«Samarqand Dori-Darmon” AJda fuqarolarni qabul qilish va ularning ariza, shikoyat hamda takliflarini ko‘rib chiqishni tashkil etish
TARTIBI
I-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-§. Ushbu tartibning maqsadi
1. Ushbu Tartib «Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi «O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida»gi 140-sonli qarori talablariga muvofiq, «Samarqand Dori-Darmon” AJda (keyingi o‘rinlarda – Jamiyat) fuqarolarni qabul qilish va ularning ariza, shikoyat hamda takliflarini ko‘rib chiqishni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan.
2. Jamiyatda fuqarolarni qabul qilish va ularning ariza, shikoyat hamda takliflarini (keyingi o‘rinlarda – murojaatlar) ko‘rib chiqishdan asosiy maqsad fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, omma bilan aloqani mustahkamlashdan iborat.
3. Jamiyatga murojaat qilgan fuqarolarga O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, «Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan kafolatlangan huquqlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sharoitlar yaratilishi lozim.
4. Jamiyatga murojaat bilan kelgan fuqarolarni qabul qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqishga yondoshishda muomala madaniyati va o‘zaro hurmat me’yorlariga amal qilinishi zarur.
2-§. Fuqarolarning murojaatlari shakllari
5. «Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni 4-moddasiga muvofiq: Jamiyatda fuqarolarning og‘zaki (bevosita qabulga kelib yoki «ishonch telefoni» orqali bergan) hamda yozma (qog‘ozda pochta orqali yoki faylda elektron pochta orqali, shuningdek vazirlik (idora, tashkilot)lar, shu jumladan gazetalar, jurnallar, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalari tahririyatlari orqali yuborilgan) shakldagi murojaatlari qabul qilinadi; fuqarolarning og‘zaki va yozma murojaatlari bir xil ahamiyatga ega; fuqarolarning murojaatlari yakka tartibda yoki jamoa tomonidan berilishi mumkin.
3-§. Fuqarolarning murojaatlariga qo‘yiladigan talablar
6. «Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasiga muvofiq: murojaatlarda fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan, ariza, taklif yoki shikoyatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak; yozma murojaatlarda murojaat etuvchining imzosi bo‘lishi lozim. Murojaatga shaxsiy imzo qo‘yish imkoni bo‘lmagan taqdirda, bu murojaatlar uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi, ismi, otasining ismi ham yozib qo‘yiladi; fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoki u haqda soxta ma’lumotlar ko‘rsatilgan, shuningdek imzo qo‘yilmagan yozma murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.
II-BOB. FUQAROLARNI QABUL QILISh, ULARNING MUROJAATLARINI KO’RIB ChIQISh VA ISh YuRITISh
1-§. Fuqarolarni qabul qilish
7. Fuqarolarni qabul qilish, ularga qulay bo‘lgan vaqtda Jamiyat rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi.
8. Fuqarolarni qabul qiluvchi Jamiyat mas’ul mansabdor shaxslari ro‘yxati va ular tomonidan fuqarolarni qabul qilish jadvali ma’muriy binoning kirish qismida fuqarolarga ko‘rinib turadigan joyga osib qo‘yilishi va Jamiyatning rasmiy veb saytiga joylashtirilishi shart.
9. Fuqarolarni qabul qilish: O’zbekiston Respublikasi Jamiyat boshqaruv Raisi va boshqaruv Raisi o‘rinbosari tomonidan tayinlangan mas’ul xodim tomonidan; Jamiyat tizimidagi Aksiyadorlik va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda fuqarolar qabulini tashkil etish vazifasi yuklatilgan mas’ul xodimlar tomonidan tashkil etiladi.
10. «Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni 8-moddasiga muvofiq fuqaro og‘zaki murojaat etayotganda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatishi kerak.
11. Qabulga kelgan shaxs respublikaning olis hududlari yoki xorijiy davlatlardan bo‘lsa, Jamiyat mas’ul xodimlari bu haqda rahbariyatga ma’lum qiladi va murojaat uchun kelgan shaxsni jadvaldan tashqari qabul qilishni tashkillashtiradi.
12. Qabulga kelgan fuqarolar «Fuqarolarni qabul qilish kitobi»da ro‘yxatga olinadi. Kitobga fuqaroning familiyasi, ismi-sharifi, yashash va ishlash manzili, murojaatning qisqacha mazmuni yoki maqsadi qayd etiladi.
13. Jamiyatda «Fuqarolarni qabul qilish kitobi» Boshqaruv Raisi va Rais o‘rinbosarlari uchun mas’ul xodimlari tomonidan alohida-alohida yuritiladi. Qabul jadvaliga muvofiq bevosita fuqarolarni qabul qiluvchi Kopaniya bo‘lim rahbarlari o‘zlari uchun alohida «Fuqarolarni qabul qilish kitobi» yuritadilar. Mazkur kitob varaqlari raqamlangan, shnurlangan, rahbariyat imzosi va Jamiyat muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
14. Murojaatni tezkor hal etish maqsadida, maslahat hamda tushuntirishlar berish uchun tegishli bo‘lim boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari yoki mutaxassislari jalb etilishi mumkin. Maslahat yoki tushuntirish berish bo‘yicha tegishli bo‘lim boshlig‘iga murojaat qilinadi. Tegishli bo‘lim boshlig‘i murojaat bo‘yicha zudlik bilan xodim ajratadi yoki o‘zi qabulda ishtirok etadi. Boshqaruv raisi qabuliga kelgan fuqarolar murojaatlari bo‘yicha tezkor o‘rganishni talab etadigan masalalarni hal etishni tashkil etish maqsadida, qabul kuni mas’ul hodim tomonidan Jamiyat bo‘lim boshliqlari xabardor qilinadi.
15. Fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqilayotganda, zarur hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularning shaxsan ishtirok etishlariga ruxsat beriladi. Murojaatni o‘rganish yoki tekshirish paytida yig‘ilgan hujjatlar to‘plash bilan birgalikda ularning hukuqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishishlariga imkoniyat yaratiladi.
16. Qabul chog‘ida fuqaro o‘z murojaati bo‘yicha to‘la-to‘kis javob olib qanoatlangan taqdirda, «Fuqarolarni qabul qilish kitobi»da bu haqda belgi qo‘yilib, qabulga yakun yasaladi.
17. Agar fuqaro murojaatini hal qilish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plash, o‘rganish yoki tekshirish o‘tkazish zarurati tug‘ilib, qabul chog‘ida javob berish imkoni bo‘lmasa, bu haqda fuqaroga ma’lum qilinadi va shundan so‘ng: fuqaroni qabul qilgan rahbar (Boshqaruv raisi, Boshqaruv rais o‘rinbosari, tizimdagi aksiyadorlik va mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbarlari) murojaatni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va javob qaytarish bo‘yicha tegishli bo‘limlarga rasmiy topshiriq chiqaradi. Ushbu topshiriq belgilangan tartibda Kanselyariyada hisobga olinadi va ijrosi nazorat qilinadi; qabul jadvaliga muvofiq, qabul tegishli bo‘lim boshliqlari tomonidan amalga oshirilgan hollarda rahbariyatga rasman bildirishnoma kiritiladi va rahbariyatning rezolyusiyasi bo‘yicha murojaatni ko‘rib chiqish tashkil etiladi. Bu holda ham rahbar rezolyusiyasi bilan bildirishnomani Kanselyariyada hisobga olish va ijrosini nazorat qilishning belgilangan tartibiga amal qiladi.
18. Fuqarolardan kelib tushgan qo‘shimcha murojaatlar mazkur tartib talablariga asosan Jamiyat bo‘limlarida rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, mansabdor xodim tomonidan uni qabul qilish taqiqlanadi.
19. Fuqaro murojaatini o‘rganish davomida yoki undan oldin o‘z murojaatini inobatsiz qoldirish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan va uning murojaatiga rahbariyat rozilik bildirgan hollarda murojaat ko‘rib chiqilmasligi mumkin.
20. «Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni 8- moddasiga muvofiq fuqaroni qabul qilish, agar uning bir necha bor qilgan murojaati asossiz, qonunga xilof xususiyatda bo‘lsa yoki uning murojaati bo‘yicha qaror qabul qilib bo‘lingan bo‘lsa, rad etilishi mumkin. 2-§. Fuqarolarning yozma murojaatlarini ko‘rib chiqish
21. Fuqarolarning Jamiyatga kelib tushgan murojaatlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish vazifasi yuklatilgan mansabdor shaxs tomonidan ko‘rib chiqiladi.
22. «Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni 17-moddasiga muvofiq: agar fuqarolarning murojaatlarida qo‘yilgan masalalarni hal etish Jamiyat vakolat doirasiga kirmasa, uzog‘i bilan besh kunlik muddat ichida tegishli organlarga jo‘natiladi va bu haqda fuqaroga xabar qilinadi; murojaatlarni ko‘rib chiqishi uchun boshqa davlat organlariga asossiz ravishda berish yoki qarori yoxud harakati ustidan shikoyat qilinayotgan davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning o‘ziga jo‘natish man etiladi; agar fuqarolarning murojaatlarida ularni tegishli organlarga jo‘natish uchun zarur ma’lumotlar bo‘lmasa, bu murojaatlar xuddi shu muddat mobaynida asoslantirilgan tushuntirish bilan fuqaroning o‘ziga qaytariladi; fuqarolarning murojaatlarini har taraflama mufassal va xolisona ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha axborotlar, ma’lumotnomalar va materiallarga zarurat paydo bo‘lsa, mazkur murojaatni ko‘rib chiqayotgan mansabdor shaxs qo‘shimcha axborot to‘plashi mumkin; fuqarolarning murojaatini zarur hollarda murojaat joyning o‘zida ko‘rib chiqilishini ta’minlashi kerak; alohida hollarda, murojaat etgan shaxsning o‘zi yoki boshqa shaxs yo‘qligida murojaatni ko‘rib chiqishning imkoni bo‘lmasa, ular Jamiyatning mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilishi mumkin;
23. Fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni Jamiyat rahbari yoki o‘rinbosari imzolaydi.
24. Jamiyat mansabdor shaxslari fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish chog‘ida ko‘tarilgan masalaga jiddiy yondoshishlari va murojaatni qonuniy hal etish chora- tadbirlarini ko‘rishlari lozim.
25. Fuqarolarning murojaatlarini hal etishda O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonuni va boshqa qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etish uchun ijrochi tarkibiy tuzilma rahbari va ijrochi xodim mas’ul hisoblanadi.
26. Murojaatni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida va qabul qilingan qarorning mohiyati haqida fuqaroga yozma shaklda xabar qilinadi. Agarda fuqaro qabul qilingan qarordan rozi bo‘lmagan taqdirda murojaatni qabul qilgan davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan fuqaroga qabul qilingan qaror ustidan shikoyat berish tartibini tushuntirish berilishi shart.
27. Murojaatlarda ko‘tarilgan barcha masalalar vakolat doirasida ko‘rib chiqilib, zarur choralar ko‘rilgan va fuqaroga javob yo‘llangan taqdirda, murojaat hal etilgan deb hisoblanadi. 3-§. Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddatlari
28. «Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni 18-moddasiga muvofiq: fuqarolarning takliflari tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddat ichida ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o‘n kunlik muddat ichida ma’lum qilinadi; ariza yoki shikoyatlar kelib tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddat ichida, qo‘shimcha o‘rganishni va tekshirishni talab etmaydigan ariza yoki shikoyatlar esa o‘n besh kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi; ariza yoki shikoyatni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ariza yoki shikoyatni ko‘rib chiqish muddati rahbariyat tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma’lum qilinadi. Bunday holda murojaatning ko‘rib chiqilishi uchun belgilangan umumiy muddat ikki oydan oshmasligi kerak.
29. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda xalq deputatlari Kengashlari tomonidan yuborilgan fuqarolarning ariza va shikoyatlari, shuningdek fuqarolarning davlat organlariga gazetalar, jurnallar, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalari tahririyatlari orqali kelib tushgan murojaatlari o‘n kun muddatda (boshqa aniq ijro muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa) ko‘rib chiqiladi.
30. Qonun hujjatlarida fuqarolarning ayrim turdagi murojaatlarini ko‘rib chiqishning alohida muddatlari belgilangan hollarda, bunday murojaatlarni ko‘rib chiqishda ushbu muddatlarga amal qilinadi.
4-§. Fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha ish yuritish
31. Jamiyatga fuqarolarning yozma murojaatlari kelib tushgan kuni Kanselyariya tomonidan belgilangan tartibda ro‘yhatga olinib, kelib tushgan sanasi va kirish raqami yoziladi hamda rahbariyatga rezolyusiya olish uchun kiritiladi.
32. Murojaatga rahbariyat tomonidan rezolyusiya qo‘yilgach, mas’ul ijrochilarga kelib tushgan kunidan e’tiboran uzog‘i bilan bir sutka ichida tegishli bo‘limlarga yetkaziladi.
33. Fuqarolarning yozma murojaatlari va ular ijrosi bo‘yicha to‘plangan barcha hujjatlar alohida jild ochilib, tikib boriladi va Kanselyariyada boshqa hujjatlardan alohida saqlanadi.
34. Fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha javoblar A-4 formatli qog‘ozda rasmiylashtirilib, rahbariyat tomonidan imzolangan holda yuboriladi.
35. Murojaatlarni ko‘rib chiqish bir nechta tarkibiy bo‘linmalarga topshirilgan taqdirda munosabat belgisida birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan tegishli bo‘lm umumlashtiruvchi hisoblanadi. Fuqarolarning yozma murojaatlarini tekshirish natijasi bo‘yicha ma’lumotnoma ushbu umumlashtiruvchi bo‘lim tomonidan tayyorlanadi.
36. Ijro uchun mas’ul bo‘lim tomonidan murojaatni ko‘rib chiqishga berilgan vaqtning oxirgi kunidan kechikmasdan, uni ko‘rib chiqish jarayonida to‘plangan barcha hujjatlar va muallifga (yuqori yoki boshqa organga) yo‘llangan javob xatining tasdiqlangan nusxalari, ariza yoki shikoyat ko‘rib chiqilganligi va uni nazoratdan chiqarish haqida huquqshunos bilan kelishilgan holda rahbariyatga kiritilgan hamda rahbariyat tomonidan bunga rozilik munosabati qo‘yilgan bildirishnoma, sanab o‘tilgan hujjatlarning imzolangan ro‘yxati (opis) alohida yig‘majildga jamlanib, Kanselyariyaga taqdim etiladi.
37. Kanselyariyaning mas’ul xodimlari yig‘majildga tikish uchun to‘plangan hujjatlarning to‘liqligini tekshiradilar. Noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlarni Yig‘majildga tikish taqiqlanadi.
38. Kopaniya xodimlarining noqonuniy harakatlari yuzasidan berilgan murojaatlar Jamiyat raxbari tomonidan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
III-BOB. FUQAROLAR MUROJAATLARINI KO’RIB ChIQISh BO’YIChA JAVOBGARLIK
39. Jamiyat xodimlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularni qabul qilish ishini tashkil etish tartibini buzish, ko‘rib chiqishni sababsiz rad etish, ijro muddatlarini sababsiz buzish, murojaatni ko‘rib chiqish jarayonida fuqaroga huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqishini asossiz ravishda rad etish, fuqarolarning roziligisiz ularning shaxsiy hayotiga doir ma’lumotlarni oshkor etish, shuningdek fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish qonunga va amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |