Aim.uz
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida Jahon tarixi darslarini loyiha metodi asosida o’rganish
Reja:
1. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida Jahon tarixi darslarini loyiha metodi asosida o’rganish
2.Laboratoriya ishini bajarish jarayoni
3.Laboratoriya ishining yakunlari
Tayanch iboralar: Loyiha, loyihalash, ijodiy topshiriq, loyiha g’oyasi, metodik tavsiya, loyiha mavzulari, loyiha papkasi, loyihani baholash, jahon tarixi, ma’lumotlar tahlili, manbalar, ma’lumotlar yig’ish, slayd, hujjatli fil’m, hisobot, taqdimot.
Loyiha deganda, o`qituvchining ilmiy rahbarligi ostida talaba tomonidan bajariladigan intellektual-amaliy tusdagi ijodiy topshiriq-vazifa tushuniladi. Loyihalash - fikr, g`oyalar va uni qandaydir tashqi ifodalangan matnda, tasviriy chizmada, hajmli maketda, buyumda ishlab chiqish jarayonidir. Tadqiqotchi Bezrukovaning fikricha, loyihalash – nazariyaning amaliyotda qo’llanilishi, pedagogik tizimlarni tashkil etish va boshqarish tushuniladi. Kolesnikovaning fikricha, loyihalash metodi bu muammoni izlanib, maqsadga erishish asosi deb ta’rif bergan. Loyihalash - bu bajarilishi va joriy etilishi zarur bo’lgan hodisani fikran konstruksiyalash va amalga tadbiq qilishdan iborat bo’lgan murakkab tashkiliy faoliyatdir. Ideal darajadagi loyiha g’oyasi muayyan ta’lim loyihasida o’z aksini topib, uning amaliyotga tadbiqi mazkur loyihaning mavjudligi amaliyotga joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan turli xildagi resurslarni shakllantirishga yo’naltirilgan maqsadga qaratilgan faoliyat tarzida namoyon bo’ladi.
Laboratoriya ishining ta’limiy maqsadi: Bo’lajak tarix o’qituvchisida “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida Jahon tarixi darslarini loyiha metodi asosida o’rganish” mavzusini o’rganish, dars o’tishda foydalaniladigan vositalarni aniqlashtirish va ularni tayyorlash ko’nikmasini hosil qilish.
Tarbiyaviy maqsad: Talabalar dunyoqarashini kengaytirish, madaniy, ma’naviy merosni asrash ruhida tabiyalash.
Rivojlantiruvchi:
- Bo’lajak o’qituvchida Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida Jahon tarixi darslarini o’qitishda loyiha metodidan foydalanish ko’nikmasini hosil qilish;
- Bo’lajak o’qituvchida ushbu mavzu bo’yicha foydalaniladigan manba, adabiyot va boshqa vositalar bo’yicha tushuncha hosil qilish;
- Bo’lajak tarix o’qituvchisi ushbu mavzu bo’yicha laboratoriya ishini bajarishda “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida Jahon tarixi darslarini loyiha metodi asosida o’rganish” mavzusini o’qitishda o’quvchining tarixiy ongini rivojlantirish maqsadlarini amalga oshirish ko’zda tutiladi.
Laboratoriya mashg’ulotida Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida Jahon tarixi darsligidagi mavzular tahlil qilinib, loyiha metodi asosida o’qitish uchun tanlab olinadi va talabalarga ushbu mavzular bo’yicha loyiha ishini bajarish uchun amalga oshiriladigan ishlar tegishli jihoz va vositalarni tayyorlash metodikasi bo’yicha tushuncha hosil qilinadi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida Jahon tarixi darslarida loyiha metodi asosida o’tish uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. 1918-1945 yillarda Germaniya 2. 1918-1945 yillarda Fransiya
3. 1918-1945 yillarda Arab davlatlari 4. 1945-2010 yillarda Yaponiya
5. Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari 6. Osiyoning yangi industrial davlatlari
7. 1945-2010 yillarda Eron 8. 1945-2010 yillarda Hindiston
9. XX asr va XXI asr boshlarida fan va madaniyat taraqqiyoti
Laboratoriya mashg’ulotida namuna sifatida Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida Jahon tarixi darsligidan “Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari”
mavzusini loyiha metodi asosida o’rganish uchun metodik tavsiya beriladi.
PEDAGOGIK ANNOTATSIYA
Mavzuning nomi: “Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari”
Ishtirokchilar: “Tarix o’qitish metodikasi” ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabalari
O’qitishning maqsadi: Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish, mavzu yuzasidan bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |