Umumiy tilshunoslik kafedrasi



Download 471,78 Kb.
bet9/64
Sana13.04.2022
Hajmi471,78 Kb.
#547605
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
Bog'liq
LTM ma\'ruza

Savollar:

  1. Qiyosiy-tarixiy tilshunosligining o‘rganish ob’ekti nimalardan iborat?

  2. Qiyosiy-tarixiy tilshunosligining asoschilari kim?

  3. Umumiy tilshunoslikning asoschisi kim sanaladi?

  4. Qiyosiy-tarixiy metod nima?

  5. Qiyosiy-tarixiy tilshunosligining rivojlanish bosqichlari necha davrga bo‘linadi?

  6. Qiyosiy-tarixiy tilshunosligi tarixining qaysi davrida sotsiolingvistika, dialektologiya va dialektografiya sohalari taraqqiy qildi?

  7. «Yosh grammatiklar»ning asosiy g‘oyalariga nimalar kiradi?

  8. Glottoxronologiya nima?



Foydalanish uchun adabiyotlar:
1. Umarxo‘jaev M.E. Umumiy tilshunoslik. – Andijon, 2007.
2. Sodiqov A., Xolmurodov A. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent, 2014.
3. Kondrashov N.A. Istoriya lingvisticheskix ucheniy.– M., 2009.
4. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – T, 2010.

3-MA’RUZA. TIPOLOGIK VA CHOG‘ISHTIRMA METODLARNING YARATILISHI VA ULARNING QO‘LLANISH PRINSIPLARI


Reja:

  1. Lingvistik tipologiya haqida tushuncha.

  2. CHog‘ishtirma tilshunoslik va uning lingvistikaning boshqa sohalari bilan aloqasi.

  3. CHog‘ishtirma metodning tavsifi va qo‘llanilish tamoyillari.



1. Lingvistik tipologiya haqida tushuncha.
Tipologiya turli fan sohalarida qo‘llanilishiga ko‘ra, ikki turga bo‘linadi: lingvistik va nolingvistik tipologiya.
Lingvistik tipologiya – qiyosiy tilshunoslikning bir yo‘nalishi bo‘lib, quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: a) dunyo tillarini tasniflash; b) til universaliyalari (barcha tillarda mavjud bo‘lgan lingvistik hodisalar), dominantalari (dunyo tillarining aksariyatida mavjud bo‘lgan til hodisalari), frekventaliyalar (dunyo tillarining ba’zilarida uchraydigan til faktlari) va unikaliyalar (dunyo tillarining faqat bir yoki ikki tiliga xos bo‘lgan til hodisalari)ga asos solish; v) til shakllarining turlarini barpo etish; g) qiyoslanayotgan tillar uchun metatillarni ishlab chiqish (YUsupov, 2013, b. 6).
J.Buranovning ta’kidlashicha, lingvistik tipologiya tadqiqot ob’ektiga ko‘ra quyidagi to‘rt turga bo‘linadi: a) genetik tipologiya; b) struktural tipologiya; v) areal tipologiya va g) qiyosiy tipologiya (Buranov, 1983, b. 33).
Lingvistik tipologiyaning asosiy namoyondalari sifatida V. fon. Gumboldt, A. SHlaxer, J. Grinberg, YU.V. Rojdetsvenskiy, B.Uspenskiy boshqa olimlar ta’kidlanadi (YUsupov, 2013, b. 6). Ular o‘z ishlarida lingvistik tipologiyaning xususiyatlarini tavsiflab berganlar.



Download 471,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish