Ta’lim resurslarini yuklash.
Qanday izlash kerak bo’ladi? – zaruriy axborotning Internetdagi joyini toppish uchun ushbu axborot joylashtirilgan resurslarni qidirish lozim bo’ladi. Bunday ma’lumotlarni qidiruv tizimlarining berilganlar bazalarida, qidiruv kataloglaridan topish mumkin. Asosiy rus tilidagi qidiruv tizimlariga rambler, yandex, aport, google lar kiradi.Bunday tizimlarda qidiruv matn ko’rinishida ifodalangan so’rovlar asosida amalga oshiriladi. Amalda bir nechta qidiruv tizimlarinidan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki qidiruv tizimlarining berilganlar bazalari bir-biridan farq qiladi.Maxsus tarixiy kataloglar biror qidiruv, axborot yoki ilmiy-tadqiqot resursi tarkibida yoki mustaqil resurs sifatida mavjud bo’ladi. Qidiruv tizimlaridan farqli ravishda kataloglar foydalanuvchilar umidlarni ko’proq darajada oqlaydilar, chunki qidiruv oldindan tanlangan mavzu bo’yicha materiallar ichida amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda Internet resirslarini tasvirlashga bag’ishlangan adabiyotlar chop etilmoqda. Keralki Internet resurslarini mos mavzudagi adabiyotlardan ham toppish mumkin.Umuman olganda barcha qidiruv usullaridan(qidiruv tizimlari, maxsus tematik kataloglar, bosma nashrlar) birgalikda foydalanish maqsadga muvofiqdir.Internet tarmog’idan olingan ma’lumotlar ishonchlilik, davlat standartlariga moslik va o’quv rejasiga moslik nuqtai nazaridan tekshirilishi kerak. Internetda ishlash jarayonida tarixchi axborotning matnli, tasvirli, audio , video kabi turli shakllari bilan to’qnshishi mumkin.Matnli axborot quyidagi formatlarda ifodalanishi mumkin:
htm (html) – gipermatnli xujjatlar tili – Internetda xujjatlarni saqlash va uzatishning eng asosiy usuli. Barcha standart brauzerlar tomonidan o’qiladi. (Internet Explore, Netscape Navigator, Opera).Xujjatni matn muharrilarida saqlash, tahrirlash mumkin.
txt –stsndart matnli fayl formati. Barcha standart matn muharrirlari tomonidan o’qiladi.
doc - MS Word matn muharriri xujjati. MS Windows muhiti standart vositalari yordamida qayta ishlanadi.
pdf - Matni Adobe Acrobat Reader yordamida o’qish yoki bosmafa chiqarish mumkin. Grafik axborot Internetda gif , jpg, swf formatlarda ifodalanadi. Ko’pchilik audio va video formatlar operatsion tizimning standart multimedia vositalari tomonidan o’qiladi.Internetda axborot uzatishning turli usullari mavjud bo’lib, ulardan eng keng tarqalgani - http (HyperText Transfer Protocol) dir. Bular html, txt, gif, ipj formatdagi xujjatlarniolish mumkin. Axborot uzatishning yana bir usuli ftp (File Transfer Protocol) hisoblanadi.Tarmoqdan yozib olngan fayllar ko’pincha arxivlangan (zip yoki rar formati) bo’ladi. Ma’lumotlarni arxivlash ularning xajmini kichraytirib, tarmoqdan olinish vaqtini tejaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |