3. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik rivojlanish bosqichlari.
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik tarixida quyidagi to‘rt davrni ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) qiyosiy tarixiy metod paydo bo‘lishidan «yosh grammatiklar»- gacha bo‘lgan davr (1816-1870 yy),
2) «yosh grammatiklar» (1870-1900 yy.),
3) «yosh grammatiklar»dan F.de Sossyurning «Umumiy lingvistika kursi» kitobining chop etilishi va xett yodgorliklarining o‘qilishi amalga oshirilishigacha bo‘lgan davr (1900-1916 yy.) (1915-1917 yy.),
4) F.de Sossyurning «Umumiy lingvistika kursi» kitobining chop etilishidan hozirgi kungacha bo‘lgan davr.
1816 yilda Frans Bopp (25 yoshda) «Sanskrit tilida tuslanish tizimining grek, lotin, fors va german tillaridagi tuslanish bilan qiyosiy tahlili (Ramayana va Mahobxoratning ayrim parchalarining asliyatdagi matnidan aniq va metrik tarjimalar va Vedalardan ba’zi qismlar misolida)» kitobini chop etdi. U ushbu kitob bilan qiyosiy-tarixiy metodga asos soldi.
Bopp qardosh tillardagi fe’llarning qo‘shimchalarini qiyosladi va evropa tillarida nafaqat alohida o‘xshash hodisalar, balki grammatik tizim birligi ham mavjudligini aniqladi. «Hind-evropa tillari» degan tushuncha unga tegishlidir. Frans Boppning asosiy maqsadi - bir tildagi fakt va shakllarni boshqa til fakt va shakllari yordamida tushuntirishdan iborat bo‘lgan.
Boppdan mustaqil tarzda xuddi shu davrda (1814-1818 yy.) daniyalik tilshunos Rasmus Rask (1787-1832yy.) «Qadimgi shimoliy til sohasidagi tadqiqotlar yoki island tilining kelib chiqishi» kitobida german, litva, slavyan, lotin va yunon tillarining qardoshligini isbotlab berdi.
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi daniyalik lingvist YAkob Bredsdorf (1790-1841 yy.) («Tilga xos o‘zgarishlar sabablari haqida») va nemis tilshunosi YAkob Grimm nomlari bilan bogliq bo‘lib, ular qiyosiy-tarixiy metod yordamida german tillarini tadqiq etishdi. YAngi metodning asoschilari qatoriga, shuningdek, Aleksandr Xristoforovnch Vostokov (1781-1864 yy.) («Slavyan tili haqida fikrlar»-1820 va h.k.) ham kiradi. U tug‘ma gung bo‘lgani uchun ma’ruza o‘qiy olmasdi, shuning uchun Rumyansev muzeyi kutubxonasida mudirlik qilgan.
Umumiy tilshunoslikning asoschisi V. Humboldt sanaladi. U tilning ilmiy nazariyasini qiyosiy-tarixiy metod asosida yarata boshlagan. Uning asosiy ishi - «Insoniyat tillarining qurilishidagi farqlar va uning insonning ma’naviy taraqqiyotiga ta’siri» asari 1836 yilda vafotidan so‘ng akasi Aleksandr Humboldt tomonidan chop etilgan.
XIX asrning 1850-1860 yillarnda bu metod Avgust SHleyxer (1821-1868) va Heyman SHteyntal (1823-1899)lar tomonidan rivojlantirildi. 1861-62 yillarda SHleyxerning asosiy ilmiy ishi dunyo yuzini ko‘rdi va unda o‘tgan 50 yil davomida bajarilgan hind-evropa tillarining qiyosiy-tarixiy tadqiqi umumlashtirildi. SHteyntal tillarning kelib chiqishi, tillarni tasniflash va tilshunoslik tarixi haqida ilmiy ishlar yozdi.
1870-1900 yillar qiyosiy-tarixiy metod taraqiyotining ikkinchi bosqichi bo‘lib, «YOsh grammatiklar» tadqiqotlari bilan bog‘liqdir. «YOsh grammatiklar» tilni tarixiy hodisa deb hisoblashgan va bu fikr Herman Paul tomonidan «Til tarixi tamoyillari» kitobida qayd qilingan. Bu fikrni SHleyxerning tilni biologik hodisa sifatida qarash («til - tabiiy organizm») fikri bilan solishtirish mumkin. YOsh grammatiklar, shuningdek, tovush o‘zgarishlaridagi konuniyatlarni aniqlashgan, ular tirik tillar va dialektlar o‘rganilishi lozim deb hisoblashgan.
Yosh grammatiklar vakillari sifatida Herman Paul, Avgust Leskin, Karl Brugman, Herman Ostgofg, Vilgelm Shererlarni ko‘rsatish mumkin.
Yosh grammatiklar til faktlarini aniq kuzatishgan bo‘lsa-da, ular umumiy nazariy muammolarni olg‘a surishga jur’at etishmadi. Masalan, «Parij lingvistik jamiyati» nizomida quyidagi band bo‘lgan: «jamiyat tilning kelib chiqishi va xalqaro sun’iy tilning yaratilishi sohasida ish olib bormaydi».
«YOsh grammatiklar» SHleyxerning lingvistik biologizm g‘oyasiga qarshi chiqishgan bo‘lishsa-da, sun’iy yo‘l bilan yaratib bo‘lmaydigan tilning tirik organizmga o‘xshash tomonlari haqida ham so‘z yuritishgan. Yosh grammatiklar fonetik o‘zgarishlarni chukur tadqiq etishdi, undagi qat’iy qonuniyatlarni, analogiyalarni, o‘zlashmalarni va neologizmlarni ajratib ko‘rsatishdi. Ular ta’limotiga induvidualizm va psixologizm g‘oyalari xos bo‘lgan. Shunday qilib, ular tildagi o‘zgarishlar sabablarini jamiyatdagi o‘zgarishlardan emas, balki inson ruhiyatidagi o‘zgarishlardan izlashgan. Masalan, ular zamonaviy rus tili uni o‘rganmagan bola uchun o‘lik tildir, lekin o‘lik til hisoblangan lotin tili esa bu tilni mukammal bilgan filolog- klassik uchun tirik til sifatida namoyon bo‘ladi, deb hisoblashgan.
Herman Paul tarixiylikning rolini bo‘rttirib, «tilshunoslik fani to‘ligicha tarixiydir» va til tizimi haqidagi har qanday tarixiy bo‘lmagan ish ilmiy ish emas deb ta’kidlagan. Yosh grammatiklarning yana bir kamchiligi ularning faqat alohida shakl va kategoriyalarni o‘rganishgani va ularda til tizimi degan tushunchaning mavjud bo‘lmaganligidadir.
Qiyosiy-tarixiy metod taraqqiyotining uchinchi bosqichi A.A. Potebnya, Gugo Shuxardt, Boduen de Kurtene, F.de Sossyur, Ens Espersen va boshqa olimlar faoliyati bilan boglikdir. Bu davrda sotsiologik tilshunoslik (ya’ni tilning ijtimoiy vazifalarini muloqot vositasi sifatida ajratish), dialektologiya va dialektografiya sohalari taraqqiy qildi. Shuxardt so‘zni u anglatgan predmetlar bilan bog‘liqliqda o‘rganishga chaqiradi. Uning «So‘z va narsalar» asari (1912) shu nomli lingvistik maktabning yaratilishiga turtki bo‘ldi. Avstriyalik tilshunos Rudolf Meringer tomonidan chop etiladigan «So‘z va narsalar» jurnali ushbu maktabga shunday nom berdi. SHuningdek, neolingvistika (Italiyada XX asrning 20-yillarida) oqimi vujudga keldi: bu oqim talqinicha, til ijtimoiy hodisa emas, balki individual hodisadir; yagona til mavjud emas, balki dialektga xos bo‘lgan izoglosslar birligi bor, xolos. Asos hind-evropa bobo tilidagi bir qator izoglosslarning kashf etilishidir.
To‘rtinchi davr (hozirgi davr).
Turkiya va Suriya hududlarida qudratli davlatchilik mavjud bo‘lgan. Bu erda xettlar istiqomat qilishgan. Arxeologik qazishmalar paytida olimlar mixxat belgilar tushirilgan o‘n minglab loydan yasalgan lavhalarni topishgan. Matnlarning ko‘pchiligi akkad tilida yozilgan bo‘lib, bu til Qadimgi Sharqda o‘ziga xos «lotin tili» vazifasini o‘tagan. Lekin noma’lum tilda yozilgan matnlar ham ko‘p edi. Olimlar bu til - xett tili degan xulosaga kelishdi. Xett tili sirlarini esa qiyosiy-tarixiy metod tamoyillarini qo‘llagan buyuk chex olimi Bedrjix Erozniy ochishga muvaffaq bo‘ldi.
Xett tili ma’lumotlari hind-evropa tillari tarixini chuqurroq va aniqroq o‘rganishga va qiyosiy-tarixiy metodni rivojlantirish va mukammallashtirishga yordam beradi. Xett tili sirlarini ochish olimlarga eramizdan oldingi XVIII asrgacha bo‘lgan qadimiy davr qa’riga kirib borish imkoniyatini berdi. CHunki xett tilining kelib chiqishi (demak, hind-evropa tili ham ) shu davr bilan belgilanadi.
Xett tilidagi «vadar» va rus tilidagi «voda» va xett tilidagi «nebis» va rus tilidagi «nebesa» bir xil ma’nolarga ega. Rus tilida va xett tilida 3 sanoq soni «tri» deb talaffuz qilinadi. Xett tili rus, ingliz, yunon, litva va boshqa hind- evropa tillari bilan qarindosh bo‘lib chikdi.
Bu davrda, shuningdek, sinxron tilshunoslik, glottoxronologiya, strukturalizm va boshqa yo‘nalishlar ham taraqqiy eta bordi.
Glottoxronologiya - qardosh tillar yoshini ya’ni ularning bo‘linish tarixini aniqlash metodidir. U 1951-52 yillarda amerikalik lingvist M. Svadesh tomonidan taklif qilingan. Bu metod, shuningdek, «leksikostatistik» deb ham ataladi. Barcha tillar uchun lug‘at boyligining yangilanish tezligi deyarli bir xildir. M.Svadesh keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, 215 ta so‘zdan iborat bo‘lgan so‘zlar ro‘yxatidan ming yil davomida 15-24% foizi o‘zgarib, qolganlari o‘zgarishsiz qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |