Vazifa: O‘zini-o‘zi tarbiyalashning turli xil yo‘nalishlari qaysi Yosh davrlariga to‘g‘ri kelishini belgilang. Bunda o‘zini-o‘zi tarbiyalashning qaysi yo‘nalishi qanday Yosh davriga mos kelishini bildirish ma’nosida quyidagi jadvalning o‘zini-o‘zi tarbiyalash yo‘nalishlari ko‘rsatilgan satrlari va Yosh davrlari keltirilgan ustunlari o‘zaro kesishgan joyga muayyan belgi qo‘yish talab qilinadi.
Vazifa: Tarbiya jarayoni uchun ma’sul institutlarining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarni ko‘rsating. Bunda quyidagi jadvalning javoblar maydonida xar bir institutning nomi ostida keltirilgan raqamlardan uning xususiyatiga mos tartib raqamni ochiq qoldirib, muayyan institutga tegishli bo‘lmagan xususiyatlarning raqami ustidan chizib qo‘yish talab qilinadi.
Avtoritarizm
|
Авторитаризм
|
Authoritarian
|
buyruq asosidagi talablarga o‘ylamasdan ko‘r-ko‘rona bo‘ysunish.
|
Akseleratsiya
|
Акцелеряция
|
Accretion
|
bolalar va o‘smirlarda oldingi avlodga nisbatan bo‘y nisbati va jinsiy taraqqiyotning tezlanishi, jadallashishi.
|
Andragogika
|
Андрагогика
|
Andragogy
|
kattalar ta’limini tashkil etish masalalari bilan shug‘ullanadi.
|
Asab tizimi
|
Нервная система
|
Nervous System
|
hayvon va odam organizmining barcha funksiyalarini o‘zaro hamda tashqi muhit bilan to‘g‘irlab, uyg‘unlashtirib turuvchi a’zolar tizimi. U organizmning ichki muhitida ro‘y beradigan o‘zgarishlar va tashqi muhit ta’sirida qo‘zg‘alib, turli a’zolarga ta’sir etgan holda ularning faoliyatini kuchaytirib yoki susaytirib turadi.
|
Axloq
|
Нравственность
|
Moral
|
shaxsning jamiyatga va boshqa kishilarga nisbatan burchini belgilab beruvchi me’yorlar tizimi, ma’naviy hulq qoidalari.
|
Bilish
|
Умения
|
Skill
|
psixik aks ettirish jarayoni, bilimlarni egallash va uni o‘zgartirishni ta’minlaydi.
|
Bine – Simon testi
|
Тест Бинэ Симона
|
Test Binet Simon
|
bolalar aqliy rivojlanish usuli. Fransuz psixologlari Bine va Simon tomonidan ishlab chiqilgan. Ular ilk bor eksperimental psixologiyaga asos solishgan.
|
Biografik metod
|
Биографический метод
|
Biographical method
|
odamni uning tarjimai holi bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar orqali o‘rganish usuli.
|
Birinchi signal tizimi
|
Первая сигнальная система
|
First signal system
|
narsa va hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etishi natijasida bosh miya yarim sharlari qobig‘ida hosil bo‘ladigan shartli muvaqqat nerv bog‘lanishlari. U sezgi va idrok turlarida namoyon bo‘ladi.
|
Borliq
|
Действительность
|
Activities
|
ob’ektiv olamning ongdan holi bo‘lgan holda mavjudligini bildiruvchi falsafiy tushuncha.
|
Bosh miya
|
Мозг
|
Brain
|
markaziy nerv tizimining old qismi bo‘lib, u bosh miya qobig‘ida joylashgan oliy nerv tizimining moddiy asosi. Bosh miyaning o‘rtacha og‘irligi 1470 g.
|
Bosh miya katta yarim sharlari
|
Большая полушария мозга
|
cerebral hemisphere
|
bosh miyaning ikki pallasi. Uning ustki qismi uchun chuqur bo‘lmagan o‘nqir-cho‘nqirlardan iborat. Bosh miya katta yarim shar orqa, old, yon, orolcha, orqa umurtqalarga bo‘linadi. Miya nerv kataklari neyronlardan iborat bo‘lib, ikki katta yarim sharlar po‘stlog‘ini tashkil etadi. Miyadagi oq suyuqlik neyron o‘simtalaridan tarkib topib, miya yo‘llarini ko‘rsatib turadi.
|
Boshqarish
|
Управления
|
Control
|
tabiatning turlicha bo‘lgan (biologik, ijtimoiy va texnik, tizimlari) funksiyalarini, ularning ishini tashkil qilish, maqsad va dasturlarini amalga oshirishga qaratilgan jarayon.
|
|