22.O‘qqa nisbatan kuch momenti.
Jismning biror o’q atrofidagi aylanma harakatini kuchning o’qqa nisbatan momenti harakterlaydi. Fazoda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasi ta’siridagi jismning muvozanatiga doir masalalarni yechishda kuchning o’qqa nisbatan momenti tushunchasi kiritiladi. Kuchning o’qqa nisbatan momenti deb, kuchning o’qqa perpendikulyar qilib olingan tekislikdagi proyeksiyasidan o’q bilan tekislikning kesishgan nuqtasiga nisbatan olingan momentiga aytiladi. Kuchning o’qqa nisbatan momentining matematik ifodasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |