QILISH)NI TASHKIL ETISH
Jarohatlangan va kasallarni transportda tashishda asosan yo‘ltransporti (avtomobil, temir-yo‘l transporti), havo (samolyot, vertolyotlar),suv (daryo va dengiz transporti), shuningdek sanitar va moslashtirilgantransport vositalari qo‘llaniladi. Jarohatlangan shahs yoki kasallarnitashish zambilda, qo‘lda, orqada, yelkada hamda qo‘l ostidagi vositalardanfoydalanib amalga oshiriladi.Jarohatlanganlar bir kishi yoki bir-nechakishi yordamida tashiladi. Eng maqbul, og‘riq chaqirmaydigan va avaylabtashish usuli zambil yordamida tashishdir. Bemor yoki jarohatlanganlarnitashishda iloji boricha ehtiyot qiladigan sharoit yaratish kerak. Ularni qulay va to‘g‘ri holda yotqizish lozim.Tashishva transportda tashish jarayonida noto‘g‘ri harakat qilish jarohatlangan yoki bemor ahvolining yomonlashuviga, qo‘shimchajarohatlarning kelib chiqishiga, qon ketishining kuchayishiga, suyakbo‘laklarining joyidan siljishiga va boshqalarga olib kelishi mumkin.Oyoqlar va bosh suyagining shikastlanishida jarohatlanganlarnichalqancha, umurtha pog‘onasi suyaklari singanda esa, aksincha, qoringayotqizish lozim. Agar umurtha pog‘onasi suyaklari jarohatlangan kishizambilga chalqancha yotqizilsa, unda, albatta, zambilga yog‘och shit yokikeng tahta ho‘yilishi kerak. Qorin va tos suyaklari shikastlanganda jarohatlanganlar chalqanchayotqizilib, oyoqlar bir oz tashqariga kengaytiriladi, tizza va sonbo‘g‘imlari bukiladi. Bunda tizza bo‘g‘imlari tagiga kiyimdan yostiqcha qo‘yiladi.Shikastlanganlarni zambilda va transportda tashishda ularningumumiy holatini, bog‘lam yoki immobilizatsiya shinasining to‘g‘ri
qo‘yilganligini ko‘zdan kechirish lozim. Agar jarohatlanganlarni tashish uzoq davom etsa, ularning holatini o‘zgartirish, boshlari tagidagiyostiqchalarni to‘g‘rilab turish kerak.Gorizontal tekis yerda tashishda jarohatlanganlarning oyoq sohasioldinda bo‘ladi. Agar jarohatlangan hushini yo‘qotgan bo‘lsa, bosh tomonioldinda bo‘ladi. Chunki bunda uni kuzatib borish imkoni bo‘ladi. Yuqorigaolib chiqilayotganda yoki pastga tushirishda esa uni gorizontal holdaushlash kerak. Yuqoridan pastga tushirilayotganda shikastlanganning oyoq sohasi oldinda, ko‘tarilayotganda esa, aksincha, bosh sohasi oldindabo‘ladi.Jarohatlangan yoki bemorlarni transport vositasiga joylashtirishdaavval zambil yuqori qatorlarga qo‘yiladi, keyin esa pastki qatorlargajoylanadi, tushirilayotganda esa, aksincha, avval pastki qatorlardan,so‘ngra esa yuqorigi qatorlardan zambil olinadi.Bosh suyagi, umurtha pog‘onasi, qorin sohasi jarohatlanganlar hamdaog‘ir yaralanganlar pastki qatorlarga joylashtiriladi, chunki yuqoriganisbatan pastki qatorlarda kamroq chayqalish kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |