Zanjirli uzatmalar juda katta quvvat chegarasida ishlaydi. O‘rtacha 100 quvvat uzatadigan zanjirli uzatmalardan foydalanish keng tarqalgan. Bundan katta quvvat uzatishga mo‘ljallangan zanjirlarning tannarxi qimmat bo‘ladi.
Zanjir va yulduzning aylanish tezligi.
YUlduzning bir marotaba to‘la aylanishi zanjirning ko‘pburchak perimetri uzunligi miqdorida harakatlanishiga sabab bo‘ladi, chunki ko‘pburchak tomoni zanjir qadamiga t (7-rasm) teng, ya’ni zanjir g‘altaklari o‘qlari orasidagi masofa, ko‘pburchak tomoni soni yulduz tishlari soniga tengdir. Bundan chiqadiki zanjirning o‘rtacha tezligi.
t =2π/ZDeddDi (1)
t
2π/z
d1
d
d2
7-rasm. Yulduzning geometrik o‘lchamlari.
Zanjir va yulduzning aylanish tezligi.
υ =n z t / 60·1000 (2)
bu erda n –yulduzning aylanish tezligi, ay/daq.
Odatda zanjirning tezligi 15m/s miqdorigacha tanlanadi. YUlduz tishlari soni katta bo‘lgan, kichik qadamli, sifatli, moylanadigan zanjirlar uchun tezlik 30-35 m/s gacha etishi mumkin.
Uzatmaning o‘rtacha uzatishlar soni yulduzdagi zanjirning o‘rtacha tezligi n1z1t1= n2z2t2 qiymatdan olinadi, bundan
u=n1/n2=z2/z1 (3)
bu erda n1va n2 –tezyurar va sekin aylanuvchi yulduzlarning aylanishlari soni, ay/daq; z1 va z2-tezyurar va sekin aylanuvchi yuldukzlar tishlarining soni.
Zanjirli uzatmada uzatishlar soni u≤7 bo‘ladi. Agar o‘lchamlari halaqit bermasa, ba’zi sekin harakatlanuvchi zanjirli uzatmalarda u≤10 gacha bo‘lishi mumkin.
Yulduzlarning tishlari soni. Yulduzning tishlari soni qancha kam bo‘lsa, unda zanjir tezligi harakati notekis bo‘ladi, natijada zanjirning yulduzga o‘ralish tezligi ham ortadi. Ushbu sabablarga ko‘ra tezyurar g‘altakli zanjir uzatmalaridagi kichik yulduzning tishlari soni Zmin =19 ÷ 23, o‘rtacha tezlikdagi uzatma uchun Zmin =17 ÷ 19; va past tezlikdagisi uchun esa Zmin =13 ÷ 15 qabul qilish tavsiya etiladi. Tishli zanjirli uzatmalarda esa yuqoridagi raqamlar 20-30% ortadi.
Zanjir tortilgan paytda, u yulduzning tashqi diametri sari ko‘tarilib boriladi, bu xolat esa yulduz tishlarining eng katta qiymatini belgilaydi, ya’ni g‘altakli zanjir uzatmalarda Zmax =100 ÷ 120 bo‘lsa, tishli zanjirlar uchun Zmax =120 ÷ 140 atrofida olinadi.
O‘qlar orasidagi masofa va zanjirning bo‘g‘inlarining soni
O‘qlar orasidagi masofaning eng kichik miqdori Qmin uzatmaning uzatmalar soni bog‘liq bo‘lib, kichik yulduzga zanjirning qamrov burchagi 1200dan kam bo‘lmasligi kerak.
Agar u≤ 3 bo‘lsa
amin =(De2 + De1 / 2) + (30 ÷ 50) (4)
Agar u< 3 bo‘lsa
amin =(De1 + D e2 / 2)· (9 + u / 10) (5)
Bu erda De1 va De2 –mos ravishda katta va kichik yulduzlarning eng katta diametri.
O‘qlar orasidagi masofaning eng maqbul kattaligi
a =(30÷50) t* (6)
*uzatmada uzatishlar soni u qancha katta bo‘lsa qavs ichidagi raqam qiymati ham shuncha katta olinadi.
Odatda bu kattalikni
amax=80t (7)
oralig‘ida chegaralash tavsiya etiladi.
Zanjirning talab qilingan bo‘g‘inlar soni Lt taxminan olingan o‘qlar orasidagi masofa a1 qadam t va yulduzlar tishlari soni Z1 va Z2 kattaliklariga qarab hisoblanadi:
Lt=(2a/t)+(Z1+Z2/2)+(Z2-Z1/2π)2t/a (8)
Bu formula taqribiydir. Agar zanjir shoxlari parallel jaylashgan bo‘lsa, unda (2.21) formulaning birinchi ikki xadi etarlidir. ω ning qiymati butun juft songa qadar yaxlitlanadi, qabul qilingan ω ga nisbatan o‘qlar orasidagi masofa quyidagi formula asosida aniqlanadi.
a=t / 4[ω –(Z1 + Z2 / 2) +√ ( ω( Z1+ Z2 ) / 2)2 – 8( (Z2 - Z1 ) / 2 π)2] (9)
Do'stlaringiz bilan baham: |