CHIRCHIQ OLIY TANK QO‘MONDON MUHANDISLIK BILIM YURTI
UMUMTEXNIKA FANLAR KAFEDRASI
“Mashina detallari”
FANIDAN
MAVZU: «Tasmali va zanjirli uzatmalar»
BAJARDI: kursant Sobirov.S.
QABUL QILDI: katta o‘qituvchi Madaliev X.
FUH majlisda ko’rib chiqildi
Bayonnoma№________________
«___»________________2017 y.
CHIRCHIQ-2017yil
I. KIRISH.
II. ASOSIY QISM.
Tasmali uzatmalar to‘g‘risida asosiy malumotlar.
Zanjirli uzatmalar, zanjirlarni tortish moslamalari va xarbiy texnikalarda qo‘llanilishi.
III. HULOSA .
IV. ADABIYOTLAR
I. KIRISH
Energiya manbai bilan mashinalarning ish bajaruvchi qismi oralig‘ida joylashib, ularni o‘zaro bog‘lovchi hamda harakatni talab qilinganidek boshqarishga imkon beruvchi mexanizmlar uzatmalar deb ataladi.
Mashinasozlikda quyidagi uzatmalardan keng foydalaniladi:
mexanik;
elektrik;
pnevmatik;
gidravlik;
Bizning kursimizda faqat mexanik uzatmalar o‘rganiladi.
II. ASOSIY QISM:
1. Tasmali uzatmalar to‘g‘risida asosiy malumotlar.
Tasmali uzatmalar – yetakchi 1 va yetaklanuvchi 2 shkivlar, hamda ularga taranglik bilan kiydirilgan tasma 3 dan iborat. Tasma orqali, ishqalanish kuchi hisobidan aylanma harakat uzatiladi (1-rasm).
1-rasm
Tasmalar – asosiy elastik elementlar bo‘lib, quyidagi ko‘ndalang kesim shakliga ega: a) to‘rt burchak (yassi tasmalar), b) trapetsiyasimon, ponasimon, (yonbosh ishchi yuzalari bilan), c) yarim ponasimon, d) yumaloq (doiraviy tasmalar), e) tishli (2-rasm)
2-rasm
Tasmalar quyidagi materiallardan tayyorlanadi:
ip gazlama, eng arzon, ammo uncha pishiq emas, vmax=25 m/s;
rezinalangan ip gazlamali, eng eguluvchan va ko‘p tarqalgan, vmax=30 m/s;
charm, yahshi tortish hususiyatiga ega, vmax=45 m/s;
jun, yuqori haroratga, kislotalarga chidamli;
sintetik, mustahkam, ishqalanish koeffitsyenti katta, vmax=100 m/s.
Shkivlar – gardish (obod), spitsa yoki disk va stupitsalardan iborat. Shkivlar quyidagicha tavsiflanadi: a) gardish qismining shakli bo‘yicha (silindrik, qavariq, ponasimon ariqchalar bilan); b) material turi bo‘yicha (po‘lat, cho‘yan);
konstruksiyasi bo‘yicha (yaxlit, yig‘ma, spitsali, diskli, quyma,
payvandlangan) (3-rasm).
Gardishdagi ish qismining shakli tasmaning turiga va uzatmaning ish sharoitiga bog‘liq.
3-rasm
Tasmali uzatmalarning tasniflanishi:
tasma kesimining shakli bo‘yicha (yassi, ponasimon, yumaloq, tishli);
val o‘qlarining o‘zaro joylashuvi bo‘yicha (parallel o‘qli, ochiq; ayqash; o‘qlari kesishadigan, burchakli; o‘qlari kesishadigan, yarim ayqash);
shkivlarning aylanish yo‘nalishi bo‘yicha (yo‘nalishi bir xil, ochiq, yarim ochiq; yo‘nalishi qarama-qarshi, ayqash);
tasmalarning tarangligini ta’minlash usuli bo‘yicha: (oddiy; taranglovchi g‘altak (rolik) bilan; taranglovchi moslama bilan);
e) shkivlarning konstruksiyasi bo‘yicha (bir va ko‘p qatorli shkivlar;
pog‘onali shkivlar);
harakatni uzatish sxemasi bo‘yicha (ochiq, shkivlarning aylanish yo‘nalishi bir xil; ayqash tasmali; yarim ayqash tasmali; pog‘onali shkivlar bilan rostlanadigan; taranglovchi rolik bilan; tasmaning tarangligini avtomatik ravishda ta’minlaydigan qurilmasi bilan).
b) c) d) e) g)
4-rasm. Tasmali uzatmalar:
a-ochiq; b-ayqash; c-yarim ayqash; d-yarim ayqash yo‘naltiruvchi rolik bilan;
e-taranglovchi rolik bilan; g- pog‘onali shkivlar bilan
a) b) c)
5-rasm. Tasmaning taranglikni ta’minlash usullari:
a-yuritmani silgitish bilan; b) yuritmaning ogirligi bilan;
c-taranglikni avtomatik rostlash qurilma bilan
Tasmali uzatmalarning afzalliklari: harakatni ancha masofaga uzatish imkoniyati (amax=5…15 m gacha); tuzilishi oddiy va narxi arzon; ravon va shovqinsiz ishlashi; hizmat ko‘rsatish va nazorat qilish oddiy.
Kamchilikllari: o‘lchamlari nisbatan katta; uzatish soni kam (i=15 gacha) va doimiy emas; tasmaning ishlash muddati kam (1000...5000 soat); tasmaning cho‘zilishi oqibatida, uni tarang tutish uchun, qo‘shimcha moslamalar zarur; val va tayanchlarga katta kuch tushadi.
Tasmali uzatmalar, asosan kichik va o‘rta quvvatli uzatmalarda ishlatiladi (0,3…50 kVt). Yassi va ponasimon tasmali uzatmalar eng ko‘p tarqalgan. Ponasimon tasmali uzatmalar yuqori uzatish xususiyatiga ega. Doiraviy tasmali uzatmalar kichik quvvatlarni uzatish uchun ishlatiladi, asosan asboblarda.
Ponasimon tasmali uzatmalar.
Mashinasozlikda asosan ponasimon va yarim ponasimon tasmalar ishlatiladi.
Ponasimon tasmali uzatmalarko‘ndalang kesimi trapetsiya ko‘rinishida bo‘lib shu shaklli shkiv ariqchalariga o‘rnashgan bo‘ladi. Shkiv ariqchalarining chuqurligi tasma ko‘ndalang kesimining balandligidan kattaroq bo‘lishi kerak, chunki tasma shkiv ariqchalarida joylashganda uning patki sirti bilan ariqchaning asosi o‘rtasida ochiq joy ∆ bo‘lishi lozim (6 rasm) . tasmaning yon yoqlari shkiv ariqchasining yon yoqlariga butun yuzasi bilan yopishgan bo‘ladi. Bunda tasmaning sirtqi tomoni shkivning tashqi diametridan chiqib turmasligi kerak, agar bu shart bajarilmasa, shkiv ariqchalarining qirralari tasmani tezda ishga yaroqsiz holga keltiradi.
6-rasm
Tasmaning bu turlari yassi tasmalarga nisbatan, tasmalarning ko‘ndalang kesimini ponasimon shaklda bo‘lganligi uchun katta quvvat uzata oladi, etaklovchi shkivda qamrov burchagi nisbatan kichik bo‘lishi mumkin, bu tasmaning afzalligi.
Kamchiliklari: tasmning balandligi katta bo‘lganligi uchun egilishdagi kuchlanish qiymati katta, shkivlarning tannarxi nisbatan katta, uzatmada ishlatiladigan tasmalarning ishlash jarayonida deformatsiyalanishi uzunligi bir xil bo‘lmaganligi uchun ishlashi notekis.
Ponasimon tasma kord (1), elastiklik xususiyatini oshiradigan rezina (2) hamda tasmaning yoyilishdan saqlaydigan, mustahkamligini oshiradigan qobiq (3) dan iborat (7-rasm).
Ponasimon tasmalar kordgazlama (7-rasm, a) va kordli (7-rasm,b) qilib tayyorlanadi. Kordgazlamali tasmada gazlama sifatida viskoza, kapron, lafsan materiallar ishlatiladi. Kord sifatida o‘z o‘qi atrofida buralgan aniq materiallar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |