Elektron darslik nazariy materialni mustaqil o’rganishga mo’ljallangan bo’lib, unung gipermatnli tuzilishi individual ta’lim traektoriyasi bilan ishlash imkoniyatini beradi.
Elektron ma’lumotnoma foydalanuvchiga zarur vaqtda kerakli axborotni kompakt shaklda tezkor olish imkoniyatini beradi. Odatda elektron ma’lumotnoma terminlarning ro’yxatidan iborat bo’lib, ro’yxatning har bir elementi giperaktiv hisoblanadi, ya’ni uni faollashtirish natijasida termin mazmuni, tarjimasi yoki izoxi keltirilgan giperssilkaga murojaat etiladi. Elektron ma’lumotnomaning mavjudligi ixtiyoriy fan uchun zaruriy shart hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |