4. Shartnoma tuzish to’g’risida asosiy qoidalar
Shartnomaning tuzilishi FKning 354-moddasida ko’rsatilganidek, agar taraflar o’rtasida
shartnomaning barcha talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo’lsa, shartnoma tuzilgan
hisoblanadi.
Shartnomaning umumiy tartibda tuzilishi ikki davr bilan belgilanadi. Birinchi davr – shartnoma
tuzishga taklif qilish davri, bu oferta, shartnoma tuzishga taklif qiluvchi esa, offerent, deb ataladi.
Ikkinchi davr – shartnoma tuzish to’g’risidagi taklifni qabul qilish, bu aktsept, taklifni qabul
qiluvchi aktseptant deb aytiladi.
Shartnoma tuzishning umumiy tartibiga oid qoidalar FKning 364-381-moddalarida berilgan. Bu
qoidalarda aytilishicha, agar shartnoma tuzish to’g’risidagi taklif (oferta) javob uchun muddat tayinlab
qilingan bo’lsa, bu holda shartnoma ikkinchi taraf (aktseptant) tomonidan taklifning qabul qilinganligi
to’g’risidagi javob shu muddat ichida taklif qiluvchi (offerent) tomonidan olingan holdagina tuzilgan
hisoblanadi. Oferta yo’llagan shaxs uning aktseptini olgan paytdan shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
145
Shartnoma tuzilishi uchun taraflar o’zaro kelishuvining o’zigina kifoya emas. Bu kelishuv
tegishli shaklda rasmiylashtirilgan bo’lishi shart. Shartnomalarning shakli FKning 366-moddasida
belgilangan qoidalarga muvofiq bo’lishi shart. Unga asosan, agar qonunda muayyan turdagi
shartnomalar uchun malum bir shakl belgilab qo’yilmagan bo’lsa, shartnoma bitimlar tuzish uchun
nazarda tutilgan har qanday shaklda tuzilishi mumkin.
Notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro’yxatidan o’tkazilishi shart bo’lgan shartnoma notarial
tasdiqlangan yoki ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan etiboran, notarial tasdiqlanishi va ro’yxatdan
o’tkazilishi zarur bo’lganda esa – shartnoma ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan etiboran shartnoma
tuzilgan hisoblanadi.
Agar taraflar shartnomani muayyan shaklda tuzishga kelishgan bo’lsalar, garchi qonunda bu
turdagi shartnomalar uchun bunday shakl talab qilingan bo’lmasa-da, shartnoma belgilangan shaklga
keltirilganidan keyin tuzilgan hisoblanadi.
Ёzma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo’li bilan, shuningdek pochta, telegraf,
teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda
aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo’li bilan tuzilishi mumkin.
Shartnoma tuzish haqidagi taklif (oferta) aktseptantga bil-dirilgunicha chaqirib olinishi mumkin.
Biroq, u aktseptant tomonidan qabul qilib olingan bo’lsa, aktseptlash uchun belgilangan muddat
davomida chaqirib olinishi mumkin emas.
Oferta muayyan shaxsga ham, nomuayyan shaxslrga ham qaratilgan bo’lishi mumkin. Masalan,
mahsulotni reklama qilish, o’z xizmatini taklif etib elon berish – nomuayyan shaxslar doirasida
yo’llangan oferta hisoblanadi. Bunday ofertani odatda, ommaviy oferta deb ham yuritiladi.
Oferta yuborilgan shaxsning uni qabul qilganligi haqidagi javobi aktsept hisoblanadi. Aktsept
to’liq va pisandasiz bo’lmog’i shart. Agar qonundan, ish muomalasi odatidan yoki taraflarning ish
bo’yicha avvalgi munosabatlaridan boshqacha mano kelib chiqmasa, sukut saqlash aktsept bo’lmaydi.
Agar shartnoma tug’risidagi taklif (oferta) javob uchun muddat tayinlanmasdan, og’zaki ravishda
qilingan bo’lsa, ikkinchi taraf (aktseptant) bu taklifni qabul qilganligini darhol taklif qiluvchiga
(offerentga) bildirgan holdagina shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Agar bunday taklif yozma ravishda qilingan bo’lsa, taklifni qabul qilganlik (aktsept) to’g’risidagi
javob uni olish uchun lozim bo’lgan normal vaqt davomida olingan taqdirdagina shartnoma tuzilgan
hisoblanadi.
Agar shartnoma tuzishga rozi bo’lganlik to’g’risidagi kechiktirilib olingan javobdan uning o’z
vaqtida yuborilganligi malum bo’lsa, bu holda taklif qiluvchi shaxs (offerent javobning kechiktirilib
olinganligi to’g’risida ikkinchi taraf (aktseptant) ni darhol xabardor qilsagina javob kechiktirilgan
hisoblanadi. Bu holda javob ayni paytda yangi taklif (oferta) hisoblanadi.
FKning 375-moddasida ko’rsatilganidek, ofertada taklif qilinganidan boshqacha shartlar asosida
shartnoma tuzishga rozilik bildirish to’g’risidagi javob aktsept hisoblanmaydi. Bunday javob
aktseptdan bosh tortish va ayni vaqtda yangi oferta hisoblanadi.
Odatda, shartnomada u tuzilgan joy ko’rsatib o’tilishi kerak. Agar shartnomada uning tuzilgan
joyi ko’rsatilmagan bo’lsa, shartnoma oferta yo’llagan fuqaroning yashash joyida yoki yuridik
shaxsning joylashgan erida tuzilgan hisoblanadi.
Ayni paytda “Xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi
to’g’risida”gi qonunda belgilanishicha, kontraktatsiya shartnomalari qishloq xo’jaligi mahsulotini
etishtiruvchi joylashgan erda tuziladi.
Yuqorida aytganimizdek, shartnomalar tuzishda taraflar erkindirlar. Binobarin, hech qaysi taraf
shartnoma tuzishga majbur qilinmaydi. Biroq, ayrim hollarda majburiy shartnoma tuzilishi mumkin.
Bunda shartnoma tuzish o’zi uchun majburiy bo’lgan taraf oferta olgan kundan boshlab o’ttiz kun
ichida boshqa tarafga aktsept to’g’risida, aktseptdan voz kechish haqida yoki boshqacha shartlar
asosida aktseptlashi haqida (shartnoma loyihasiga o’zining etirozlari bayonnomasini qo’shgan holda)
bildirish yo’llashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |