5. Kim oshdi savdolarida shartnomalar tuzish
Shuningdek, shartnomalar kim oshdi savdosida ham tuzilishi mumkin. Bunday hollarda obektni,
mulkni, tovarni oldi-sotdi shartnomasi kim oshdi savdosini o’tkazgan tashkilot bilan savdoda g’olib
chiqqan shaxs (ashyoning mulkdori, mulkiy huquq egasi yoki ixtisoslashgan tashkilot) o’rtasida
146
tuziladi. FKning 374-moddasida belgilanganidek, qonunda ko’rsatilgan hollarda, ashyoni yoki mulkiy
huquqni sotish to’g’risidagi shartnomalar faqat kim oshdi savdosi o’tkazish yo’li bilan tuzilishi
mumkin. Shuningdek kim oshdi savdosi sud qarorlari ijrosini taminlash uchun ham o’tkaziladi
(shartnoma majburiyatlari yuzasidan undiruv majburiy ravishda sud tomonidan qarzdorning mol-
mulklariga qaratilgan hollarda, bunday mol-mulklarning muhofazasi taminlanmaydi ham).
Kim oshdi savdosi auktsion yoki tanlov shaklida amalga oshiriladi. Odatda, bitta ishtirokchi
qatnashgan kim oshdi savdosi o’tkazilmagan hisoblanadi. Auktsion va tanlovlar ochiq (bunda
xohlagan shaxslar qatnashishlari mumkin) va yopiq (maxsus taklif etilgan shaxslar qatnashishlari
mumkin) shaklida o’tkazilishi mumkin. Kim oshdi savdosini o’tkazish shaklini agar qonunda
boshqacha hol belgilanmagan bo’lsa, sotiladigan mol-mulkning mulkdori belgilaydi.
Ochiq turdagi kim oshdi savdosiga qilingan taklif (xabar) ni ommaviy oferta desa ham bo’ladi.
Unda kim oshdi savdosining vaqti, joyi, shakli, savdoga nima qo’yilayotgani, o’tkazish tartibi,
qatnashchilarni rasmiylashtirish, savdoga qo’yilayotgan obektning boshlang’ich narxi to’g’risidagi,
shuningdek savdoga shartnoma tuzish huquqi qo’yilayotgan bo’lsa, bunga beriladigan muddat
haqidagi malumot bo’lishi mumkin.
Savdo tashkilotchisi auktsion o’tkazishdan xohlagan vaqtda, lekin u o’tkaziladigan kundan
kamida uch kun oldin, tanlov o’tkazishdan esa – kamida o’ttiz kun oldin bosh tortishga haqli.
Bunday hollarda tashkilotchi ishtirokchilar ko’rgan haqiqiy zararlarni (xarajatlarni), yopiq
savdolar tashkilotchisi o’zi taklif etgan ishtirokchilarning real zararini to’laydi. Shuningdek
ishtirokchilarga ular dastlab tashkilotchiga to’lagan zakalat puli ham to’lanadi. Ayni paytda zakalat
savdoda qatnashgan, ammo g’olib chiqmagan shaxslarga ham qaytariladi.
G’olib bilan tashkilotchi o’rtasida savdo natijalari to’g’risida bayonnoma tuziladi. Bu
bayonnoma ashyoni, obektni yoki mulkiy huquqlarni oldi-sotdi shartnomasiga tenglashtiriladi.
Bayonnoma imzolashdan bosh tortgan g’olib chiqqan shaxs to’lagan zakalatidan mahrum bo’ladi.
Tashkilotchi imzolashdan bosh tortganida zakalatni ikki hissa qilib, shuningdek g’olibga savdoda
qatnashishi tufayli etkazilgan zararning zakalatdan ortiq bo’lgan qismini to’laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |