Umurtqa pog‘onasi, orqa miya yopiq shikastlanishi va o‘qotar qurollar jarohati


Shikastlangan kishini zambilga joylashtirishqoidalari



Download 215,38 Kb.
bet6/6
Sana11.03.2022
Hajmi215,38 Kb.
#489680
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
UMURTQA POG’ONASI, ORQA MIYA JAROHATLARIDA SHOSHILINCH TEZ YORDAM KO’RSATISH. IMMOBILIZATSIYA, TRANSPORTIROVKA, EVAKUATSIYA

Shikastlangan kishini zambilga joylashtirishqoidalari
Shikastlangan kishi zambilga huyidagicha joylashtiriladi:
1) choyshab yozilgan zambil shikastlangan kishining jarohatlangantomonidan yoniga qo‘yiladi. Ikki kishi yordam beradi – birinchisi tizzalabturib bitta qo‘lini bemorning boshi tagiga olib borib, ikkinchi qo‘li bilanbo‘yin va ko‘krak qismidan, ikkinchi kishi dumg‘aza va boldir ostidanushlaydi;
2) shikastlangan kishi bir vaqtda, siltamasdan yerdan ko‘tariladi;
3) uchinchi, yordamlashuvchi kishi zambilni bemorning tagiga suradi,bemor unga ehtiyotlik bilan tushiriladi va choyshab bilan o‘raladi.
Shikastlangan kishini zambilda tashish
Shikastlangan kishini zambilda tashishda quyidagilarga e’tibor qilishkerak:
1) zambilni dastalaridan ushlab, birvaqtda yerdan ko‘tariladi va bosh tomonioldinga qilib harakatlanadi. Yurishda mayda qadamlar bilan, tizzani salgina bukib,bir vaqtda tashlanmagan qadamlar bilanharakat qilinadi;
2) zinapoyadan ko‘tarilishda yokitepalikka chiqishda shikastlangan kishiningboshi oldingi tomonda bo‘lishi kerak.Agar oyoq suyaklari singan bo‘lsa, bundanmustasno, bu holda zambilni gorizontalholatda saqlash kerak.
3) zinapoyadan pastga tushishda(tepalikdan tushishda) shikastlangan kishining
oyoqlari oldinda (oyoqlar shikastlanganbo‘lsa bundan mustasno) bo‘lishi kerak.
Shikastlangan kishini zambilga joylashtirishdaolingan jarohat turiga moskelishini ta’minlash lozim, ya’ni turli hiljarohatlarda zambilga turlicha joylashtiriladi.Shuning uchun ham kuzatuvchishikastlanganning zambildagi holatini doimodiqqat bilan kuzatib borishi kerak:
a) umurtqa singan deb tahmin qilinsava bemorning hushi o‘zida bo‘lsa, qattiq tahta ustiga yotqizilib, gorizontalholatda tashiladi;
b) bosh va miya shikastlanganda (hushi o‘zida, shok belgilari
yo‘h) zambillarda oyoq tomonini 10–150 pasaytirib ko‘tarib boriladi. Bosh
tagiga uni va bo‘yinni mahkamlash uchun yostiqcha qo‘yish mumkin;
v) qon yo‘qotish va shokbo‘lsa yoki ularning havfi bo‘lsa, boshtomon pastroq, oyoqlar 10–150 gako‘taribroqqo‘yiladi yoki oyoqlar qalamtaroshko‘rinishida bukilgan bo‘lishi
kerak;
g) ko‘krak qafasi va uning organlarishikastlanib, o‘tkir nafas yetishmovchiligikuzatilsa, tana va bosh tomonko‘taribroq tashiladi;
d) qorin bo‘shlig‘i organlari va tosning shikastlanishlarida gorizontalholatda yotqizilib, bosh va tizza ostiga yostiqchalar qo‘yiladi;
e) yuz va jag‘ sohalarining shikastlanishlarida gorizontal vaziyatdayuzi bilan pastga qaratib yotqiziladi;
z) hushi o‘zida bo‘lmagan holatlarda(asfiksiyaning oldini olish maqsadida)bemor yonboshi bilan turg‘unholatda yotqizilishi kerak.
Agar sharoit zambilni bemorgayaqin olib kelishga imkoniyat bermasa,unda bemorni qo‘lda quyidagi usullarni qo‘llab:
1) agar tashuvchi bir kishi bo‘lsa, u quyidagi usullarni qo‘llashi mumkin:
a) yaradorning orqasidan ushlab yordam berishi;
b) qo‘lda ko‘tarib olib borishi;
v) yelkasida yoki orqalab olibborishi;
g) choyshab, plash, palto, palatka,daraht shohlari ustiga bemornijoylashtirib chanaga o‘hshab tortib boorish mumkin;
2) agar shikastlangan kishiga yordamberuvchilar ikki kishi bo‘lsa, ularbemorning ikki tomonidan bir tizzasidayerga turib, bir qo‘lini belidan, boshqa qo‘lini chanoq ostidan o‘tkazib ushlabko‘tarishadi va bir vaqtda tashlanmagan qadamlar bilan kasalni ko‘tarib
kerakli joyga olib borishadi.
3) agar bemorning holati yo‘l qo‘ysa, uni o‘tirgan holatda «murakkab qulf» usulini qo‘llab ko‘tarib borish mumkin. Bunda bemor qo‘llari bilanko‘tarib borayotgan kishilarning bo‘ynidan quchoqlab oladi. Ko‘krak va ko‘krak qafasi suyaklari singan
bemorlarni zambilda yarim o‘tirgan holatda transportirovka qilish mumkin. O‘mrov va ko‘krak suyaklarisinganda o‘tirgan holatda transportirovka qilinadi.Shikastlangan kishini davolash muassasasigatezlikda yetkazish zarur bo‘lgan holatlarda transportirovka qilish birinchi tibbiy yordamning engmuhim bosqichlaridan hisoblanadi.Bunda imkoniyat boricha quyidagi qoidalargaamal qilish kerak:
a) tez va ehtiyotkor tashishni ta’minlash (qo‘pollik og‘riq chaqiradi, suyak sinihlari siljishiga vashokka sababchi bo‘lishi mumkin);
b) ko‘tarib borish va tashishni shikastlanishninghususiyati va og‘irligiga mos ravishda bajarish;
v) transportirovka hilishdan oldin jarohatlarni bog‘lash, shinalar qo‘yish, og‘rihsizlantirish, agar sharoit ko‘tarsa, tomirga dori quyuvchitizimni tayyorlab qo‘yish va shu kabilarni, boshqacha aytganda, bemornibirinchi yordam ko‘rsatishning yakunlovchi bosqichiga tayyorlash kerak.Ko‘pincha shunday holatlar yuz beradiki, yordam beruvchi kishi,jarohatlangan kishi nafas olayaptimi yoki yo‘qmi, yurak faoliyati to‘htab qolmaganmi va shu kabi hayotiy muhim narsalarni e’tiborsiz qoldirib, engavvalo, shilingan jarohatlarni tozalash va bog‘lash bilan shug‘ullanadiyoki shikastlangan kishini e’tiborsiz qoldirib, uni shifohonaga olib boorish uchun transport qidirib yuradi.Shikastlangan kishiga nisbatan qo‘llanilgan tiriltirish choralarinatijasida afas va yurak faoliyati tiklangach, qon bosimi me’yorgakelgach, u transportirovkaga tayyorlangan hisoblanadi. Agar shuvaqtgacha nafas olishi tiklanmasa, sun’iy nafas oldirishni transportirovkavaqtida ham davom ettirish lozim.Agar tiriltirish chora-tadbirlari muvaffahiyatsiz bo‘lib, o‘lim belgilariyuzaga chiqsa, vrach kelishini kutish kerak. Vrach shikastlangan kishiningo‘limini uzil-kesil aniqlab beradi;
g) zambilning transport vositasining harakati vaqtida qo‘zg‘alib vaharakatlanib ketmasligi uchun chora ko‘riladi, ya’ni u mahkamlab qo‘yiladi;
d) qishda kasal ustiga issiq narsalar yopib qo‘yish lozim;
e) kuzatuvchi doimo bemorning yonida bo‘lishi zarur (mashinakabinasiga – haydovchi yoniga o‘tirib olmasligi kerak).Shikastlangan kishilarni mahsus mashinalarda, shuningdek yo‘lovchiyengil mashinalarda, samolyotlarda, traktorlarda (tirkamalari bo‘lgan),aravalarda transportirovka qilish mumkin.Hal qiluvchi narsa transportning turi emas, balki kasalning qanchaliktez mahsus kasalhonaga olib borilishidir. Shikastlangan kishini ilojiboricha tez, maksimal qulayliklarga ega bo‘lgan va barcha talablargajavob beradigan holatda eng yaqin davolash muassasasiga olib boorish kerak.
Shikastlangan kishini zambildan krovatga o‘tkazishda, zambilningoyoq tomoni krovatning bosh tomoniga qaratib qo‘yiladi yoki aksincha.Og‘ir shikastlanishlarda zambil krovat yoniga bir hil balandlikda qo‘yiladi, keyin ehtiyotlik bilan bemor krovatga o‘tqiziladi.


Xulosa

Hotima o‘rnida yana bir muhim narsa – yordam beruvchi kishibemorga va uning yaqinlariga hushmuomala bo‘lishi kerak. Eng avvalo,ularni tinchlantirish va ruhan qo‘llab-quvvatlash, shikastlangan kishiningtuzalib ketishiga umid va ishonch tug‘dirishi lozim (amalda bunday umid qolmagan bo‘lsa ham). Bu narsa bemorda davolashning keying boshichlarida vrach kasalhonada qo‘llaydigan davolash chora-tadbirlarigaishonch tug‘diradi. O‘z navbatida, bu kasalning tezroq oyoqqa turishiga


sabab bo‘ladigan omillardan biridir.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QUROLLI KUCHLAR HARBIY TIBBIYOT AKADEMIYASI
JANGAVOR JARROHLIK PATOLOGIYASI
KAFEDRASI

REFERAT

Mavzu: Umurtqa pog’onasi, orqa miya jarohatlarida shoshilinch tez yordam ko’rsatish. Immobilizatsiya, transportirovka, evakuatsiya
Bajardi Kichik serjant : Usunov A. A.
Rahbar: PhD, D.B. Fayziyevа


Toshkent-2022

Reja:


  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  1. Umutrqa pog’onasi jarohatlarida birinchi yordam.

  2. Orqa miya jarohatlarida birinchi yordam.

  3. Immobilizatsiya, transportirovka, evakuatsiya.

  1. Xulosa

Download 215,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish