2
3
7-rasm
Standart asosida tayyorlanadigan tasmalar normal va ensiz turlarga bo‘linadi. Normal kesimli tasmalarda b0/h=1,6 ensiz tasmalarda b0/h=1.2, b0-tasmaning eni. h – tasmaning balandligi.
Normal kesimli ponasimon tasmalar ko‘ndalang kesimini hajmi bo‘yicha Z, A, B, C, D, E turlariga bo‘linadi, 1-jadval. Bunda Z kesimli tasmaning ko‘ndalang kesimini hajmi kichik, E kesimli tasmaning ko‘ndalang kesimini hajmi eng katta. Uzatmalarning tezligi 30 m / s gacha bo‘lganda bu tasmalarni ishlatish tavsiya etiladi.
1-jadval.
Tasmaning
turlari
|
SHartli
belgisi
|
Tasma o‘lchamlari
2.4-rasm,b
|
Ko‘ndalang
Kesimi
Hajmi
A,mm2
|
Hisobiy
Uzunligi
Lx,mm
|
br
|
b0
|
h
|
Normal
kesimi
|
Z
|
8,5
|
10
|
6
|
45
|
400-3150
|
A
|
11
|
13
|
8
|
80
|
560-4500
|
B
|
14
|
17
|
11
|
132
|
630-6300
|
C
|
19
|
22
|
14
|
320
|
1800-10000
|
|
|
|
|
|
|
Sanoatda va xarbiy texnikalarda rezinalangan tasmalardan ko‘proq foydalaniladi. Ular nisbatan chidamli bo‘lib, 30 m/s gacha tezlik bilan harakatlanadigan uzatmalarda ishlatiladi.
Sintetik materiallardan tayyorlangan tasmalar nisbatan mustahkam, uzoq muddat ishlay oladigan va ishqalanish koeffitsienti katta bo‘lganligi uchun bunday tasmalar tezligi 75 m/s gacha bo‘lgan uzatmalarda ishlatilishi mumkin.
2: Zanjirli uzatmalar, zanjirlarni tortish moslamalari va xarbiy texnikalarda qo‘llanilishi.
Zanjirli uzatma etaklovchi va etaklanuvchi yulduzlar va zanjirdan iborat bo‘ladi. Zanjir yulduzni qamrab va uning tishlariga kirib turadi. Uzatmada etaklanuvchi yulduzlar soni bir necha bo‘lishi mumkin. Zanjirli uzatma sanab o‘tilgan elementlardan tashqari tortish, moylash moslamalari hamda to‘siqlardan iborat bo‘ladi.
Zanjir sharnir yordamida o‘zaro biriktirilgan bo‘g‘inlardan iborat bo‘ladi. SHarnirli birikma zanjirni egiluvchan bo‘lishiga imkon yaratadi.
Vazifasiga ko‘ra zanjirlar quyidagi gruxlarga bo‘linadi:
- yuk zanjirlari-ular yuk ko‘tarish, ularni osib qo‘yishga hizmat qilib, yuk ko‘tarish mashinalarida foydalaniladi;
- tortuvchi zanjirlar-yuklarni tortishga mo‘ljallangan;
- yuritma zanjirlari-mexanikaviy quvvatni bir valdan boshqalariga uzatish uchun xizmat qiladi.
Z anjirli uzatmalardan harbiy texnika namunalarida ham keng foydalaniladi. Bunga bir qancha misollar keltirish mumkin, ular qatoriga avtomobil dvigatellaridagi gaz taqsimlash mexanizmini haraktga keltiruvchi zanjir, ba’zi piyodalar zirxli mashinalarining qo‘shimcha g‘ildiraklarini aylantirish tarmog‘i, tanklarning boshmoql harakatlantiruvchi tarmog‘i kabilar kiradi.
6 - rasm. Zanjirli uzatma tizmi.
a-g‘ltakli zanjir; b-tishli zanjir;
1-zanjir; 2-yetaklovchi yulduz; 3- yetaklanuvchi yulduz.
Zanjirli uzatmaning ilashish imkoniyati va zanjirning tasmaga qaraganda bir muncha mustaxkamligi bu turdagi uzatmaning ishqalanish uzatmasiga qaraganda ancha ustun qo‘yadi. Biroq zanjirli uzatma tishli uzatmaga qaraganda kamroq yuk tortadi.
Zanjirli uzatmada zanjir va yulduz orasida toyishning yo‘qligi o‘rtacha uzatishlar sonini o‘zgarmasligini ta’minlaydi. Uzatmaning konstruktiv jixatlari zanjirning boshlang‘ich tarangligini talab etmaydi, demak taranglik kuchining yo‘qligi tufayli podshipnik va valga boshlang‘ich yuk tushmaydi. Natijada podshipnik va vallarning ishlash muddati ortadi va F.I.K ko‘payadi. Zanjirli uzatmada zanjirning yulduzga o‘ralganligi katta axamiyat kasb etmaydi, bu esa uzatmada o‘qlar orasidagi masofaning, tasmali uzatmaga qaraganda, birmuncha kichik bo‘lishi va uzatishlar sonining katta bo‘lishi imkonini beradi.
Zanjirli uzatmaning bir qator kamchiliklari mavjud bo‘lib, ularga uzatmaning qimmatligi, harakatning noteksligi, vaqti-vaqti bilan zanjir tarangligini rostlash, hakarat yo‘nalishi tez o‘zgaruvchi tizmlarda bu uzatmadan foydalanib bo‘lmasligi, unga hizmat ko‘rsatishning birmuncha murakkab ekanligi, uni mashinasozlikda ishlashi imkoniyatini kamaytiradi.
Yuritma zanjirlarining asosiy turlariga, g‘altakli, vtulkali (GOST13568-75) va tishli (GOST 13552-68) zanjirlar kiradi.
G‘altakli zanjirlar (6-rasm, a) cho‘zilishga birmuncha moyil bo‘lib, bunda uning sharnirlari ishqalanishdan emiriladi, shovqinlik darajasi yuqori, biroq uning tuzilishi tishli zanjirlarga qaraganda konstruktiv jixatdan sodda va vazni kam.
Zanjir bo‘g‘inlarning o‘qlari parchinlanadi, shuning uchun zanjir bo‘g‘inlari ajralmaydi. Zanjir uchlari o‘zaro mahsus biriktiruvchi bo‘g‘in yordamida bir-biriga ulanib shplintlar yordamida maxkamlanadi. Yulduz tishlarining shakli yoy ko‘rinishidagi o‘yiq, to‘g‘ri chiziqli o‘tish qismi va qirradagi yoysimon aylanadan iboratdir.
Vtulkali zanjirlar konstruktiv jixatdan g‘altakli zanjirlarga o‘xshaydi, biroq ularda g‘altaklar bo‘lmaydi. Natijada zanjirning narxi arzonlashadi va vazni kamayadi, zanjirning va yulduzning emirilishi tezlashadi.
Tishli zanjirlarda (6-rasm, b) sirpanuvchi va dumalovchi sharnirlar qo‘llaniladi. qirqma vkladishli sharnirlar zanjir konstruksiyalarida ko‘p ishlatilinadi, bunga asosiy sabab sharnir emirilishining kamligidir. Bu zanjirlarning yulduz tishlari trapetsiya shaklida bo‘ladi.
Zanjirli uzatma F.I.K. η=0,96 –0,98 ga tengdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |