Umumiy va radiatsion gigiеna kafеdrasi



Download 215,5 Kb.
Sana26.06.2017
Hajmi215,5 Kb.
#16588
TOSHKЕNT TIBBIYOT AKADЕMIYASI

UMUMIY VA RADIATSION GIGIЕNA KAFЕDRASI


«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

_________________________

PROF. TЕSHAЕV O.R.

LOYIHALI O’QITISH TЕXNOLOGIYASI BO’YICHA AMALIY MASHG’ULOT UCHUN USLUBIY QO’LLANMA

MAVZU: «YUQUMLI BO’LMAGAN KASALLIKLARNING BIRLAMCHI, IKKILAMCHI VA UCHLAMCHI PROFILAKTIKASINING GIGIЕNIK JIHATLARI»

(7 kurs davolash, tibbiy pedagogika fakultetlari talabalari uchun)

Toshkent 2014 y.

Loyihaning tuzilishi:


  1. Pedagogik annotatsiya.

  2. Loyiha topshirig’i.

  3. Talabalarga uslubiy ko’rsatmalar.

  4. Loyihalar usuliga asoslangan o’qitishning texnologik xaritasi.

  1. Pedagogik annotatsiya.

O’quv fani: Umumiy gigiyena bilan ekologiya.

O’quv mavzusi: «Yuqumli bo’lmagan kasalliklarning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasi».

Ishtirokchilar: davolash va tibbiy-pedagogika fakultetlarining 7 kurs talabalari.

Shakllantiruvchi maqsad: o’quv mavzusi bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, kalit kompetentsiyalarni shakllantirish va rivojlantirish.

Rejalashtirilayotgan o’quv natijalar: Eng muhim yuqumli bo’lmagan kasalliklarning profilaktikasida asosiy mezonlarni o’zlashtirish; mazkur kasallikning tarqalishidagi xususiyatlarni ajratish, uning etiologiyasi, patogenezini o’rganish; mazkur kasallikning berilgan bemorlarda kechishining o’ziga xos klinik jihatlarini aniqlash; mazkur kasallikning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasiga yondoshishni o’rganish; loyihalash faoliyatining ko’nikmalarini egallash, muammoni tahlil qilish va ushbu muammoni yechish uchun usul va vositalarni asoslangan holda tanlash; axborotni izlash, uni tuzilishini aniqlash va tahlil qilish, asosiysini ajratish; ishni hisobot-axborot hujjati shaklida taqdim etish; prezentatsion va kommunikativ ko’nikmalarni egallash.

Loyihani muvaffaqiyatli bajarishi uchun talabalar ega bo’lishi kerak bo’lgan dastlabki bilimlar va ko’nikmalar ro’yxati:

-yuqumli bo’lmagan kasalliklarning tarqalganligida dolzarb muammolarni bilishi;

- eng ko’p tarqalgan yuqumli bo’lmagan kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, klinik kechishi va davolashning umumiy printsiplarini bilishi;

- kasalliklarning profilaktikasida umumiy printsiplarni bilishi;

- kasallikning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasi haqida tushunchaga ega bo’lishi;

- eng ko’p tarqalgan yuqumli bo’lmagan kasalliklarning kelib chiqishida xavfli gigiyenik omillarni bilishi;

- axborot manbalari bilan ishlash ko’nikmalarini va hamkorlikda ishlashni bilishi;

- mazkur kasallikni paydo bo’lishi yoki rivojlanishiga sabab bo’lgan gigiyenik xavfli omillarni aniqlash maqsadida bemorlar bilan ishlashni bilishi;

- kasalliklarning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasi bo’yicha asoslangan tavsiyalar tuzish ko’nikmalariga ega bo’lishi;

- o’tkazilgan ish natijalari bo’yicha ilmiy doklad tarzida umumlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lishi;

- ilmiy-amaliy anjumanda ish natijalari bo’yicha prezentatsiya o’tkazish ko’nikmalariga ega bo’lishi.



Namunaviy belgilarga muvofiq loyihani tavsifi:

- axborotli;

- monoloyiha;

- individual (guruhli);

- qisqa muddatli.

Loyiha ustida ishlash tartibi:

Auditoriyadan tashqari faoliyat tarzida, kutubxonalarda, internet-kafe sharoitida bajariladi; ish yakuni o’quv amaliy mashg’ulotda prezentatsiya qilinadi.



Loyihani baholash:

- loyiha natijasi (hisobot) – maks. 100 ball

- loyiha prezentatsiyasi – maks. 20 ball.

- loyihani prezentatsiyasi va himoyasi jarayoni – maks.80 ball.



Loyihali o’qitish bosqichlari:

  1. Tayyorlov bosqichi: loyihaga kirish, talabalar faoliyatini tashkillashtirish – auditoriya ishi.

  2. Loyihani bajarish bosqichi – auditoriyadan tashqari ish.

  3. Yakunlovchi bosqich – loyiha prezentatsiyasi, talabalarni loyihalash faoliyatini va loyihani baholash, loyihalash faoliyatini refleksiyasi – auditoriya ishi.

O’qitish modelining qisqacha tavsifi: loyihali o’qitish jarayonida quyidagi o’qitish usullari qo’llaniladi: loyihalar usuli, miyaga xujum, yo’riqnomalashtirish. O’qitish shakli: guruhli, individual. O’qitish vositalari: loyihali topshiriq, uslubiy ko’rsatmalar, asosiy va davriy maxsus adabiyotlar, kompyuter texnologiyalari.

P. Loyihali topshiriq.

Kirish.

Eng ko’p tarqalgan kasalliklar shakllarini kelib chiqishini oldini olish bo’yicha olib boriladigan ishlar umumiy amaliyot shifokori ishining muhim bo’limlaridan biridir. Shifokor aholini kasalliklarni birlamchi profilaktikasiga qaratilgan sog’lom turmush tarzi asoslariga o’rgatibgina qolmasdan, balki bemor bilan ishlaganda har bir aniq holatda kasallikni rivojlanishiga olib kelgan gigiyenik xafvli omillarni ro’yobga chiqarishni va bemorni kasallikni ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasi usullariga o’rgatishni ham bilishi kerak.



Hozirgi vaqtda kasalliklarni oldini olish kompleks tarzda ko’rib chiqiladi.

Profilaktik tadbirlarning uch ko’rinishi farqlanadi:

1.Birlamchi profilaktika – bu organizmda kasallikdan oldin yuzaga keladigan har qanday negativ o’zgarishlar, shu jumladan funktsional xarakterga ega bo’lgan o’zgarishlar, gomeostazning holati, organizmning himoya funktsiyasini pasayishi, biokimyoviy jarayonlarning holatini buzilishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar majmuasidir. Birlamchi profilaktikada insonning gigiyenik yashash sharoitlari asosiy rolni o’ynaydi, shuning uchun gigiyenik xavfli omillar birlamchi ahamiyatga egadir.

2.Ikkilamchi profilaktika – Odam organizmida bor bo’lgan, ammo kasallik ko’rinishida hali namoyon bo’lmagan klinik belgilarni oldini olishga qaratiladigan tadbirlar majmuasidir. Ikkilamchi profilaktika ham gigiyenik va ham davolovchi tadbirlar sifatida ahamiyatga egadir.

3.Uchlamchi profilaktika – kasallikning surunkali shaklga, uning qaytalanishi va bemorni nogironlikka olib kelishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar majmuasi hisoblanadi. Uchlamchi profilaktikada bemorlarni sifatli davolash asosiy o’rinni egallaydi, shu bilan birga bemorning yashash tarzi, kasallikni kelib chiqishida rol o’ynagan asosiy gigiyenik omillar albatta hisobga olinishi shart.

Talabalar bilan suhbat natijalari bo’yicha asosiy e’tiborni ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan deb nomlanuvchi aholi o’rtasidagi kasalliklar tarkibida va aholining o’limi strukturasida muhim o’rinni egallaydigan kasalliklarga qaratish lozim. Bizning respublikamizda aholining kasalliklari strukturasida quyidagi kasalliklar muhim hisoblanadi: nafas organlari kasalliklari, ovqat xazm qilish organlari, qon va qon ishlab chiqaruvchi organlar, qon aylanish sistemasi, endokrin kasalliklari, yuqumli kasalliklar, xavfli o’sma kasalliklari, teri va teri osti kletchatkasi kasalliklari. O’lim strukturasida birinchi o’rinni yurak-tomir sistemasi, onkologik kasalliklar va nafas olish organlari kasalliklari egallaydi.

Bu kasalliklarning yuzaga kelishi va rivojlanishida gigiyenik xavfli omillarning tutgan o’rni juda yuqori bo’lib, ular kasallikning kelib chiqishi va rivojlanishidan tortib, to o’lim bilan yakunlanishigacha o’ziga xos sharoit yaratib beradi yoki bo’lmasa kasallikning qaytalanishi va bemorni nogironlikkacha olib borishga sababchi beradi.

Loyiha doirasida o’zining yechimini talab etadigan muammo: 7 kurs talabalarini eng muhim yuqumli bo’lmagan kasalliklarning profilaktikasi masalalari bo’yicha butun axborot bilan ta’minlash.

Muammolar:

1.Kasalliklarning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasi haqida tushuncha

2. Yuqumli bo`lmagan kasalliklarning tarqalganligi, dolzarb muammolari

3.Eng ko’p tarqalgan yuqumli bo`lmagan kasallik shakllarining kelib chiqishi va rivojlanishidagi gigiyenik xavfli omillari.

4.Kasalliklarning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasi.

Loyihaning maqsadi (u nima uchun yaratilyapti): muayyan yuqumli bo’lmagan patologiya bo’yicha uning tarqalganligi, etiopatogenetik xususiyatlari, klinik kechishi va profilaktikasi bo’yicha ma’lumot izlash va to’plash; mazkur patologiya bilan og’rigan bir nechta bemorni kuratsiyadan o’tkazish, yig’ilgan ma’lumotni tahlil qilish, umumlashtirish va tuzilmalashtirish; mazkur kasallikning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasi bo’yicha tavsiyalar tuzish

Loyihaning so’nggi natijasi: loyiha bo’yicha hisobot tayyorlash.

Loyiha mahsulotidan foydalanuvchilar: fanning o’qituvchilari, manfaatdor kafedralarning o’qituvchilari, davolash va tibbiy-pedagogika fakultetining 7-kurs talabalari

Loyiha doirasi:

- bajarish muddatlari: 3 kun (amaliy mashg’ulot davomida prezentatsiya qilinadi);

- ishtirokchilar soni: 1 dan 3tagacha talaba.

So’nggi natijani baholash: o’z-o’zini baholash, o’zaro baholash, o’qituvchi bahosi.

Loyiha tuzilishi «Yuqumli bo’lmagan kasalliklarning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasi».

1.Kirish.

2.O’rganilayotgan patologiyaning dunyo miqyosida va O’zbekistonda tarqalganligi (ilmiy adabiyotlar ma’lumotlari bo’yicha)

3.O’rganilayotgan patologiya shakliga qisqacha klinik xarakteristika (2 daqiqadan ortiq emas)

4.O’rganilayotgan patologiya shaklining gigiyenik xavfli omillari:

A.Adabiy ma’lumotlar bo’yicha aniqlangan xavfli gigiyenik omillarning ro’yxati

B.Gigiyenik xavfli omillar ta’sirining patogenetik asoslari

5.O’rganilayotgan patologiya shakli bo’yicha 3-4 ta bemor bilan ishlash natijalari:

A.bemorning pasport ma’lumotlari va qisqacha anamnesis morbi

B.to’liq anamnesis vitae

V.har bir konkret xodisa uchun kasallikning xavfli gigiyenik omillarini ajratish (bemorlar bo’yicha)

6.Tahlil qilinayotgan patologiya shaklining birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasi bo’yicha UASH tavsiyalari

7.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.

Loyihalash faoliyatidagi vazifalar:

1.Belgilangan patologiya shakli bo’yicha uning tarqalganligi haqidagi ma’lumotlarni to’plash

2.Mazkur patologiya shaklining kelib chiqishida etiologik va patogenetik asoslari bo’yicha ma’lumotlar to’plash

3.Berilgan patologiya shakliga qisqacha klinik kechishi va hususiyatlariga ta’rif berish

4.Mazkur patologiya shaklining birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasi bo’yicha ma’lumotlar to’plash

5.O’rganilayotgan patologiya shakli bilan og’rigan bemorlarni tekshirish.

6.Berilgan patologiyaga shakli bo’yicha bemorlarda xavfli gigiyenik omillarni aniqlash

To’plangan ma’lumotlar matn, grafik tasvir, jadvallar, sur’atlar tarzida taqdim etiladi.



Loyiha guruhi ishtirokchilarining faoliyat turlari:

- mavzuni, muammoni asoslash, loyihaning maqsadini ko’rsatish va vazifalarini shakllantirish;

- ma’lumotlar manbaini aniqlash, uni to’plash;

- ma’lumotni to’plash va tuzilma shakliga keltirish, uni matn, jadval, sxema shaklida rasmiylashtirish, xulosalar yozish, foydalanilgan adabiyotlar manbalari ro’yhatini tuzish;

- loyihalash faoliyati natijalarini rasmiylashtirish - hisobot;

-loyihalash faoliyati natijalari haqida og’zaki ma’lumot tayyorlash;

-loyihalash faoliyati natijalari haqida ko’rgazmali ma’lumot tayyorlash;

- loyiha ishi haqida hisobot tayyorlash;

- loyiha yakuni bo’yicha prezentatsiya qilish.

Loyihani taqdimot shakli: «Yuqumli bo’lmagan kasalliklarning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasi» mavzusida hisobot.

Hisobotni rasmiylashtirish tuzilmasi:


  1. Loyiha mavzusi.

  2. Loyihaning maqsadi va so’nggi natija.

  3. Ishtirokchilar, ishtirokchilar faoliyatining turlari (jadval shaklida).

  4. Loyiha mavzusining dolzarbligini asoslash.

  5. Еchilayotgan muammalarni shakllantirish va asoslash.

  6. Vazifalar ro’yhati.

  7. Vazifalar yechimining natijalari – loyiha (hisobot).

  8. Foydalanilgan adabiyotlar manbalarining ro’yhati.

Sh. TALABALARGA USLUBIY KO’RSATMALAR.

1.Loyihalash faoliyatini bosqichma-bosqich bajarish uchun yo’riqnoma

1 bosqich. Tayyorlov.



    1. Loyihalash faoliyati jarayonida yechimi talab etilayotgan muammoni, loyihaning maqsadi va natijalarini, loyiha ishtirokchilarining vazifalari va ularning faoliyat turlarini aniqlash.

    2. Ma’lumotlar manbaini aniqlang.

2 bosqich. Loyihalash faoliyatini rejalashtirish.

2.1. Maqsadga erishish algoritmini o’rganing.



Loyihaning maqsadiga erishish algoritmi.

1 bosqich ( 1-2- kunlar.)

  1. Loyiha vazifalari bo’yicha ma’lumotlar to’plash (matn, grafik tasvirlar, manbalarni ko’rsatish).

2 bosqich (2-kun).

  1. Ma’lumotlarni bosmadan chiqarilgan va elektron shakllarda taqdim etish.

  2. Optimal ma’lumotlarni tanlash.

3 bosqich (3-kun).

  1. Loyihaning taqdimoti.

  2. Loyihani himoyalash.

  3. Loyihani baholash.

Loyihani bajarish bo’yicha ishchi reja.

Bosqich

Vazifa

Ishning mazmuni

Tayyor mahsulotning turi

1 bosqich

Loyiha vazifalari bo’yiach axborot yig’ish.

Axborotni izlash, tanlash va matn va grafik tarzda rasmiylashtirish.

Loyiha vazifalari bo’yicha tuzilgan axborot.

2 bosqich

Axborotni hisobot shaklida tayyorlash.

Axborotni vazifalar bo’yicha joylashtirish.

Hisobot (ishchi variant).







Axborotni qo’yilgan talablarga muvofiq rasmiylashtirish.

Hisobot (oxirgi variant).




Ko’rgazmali taqdimot yaratish.

Elektron variant yoki plakatlar maketini tayyorlash.

Elektron variant yoki plakatlar maketi.







Ko’rgazmali taqdimot mazmunini rasmiylashtirish.

Ko’rgazmali taqdimot (oxirgi variant).




Og’zaki taqdimotni tayyorlash.

Loyihani og’zaki taqdimoti bo’yicha takliflar tayyorlash:

- kim?


- nima (mazmuni)?

- qanday (ko’rgazmali taqdimot bilan birgalikda yoki alohida)?



Og’zaki taqdimot bo’yicha takliflar

3 bosqich

Loyihaning taqdimoti

Og’zaki taqdimot uchun quyidagi savollar bo’yicha sardor tayyorlash (guruh a’zolaridan):

- muammo, maqsad, vazifalar;

- vazifalar yechimning natijalari (hisobot);

- muammoni yechimining muvaffaqiyati va natijaliligini o’zaro baholash;

- undagi qiyinchiliklar va ulardan o’tish yo’llari;

- takliflar, maslahatlar, tavsiyalar.



Og’zaki va ko’rgazmali taqdimot.

2. Loyihani bajarish bo’yicha yo’riqnoma.

  1. Ma’lumotlarni to’plang va olingan ma’lumotlarni sxema, jadval, qisqacha izohlar ko’rinishida tizimlashtiring.

  2. Natijani hisobot shaklida rasmiylashtiring (oxirgi mahsulot), bunda uning tuzilishiga e’tibor bering.

  3. Hisobotni tayyorlash yo’riqnomasidan foydalangan holda og’zaki taqdimot tayyorlang.

  4. Microsoft Power Point da taqdimot tayyorlash bo’yicha yo’riqnomadan foydalanib loyihaning ko’rgazmali taqdimotini tayyorlang.

  5. Og’zaki taqdimot qilishda guruh a’zolarining vazifalarini aniqlang. Og’zaki taqdimot tayyorlashda uning qoidalariga tayaning, og’zaki taqdimot sirlari haqida unutmang.

3. MS Power Point da taqdimot yaratish bo’yicha yo’riqnoma.

  1. Taqdimot yaratish jarayoni:

- taqdimot turini tanlash;

- taqdimotni umumiy shakllantirishni tanlash;

- slaydlarning mazmuniy jihatlarini tanlash;

- yangi slaydni va uning mazmunini qo’shish;

- slayd ko’rinishini tanlash;

- zarur bo’lganda slayd tayyorlashda o’zgartirishlar kiritish;

- slaydlarni demonstratsiya qilayotganda tovushli animatsiya effektlarini yaratish.

2. Slaydlarni texnik bajarish quyidagi tavsiflarga muvofiq bo’lishi

kerak:

-slaydlar soni: 8-12;



- birinchi slaydning mazmuni: loyiha nomi, loyiha mualliflarlarining familiyalari, o’quv guruhining raqami, loyihani yaratish sanasi;

- oxirgi slaydda foydalanilgan adabiyotlar ko’rsatilishi kerak;

- qolgan slaydlar loyihaning mazmunini erkin shaklda aks ettirishi

mumkin;


- slaydlar avto yoki sichqonchani bir marta bosish tartibida

demonstratsiya qilinadi (taqdimot turi bilan bog’liq holda).

3.Taqdimotni rasmiylashtirish qoidalari:

A. matn, ayniqsa agar taqdimot og’zaki doklad bilan qilinsa, u quyidagi bo’lishi kerak:

- yuqori axborotli;

- bog’langan;

- aniq va qisqa;

- oddiy sintaktikli;

- lo’nda.

B. Ovoz tiniq bo’lishi kerak (Taqdimot ovozli bo’lsa).

V. Rasmlar aniq va yetarlicha kattaroq bo’lishi zarur, illyustratsiya ko’rinishida , ammo dekorativ ahamiyatli emas.

G.Jadvallarda ajratuvchi ma’lumotlar aniq ko’rsatilishi, jadvallarning nomlanishi tagiga katta yozuvlarda berilishi zarur. Jadvallarni haddan ziyod ko’p ma’lumotlar bilan to’ldirish kerak emas!

D.Chizmalar bir bo’limdan boshqa bo’limga aniq va mantiqiy ravishda o’tishga moslashtirilishi kerak. O’tish chiziqlari ekranda yaxshi ko’rinishini tekshiring.

Muvaffaqiyatli taqdimot sirlari:


  • Doimo ishonch bilan so’zlang.

  • Aniq va o’z o’rnida gapiring.

  • Intonatsiya (ifoda) ning muhim lahzalarini ajratib ko’rsatgan holda fikringizni tugallangan iboralar bilan bayon eting.

  • Reglamentga rioya qiling: guruhning umumiy chiqishi davomiyligi – 7-10 daqiqa; lekin 15 minutdan ko’p emas.

  • Bir xil va sekin gapirmang, lekin haddan tashqari baland gapirish noto’g’ri.

  • Muloyim va e’tiborli bo’ling, keskinlikni namoyon etmang, bag’rikeng (tolerant) bo’ling.

  • Doimo tabassum bilan boshlang va yakunlang, lekin me’yorni saqlang.

  • «Bo’lishi mumkin», «Kim biladi?», «…ehtimol» va h.k. kabi ifodalarni qo’llamang. Bunday ifodalar sizning nutqingizni noaniq qilib qo’yadi, Siz qat’iylikni yo’qotishingiz mumkin.

  • Yuzma-yuz aloqani saqlang − tinglovchilarga qarashga harakat qiling (har bir ishtirokchiga 3 soniyadan).

  • Oyoqlaringizni chalishtirmang, qo’llaringizni orqangizda ushlamang, stolga, minbarga tayanmang, imo-ishorani kamaytiring, ruchkani, markerni o’ynamang, yelpig’ich va varaq bilan yelpinmang va h.k.

  • Javob va takliflarga har gal minnatdorchilik bildiring!

4.Baholash mezoni va ko’rsatkichlari

Guruhli loyihada quyidagilar baholanadi:

-Loyiha mahsuloti - referat (eng yuqori 10 ball);

-hisobot (eng yuqori 8 ball);

-MS Power Point loyiha taqdimoti (eng yuqori 5 ball);

-og’zaki taqdimot va loyiha himoyasi (eng yuqori 2 ball).


    1. Bajarilgan loyiha bo’yicha mahsulotni baholash

Baholash mezoni

Baholash ko’rsatkichlari

Reyting bo’yicha baho

1. Loyiha mazmunini belgilangan maqsadga muvofiqligi

Belgilangan maqsadga loyiha mazmuni mos kelsa, maks. 3 ball

30%

2. Loyiha: mavzuga oid bo’lgan yetarli miqdorda, sifatli axborotdan iborat


Erishilgan natijalar maqsadga muvofiq kelsa, maks. 5,0 ball:

- yangi;


- loyiha vazifasini to’liq aks ettiradi;

- keng manbalarga asoslangan



50%

3.Axborotning rasmiylashtirilishi

Agar axborot talab darajasiga muvofiq kelsa: sarlavha, matn tarkiblashtirilgan bo’lsa, 0,5 ball

5%


Namoyish etuvchi material (jadval va chizmalarda) bo’lsa, maks.1,5 ball:

- ma’lumot mazmunini to’liq aks ettiradi;



-standart talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan

15%



Bajarilgan loyiha bo’yicha hisobotni baholash

Baholash mezoni

Baholash ko’rsatkichlari

Reyting bo’yicha baho

1. Hisobotni tayyorlash bo’yicha yo’riqnomaga rasmiy ravishda rioya etilishi

Hisobot tuzilmasi yo’riqnomaga muvofiq bo’lsa, maks. 0,5 ball

5%

2.Tanlangan mavzu asoslanganligi va dolzarbligi

Tanlangan mavzu dolzarbligi daliliy isbotlangan bo’lsa, maks. 0,5 ball

5%

3.Еchimi hal etilayotgan muammoni asoslanganligi

Muammo daliliy asoslangan bo’lsa, maks.0,5 ball


5%

4. Vazifa va loyiha ishtirokchilari faoliyat turlarining bayon etilishi

Vazifa va loyiha ishtirokchilari faoliyat turlari aniq belgilangan bo’lsa, maks. 0.3 ball

3%

5. Loyiha vazifalarining belgilanishi

Loyiha vazifalari aniq belgilangan bo’lsa, 0,5 ball

5%

6. Loyihaning ish rejasini ishlab chiqish

Ish reja ishlab chiqilgan yondashuvlarga muvofiq tuzilgan bo’lsa, 1,0 ball

10%

7. Vazifalar bo’yicha loyihaning ish natijalarini keltirish

Vazifalar bo’yicha loyiha ish natijalari ishtirokchilarni ko’rsatish bilan, aniq va ravshan keltirilgan bo’lsa, maks. 1,0 ball

10%

8.Xulosalarni ifodalash


Xulosada taklif va tavsiya etilayotgan loyihani tatbiq etish muhimligini isbotlash bayon etilgan bo’lsa, maks. 1,5 ball

15%

9.Foydalanilgan manbalar ro’yxatini tarkiblashtirish

Foydalanilgan manbalar ro’yxati bajarilgan vazifalar bo’yicha tarkiblashtirilgan va standart talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan bo’lsa, 0,2 ball

2%

10.Loyiha faoliyatini o’zi baholashi

Tanqidiy baho:

- mahsul sifati,

-loyiha ustida ishlash: har bir ishtirokchi ishining natijaviyligi, qiyinchilik va uni yengish berilgan bo’lsa, 1,0 ball


10%

11.Ilovalarning borligi

Ilovalarda loyiha ishtirokchilarining anketalari va loyiha ishining ish materiallari bo’lsa, 1,0 ball

10%

Loyihani MS Power Point da bajarilgan taqdimotini baholash

Baholash mezoni

Baholash ko’rsatkichlari

Reyting bo’yicha baho

1. Loyiha taqdimoti bo’yicha yo’riqnomaga rasmiy rioya etish

Yo’riqnoma izchilligi bo’lsa, maks. 2,5 ball

25%

2. Slaydlarni texnik namoyish etish yo’riqnomasiga rioya etish

Taqdimot tayyorlashda yo’riqnomaga rioya etilgan bo’lsa, 1,0 ball

10%

3. Taqdimotni rasmiylashtirish qoidasiga rioya etish

Taqdimotni rasmiylashtirish qoidasiga rioya etilgan bo’lsa, 1,5 ball

15%



Bajarilgan loyihaning og’zaki taqdimoti va bajarilgan loyiha himoyasini baholash

Baholash mezoni

Baholash ko’rsatkichlari

Reyting bo’yicha baho

1. Og’zaki taqdimot qoidasiga rasmiy rioya etish

Loyiha ishtirokchilarini tanishtirish bilan boshlanishi;

so’zga chiquvchilarni belgilangan vaqtga rioya etishlari (7 – 15 min.);

taqdimot vaqtida nomuvofiq iboralarga yo’l qo’yilmasliklari, maks. 0,2 ball


2%

2.Loyiha himoyasi

Taqdimotda barcha guruh a’zolari ishtirok etgan bo’lsa, maks. 1 ball

18%

Javoblar asoslangan, mukammal, aniq bo’lsa, maks. 0,8 ball




O’quv loyihaviy faoliyatni o’zaro baholash natijalari

jadvali

Baholanayotgan

Guruh


Mahsulot

Ko’rgazmali prezentatsiya

Og’zaki prezentatsiya

Hisobot

Yakuniy ball

Reyting bo’yicha baho

1



















2



















3



















4



















5



















6



















7



















IY. TA’LIMNING TЕXNOLOGIK HARITASI

Ta’lim shakli.

Ish bosqichi



O’qituvchi

Talaba

1. O’quv mashg’ulotiga kirish


Mashg’ulot mavzusi va maqsadi hamda talabalarga oldindan kutiladigan natijalarni aytadi. o’quv mashg’ulotining ish tartibi va xususiyatlari bilan tanishtiradi.

Loyiha faoliyati mazmuni va uning bo’lajak mutaxassisning kompetentsiyasini shakllanishiga ta’siri mezonlari bilan, loyihaviy faoliyati tuzilishi bilan tanishtiradi.



Eshitadi, eslab qoladi, yozib oladi, savollar beradi.

2.Asosiy bosqich.

Talabalarning loyiha mavzusi bo’yicha bilimlarini dolzarblashtiradi: blits-so’rov o’tkazadi.

Muammoli vaziyatni taqdim etadi, talabalarni loyiha muammosi va mavzusini shakllantirishga olib keladigan savollar qo’yadi.



Savollarga javob beradi, loyihaning muammosi va mavzusini shakllantiradi.




Talabalarning loyiha maqsadi va uning vazifalarini ifodalashi bo’yicha munozara uyushtiradi.Uning kutiladigan natijasi – mahsulot va uning taxminiy foydalanuvchilarini ifodalaydi

Loyihaning maqsadi va uning vazifalarini shakllantiradi.

Loyihaning natijasi –mahsulot va uning foydalanuvchilarini aniqlashadi.






Loyiha topshirig’ini qo’yadi. Topshiriqlar bilan tanishtiradi. Axborot manbalari, uni yig’ish va tahlil etish usullarini tavsiya qiladi. Loyiha faoliyati natijalari va umuman jarayonni baholash rusumlari va mezonlari bilan tanishtiradi (loyiha topshirig’iga qarang).

Loyiha topshirig’i bilan tanishadilar.

Savollar beradilar.






Loyiha guruhlari shakllantirishini uyushtiradi.

Guruhlarga birlashadilar.




Talabalarning guruhda ishlashi uchun topshiriq beradi, guruhda ishlash qoidalarini eslatadi:

- loyiha faoliyatining vazifalarini ajratadi, ishtirokchilar o’rtasida taqsimlaydi;

- loyiha faoliyatining algoritmini ishlab chiqish;

- loyihaning vazifalarini yechish uchun usullar va vositalar tanlash, uning natijalarini va prezentatsiyani shakllantiradi;

- ishchi rejani tuzish.


Loyiha faoliyatini loyihalashtirish va rejalashtirish bo’yicha guruhlardagi ishni tashkil etishadi:

- loyihani bajarish yo’nalishlari va bosqichlarini belgilashadi;

-guruh a’zolari o’rtasidagi funktsiya-larni taqsimlashadi, hamkorlik shakllarini belgilashadi;

-loyiha vazifalarini bajarish, uning natija-larini ifodalash va taqdimot usullari va vositalarini tanlashadi;

- loyiha ishlarining ishchi rejasini vazifalar, ularni bajarish muddatlari, tayyor mahsulot turini va mas’ullarni ko’rsatib tuzishadi


3.Yakuniy – baholovchi bosqich.

Loyiha topshirig’i ustidagi ishning asosiy natijalarini belgilash va loyiha faoliyatini rejalashtirish bo’yicha xulosa chiqaradi.Talabalar e’tiborini loyiha ishlari mazmuniga va loyihaning ijro bosqichida ularni bajarish grafigiga qaratadi.

Eshitadilar, muhokamada ishtirok etadilar, o’z-o’zini baholashni o’tkazadilar.

Auditoriyadan tashqari ish.

Ish bosqichlari

O’qituvchi

Talaba

1.Loyihani bajarish.

2.Mahsulotni rasmiylashtirish.

3.Hisobot tuzish.

4.Prezentatsiya tayyorlash.



Maslahat beradi, guruhlar ishini muvofiqlashtiradi, ular faoliyatini rag’batlantiradi, kuzatadi, axborot manbalarini izlashda yordam beradi, o’zi axborot manbai bo’ladi, loyiha ishlari monitoringi va nazoratini amalga oshiradi


Individual vazifalarga binoan ishlarni bajarishadi. Faol va mustaqil ishlashadi, har kim o’z vazifasiga muvofiq va birgalikda:

- turli manbalardan axborot yig’ishadi, tahlil etishadi va umumlashtirishadi;

- tadqiqotlar o’tkazishadi, hisob-kitoblarni bajarishadi;

-zaruratga qarab maslahatlashishadi;

- oraliq natijalarni muhokama qilishadi;

Barcha olingan natijalarning umumiy yig’ilishi va muhokama-sini o’tkazishadi.

Loyiha mahsulotini ifodalashadi.

Hisobot tuzishadi.

Loyihadagi yutuqlarning o’zini-o’zi baholash anketalarini to’ldirishadi.

Loyiha ishi natijalari taqdimotini rasmiylashtirishadi



Yakunlovchi o’quv mashg’ulot

Ish bosqichlari

O’qituvchining faoliyati

Talabaning faoliyati

1. O’quv mashg’ulotiga kirish.

Loyihalar taqdimotiga ko’rsatma beradi:

-guruhlarning bajarilgan loyihalarni taqdim etishi reglamenti va izchilligini belgilaydi;

-baholash mezonlari va ko’rsatkichlarini eslatadi;

-o’zaro baholash jadvallarini tarqatadi






2.Asosiy bosqich.

Guruhlar taqdimot boshlanishini e’lon qiladi: Har bir guruh taqdimoti yakunida taqdimot mazmuni bo’yicha va har bir ishtirokchiga aniq maqsadga qaratilgan savollar beradi.

Talabalar bilan birga loyiha ustidagi ish jarayoni va yakunlarini muhokama qiladi, notiqlarni rag’batlantiradi.



Guruhlar o’z ishi natijalari haqida ma’ruza qiladi va ularni belgilangan shaklda taqdim etadi.

Savollarga javob berishadi






Talabalarning javoblarini umumlashtirib, guruhlarning loyiha taqdimoti muhokamasi hamda hisobotini va o’zaro baholashini uyushtiradi. Natijalarni baholash jadvallariga kiritishni tavsiya etadi.

Talabalar bilan birga loyiha ustidagi ish jarayoni va yakunlarini muhokama qiladi, notiqlarni rag’batlantiradi, o’z mulohazalarini nazokat bilan bildiradi, agar zarur bo’lsa, ayrim talabalarning yutuqlari va xatolari haqida o’z fikrini individual bildiradi.



Jamoa bo’lib muhokama qilish orqali:

-taqdimot;

-olingan mahsulot;

- loyiha faoliyati natijalari hisobotni baholashadi




3.Yakunlovchi-baholovchi bosqich.

Guruhlar faoliyati, loyiha topshirig’i ustidagi individual ish natijalariga baho beradi.

Doskada o’zaro baholash jadvallarini to’ldiradi.

Loyiha faoliyatining asosiy natijalarini aniqlash bo’yicha yakun yasaydi.

Loyiha va loyihaviy ta’lim maqsadiga erishish darajasini tahlil etadi va baholaydi. Bajarilgan ishning bo’lg’usi mutaxassislik uchun katta ahamiyatli ekanligiga e’tibor qaratadi.



Natijalar, jarayon, o’zining undagi ishtirokini boshqalar baholarini hisobga olib o’zi baholaydi

Download 215,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish