4-MAVZU:
YEVROPADA UYG‘ONISH DAVRI TILSHUNOSLIGI.
UMUMIY RATSIONAL GRAMMATIKANING YARATILISHI
INTERFAOL METOD
1 – TOPSHIRIQ:
QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING, MISOL KELTIRING VA IZOHLANG.
Yevropada uyg’onish davri qaysi asrlarni o’z ichiga oladi?
Uyg’onish davrida qaysi tillar tadqiq qilindi?
Аntik davrning adabiy asarlarini nashr qilish va ularga lisoniy sharhlar yozishda qaysi olimlarning xizmatlari, mehnatlari katta bo’ldi?
J. Skaliger bu davrda o’zining qaysi asarini yaratdi?
R. Stefanus tilshunoslikka oid qaysi tadqiqotini e’lon qildi?
G.Stefanusning yunon tiliga bag’ishlangan «Grek tili xazinasi» asari nima haqida?
Qaysi tilshunos olim qadimgi yahudiy tili grammatikasini yaratib, unda birinchi bo’lib «affiks» terminini qo’lladi?
Qaysi lingvist arab tili grammatikasiga oid asarlarini e’lon qildi?
Iov Ludolf qaysi til yuzasidan ish olib bordi?
XVI asrda qaysi tillarning grammatikasiga oid asarlar maydonga keldi?
Uyg’onish davrida qaysi sohalar bo’yicha ishlar olib borildi?
”Umumiy ratsional grammatika” nima uchun mantiqiy grammatika deb yuritiladi?
F.I. Buslayevning qanday asarlarini bilasiz va ularda qanday g’oyalar ilgari suriladi?
Aleksandr Afanasevich Potebnya til va tafakkur munosabatini qanday talqin qiladi?
“Por-Royal grammatikasi” asari muallifi kim?
XV-XVIII asrlarni o’z ichiga oladi.
R.Rask skandinaviya tillarini, F.Bopp Yevropa tillari va qadimgi hind tilini, Ya.Grimm esa got-german tillarini tadqiq qilib, bu tillarning yagona oilaga mansubligini o’rgangan.
Jyul Sezar Skaliger (1484-1558), Robert Stefanus (1503-1559), uning o’g’li Genrix Stefanus (1528-1598), Gerxardt Iogann Fossiy, Sharl Dyukanj, Iogann Reyxlin, Iogann Melanxton
”Lotin tili asoslari haqida” (1540) asarini yaratgan.
”Lotin tili xazinasi” (1553) tadqiqotini e’lon qilgan.
Yunon tilining kelib chiqishi haqida.
I. Reyxlin
P. de Alkam
Efiopiya tili yuzasidan ish olib bordi.
Nemis (1527), fransuz (1531), ingliz (1538), venger (1539), chex (1567), polyak (1568), slavyan (1596)
Tilshunoslik
Por-Royal grammatikasida birinchi bor grammatika bilan mantiq o’rtasidagi aloqa, bog’lanish nazariy jihatdan asoslab berildi. Agar til tafakkurni ifoda etsa, demak, til kategoriyalari tafakkur kategoriyalarining namoyon bo’lishidir. Shunga ko’ra tilni o’rganuvchi grammatika mantiqqa asoslanishi lozim.
“Rus tili tarixiy grammatikasi tajribachi” asari, “Vatan tilini o‘qitish haqida” kitobi. Buslayev rus tilini tarixiy jihatdan o‘rganish muammolariga to‘xtalar ekan, u tilni qiyosiy va tarixiy o‘rganish o‘zaro zich bog‘liqligini aytadi. Tillarni faqat qiyosiy jihatdan o‘rganish til qonunlari haqida haqqoniy va aniq tushuncha, ma’lumotlar berishini, shuningdek, tillar faqat tarixiy tadqiq qilinganda, u yoki bu lisoniy birlik (forma), genetik jihatidan, nima uchun aynan shunday shaklda, ko‘rinishda qo‘llanishini aniqlash mumkin, - deydi.
U til va tafakkur munosabatiga to‘xtalar ekan, fikrning hosil bo‘lishi va o‘zining ifodasini topishi, voqelikka aylanishi faqat til yordamida, til materialida yuz berishini ko‘rsatadi. Shuningdek, u tilning faqat tafakkur – fikrlash jarayoni bilangina emas, balki umuman inson psixikasi bilan bog‘liqligini qayd etadi.
Mantiqshunos Anton Arno va tilshunos Klod Lanslo.
Do'stlaringiz bilan baham: |