27.Qattiq jismning og‘irlik markazi.
Yer sirtiga yaqin bo’lgan qattiq jismning har qaysi bo’lagiga Yer markaziga qarab yo’nalgan og’irlik kuchi ta’sir etadi (7.4-rasm). Tekshirilayotgan jism o’lchamlari Yer o’lchamlariga nisbatan juda kichik bo’lganiuchun ta’sir etuvchi og’irlik kuchlarini parallel kuchlar deb qarash mumkin. Demak, parallel kuchlar markazi jismning og’irlik markazidan iborat bo’ladi. Shunday qilib jism og’irlik markazi formuladan foydalanib aniqlanadi.
28.Bir jinsli jismlar og‘irlik markazining koordinatalari.
Bir jinsli jism biror bo’lagining og’irligi uning hajmiga proporsional bo’lsin. Bu holda: Gv = γ·Vv (7.7)
bunda γ - bir birlik hajm og’irligi; Vv - jism ν-bo’lagining hajmi.
Koordinatalari formula bilan aniqlanadigan nuqta jism hajmining og’irlik markazi deyiladi..
Jism yuzasi og’irlik markazining koordinatalarini aniqlash formulasi quyidagicha;
Do'stlaringiz bilan baham: |