori  boʻgʻim  yuzalari  ensa  suyagi  boʻgʻim  boʻrtigʻi 

(tuber occipitalis)  bilan, pastki boʻgʻim yuzalari esa oʻqli umurtqa  – aksis (axis – 2-

umurtqa)  bilan birikib turadi. 

2-boʻyin  umurtqasi  –  oʻqli  umurtqa  (axis)  Andreas  Vezaliy  tomonidan  “epistrophe” 

(epistrofey)  deb  nomlangan,  yaʼni  “aylanuvchi”  degani.  Kallaning    gorizontal 

burilishida  atlant  kalla  suyagi  bilan  birgalikda  shu  2-umurtqa  tishi  atrofida  aylanadi. 



Umurtqa pogʻonasi suyaklari. 

 

MEDIATOR JAMOASI 

 

Tish (dens) silindr shaklida boʻlib, choʻqqisi (apex) va ikkita boʻgʻim yuzasi tafovut 



etiladi.  Shu  tish  2-umurtqani  boshqa  umurtqalardan  ajratib  turadi.  Tishning  oldingi 

boʻgʻim yuzasi (facies articularis anterior) atlantning tish chuqurchasi (fovea dentis) 

ga, orqa boʻgʻim yuzasi (facies articularis posterior) esa atlantning ichidan oʻtgan atlant 



Umurtqa pogʻonasi suyaklari. 

 

MEDIATOR JAMOASI 

 

koʻndalang  boylamiga  birikib  turadi.  Tishdan  lateral  tomonda  ikkita  boʻgʻim  yuzasi 



boʻlib, yuqoriga qaragan va talantning pastki boʻgʻim yuzalari bilan birikib turadi. 2-

umurtqaning  pastki  yuzasida  odatdagidek  pastki  boʻgʻim  oʻsiqlari  (processus 

articularis inferior) boʻlib, ularning yuzasi pastga va oldinga qarab turadi. Oʻtkir oʻsigʻi 

kalta va keng boʻlib, oxiri ikkiga ajralgan. 

Oʻn ikkita koʻkrak umurtqalari (vertebrae thoracicae) qovurgʻalar bilan birikadi. Bu 

ularning tuzilishida oʻz izini qoldirgan. Koʻkrak umurtqalari tanasining yon yuzalarida 

yuqori va pastki qovurgʻa chuqurchalari (foveae costales superior et inferior) boʻlib, 

ular orqali umurtqalar qovurgʻalar boshchasiga birikadi. 1-koʻkrak umurtqasi tanasida 

1-qovurgʻa  boshchasi  bilan  birikish  uchun  bitta  toʻliq  chuqurcha  va  2-qovurgʻa 

boshchasi  yuqori  yarmi  bilan  birikadigan  1-ta  pastki  yarim  chuqurcha  boʻladi.  Bu 

yarim  chuqurcha  2-koʻkrak  umurtqasi  yuqori  yarim  chuqurchasi  bilan  birgalikda  2-

qovurgʻa  boshchisiga  birikadi.  2-koʻkrak  umurtqasi pastki  yarim  chuqurchasi esa  3-

qovurgʻa yuqori yarim chuqurchasi bilan bir butun chuqurcha hosil qilib, 3-qovurgʻa 

boshchisini  biriktiradi.  Xuddi  shunday  aralash  chuqurcha  hosil  qilish  10-koʻkrak 

umurtqasigacha  davom  etadi.  10-koʻkrak  umurtqasida  faqatgina  yuqori  yarim 

chuqurcha  9-umurtqa  pastki  yarim  chuqurchasi  bilan  birgalikda  10-qovurgʻaga 

birikadi.  10-umurtqada  boshqa  qovurgʻa  chuqurchasi  boʻlmaydi.  11-va  12-

umurtqalarda  esa  bittadan  butun  chuqurchalar  boʻlib,  qovurgʻalarga  mos  ravishda 

birikadi. 

Koʻkrak  umurtqalarining  koʻndalang  oʻsiqlari  (processus  transversus)  uzun,  orqaga 

yoʻnalgan,  uchi  qalinlashgan.  10  ta  yuqori  koʻkrak  umurtqasida  har  bir  koʻndalang 

oʻsiqning  old  yuzasida  koʻndalang  oʻsiqning  qovurgʻa  chuqurchasi  (fovea  costalis 

processus transversi) boʻlib, ular mos qovurgʻaning doʻmboqchasi (tuberculum costae) 

ga  birikadi.  11-  va  12-koʻkrak  umurtqalarining  koʻndalang  oʻsiqlari  qisqa,  qovurgʻa 

chuqurchasiga ega emas, shu uchun qovurgʻa doʻmboqchasi bilan birikmaydi. Koʻkrak 

umurtqalarining oʻtkir oʻsiqlari boʻyin umurtqalarinikidan koʻra uzunroq. Ular pastga 

qayrilib joylashganligi tufayli umurtqa pogʻonasi haddan ortiq yozilishdan saqlanadi 

va koʻkrak boʻshligʻi aʼzolari shikastlanishdan himoyalanadi. Koʻkrak umurtqalarining 

boʻgʻim oʻsiqlari frontal kenglikda joylashgan boʻlib, yuqori boʻgim oʻsimtalari yuzasi 

orqaga  va  lateral  yoʻnalgan,  pastki  boʻgim  oʻsimtalari  yuzasi  esa  pastga  va  medial 

tomonga qarab turadi. 


Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish