Umumiy tilshunoslik



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/95
Sana13.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#354380
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   95
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik

ETNOLINGVISTIKA

 

Etnolingvistika atamasi grekcha “etnos“ xalq, qabila so‘zlaridan olingan bo‘lib, 



XIX  asrning  70-yillarida  Amerika  hindularining  tili,  madaniyati  va  urf-odatlarini 

o‘rganishning kuchayishi tufayli yuzaga kelgan. Ma’lumki, xalq tarixida, turmush 

tarzida yuz bergan har bir voqea, urf-odatlar uning tilida aks etadi, shuning uchun 

til  bilan  uning  egasi  bo‘lgan  xalq  o‘rtasida  uzviy  aloqa  mavjud.  Toponim, 

etnonimlarni  xalqning  tarixini  bilmay  turib  o‘rganib  bo‘lmaydi,  shuningdek,  

etnografiya  ham  tilshunoslikka  qimmatli  materiallar  beradi.  Til    amaliyoti  va 

rivojlanishida  etnomadaniyat,  etnopsixologik  omillarni  o‘rganish  ehtiyoji   

tilshunoslikda etnolingvistika yo‘nalishini  yuzaga keltirdi.  

Etnolingvistikaning  mustaqil  lingvistik  yo‘nalish  sifatida  shakllanishida 

amerikalik  tilshunos,  etnograf  F.Boasning  xizmatlari  katta  bo‘lgan.    U  va  uning 

izdoshlari  hindular  tilini  tillar  va  madaniyatlarning  o‘zaro  ta’siri,  bilingvizm 

masalalari  bilan  bog‘liq  holda  o‘rgandilar.  Bu  yo‘nalishning  ilk  davrida  ko‘proq 

etnografiya  masalalari  bilan  shug‘ullanilgan,  faqat  o‘tgan  asrning  20-yillaridan 

boshlab  muammoning  lingvistik  tomoniga  ahamiyat  berilgan.  Masalan, 



alla

 

(qo‘shiq)  yoki 



sumalak

ning  tarixi,  mazmun-mohiyati,  ular  bilan  bog‘liq  urf-

odatlarning  turlari  etnorgafik  masalalar  bo‘lsa,  shu  so‘zlarning  qo‘llanishi,  turli 

davrlardagi  variantlari,    ulardagi  lingvistik  vositalar,  shu  so‘zlar  bilan  bog‘liq 

assotsiativ aloqalar masalalari masalaning lingvistik tomoni hisoblanadi.     

50-yillardan  boshlab  tilshunoslikda  semantikaga  katta  e’tibor  qaratilishi 

etnolingvistika masalalariga  e’tiborni yanada kuchaytirdi. Turli tillardagi ijtimoiy 

madaniy so‘zlar (masalan, qarindosh-urug‘ nomlari,  milliy  realiyalar), turli etnik 

guruhlarda  qo‘llanadigan  paralingvistik  vositalar,  folklor  materiallarini  o‘rganish 

ham etnolingvistikaning  o‘rganish ob’ektiga kiritildi. Folklor materiallariga e’tibor 

qaratilishi  til  va  madaniyat  o‘rtasidagi  aloqaning  yangi  turlarini  ochishga 

imkoniyat  yaratdi  va  etnolingvistikaning  o‘rganish  doirasini  kengaytirdi.   Hozirgi 

kunda  etnolingvistika  dunyoning  deyarli  barcha  mamlakatlarida    tilshunoslikda 

alohida  yo‘nalish  sifatida  e’tirof  etilgan  va  bu  yo‘nalish  bo‘yicha  keng  tadqiqot 

ishlari olib borilmoqda. 




Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish