MAVZU BO‘YICHA TEST TOPSHIRIQLARI
1. Odam va hayvonlarning ichki va tashqi seskantiruvchilardan yorqin ifodalangan sub’ektiv tusga ega bo‘lgan ta’sirlanishi:
a) hissiyot;
b) emotsiya;
v) sezgi;
g) tafakkur.
2. Inson sezgilari – bu:
a) hissiyot jarayonining emotsional toni;
b) individning organik holati;
v) organik ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan sezish;
g) barcha javoblar noto‘g‘ri.
3. Emotsional jarayonlar va holatlarning organizm hayotida bajaradigan vazifalari:
a) faqat moslashuvchi;
b) faqat safarbarlikka oid;
v) faqat moslashuvchi va integratsiyalovchi;
g) moslashuvchi, safarbarlikka oid va integratsiyalovchi.
4. Emotsional holatlar:
a) kayfiyat, ruhlanish, ehtiroslar, affektlar, stresslar;
b) qiziqish, kechinma, barqarorlik, insonparvarlik;
v) muhabbat, shubha, ajablanish, hazil, jadallik;
g) nafrat, hayajon, uyalish, do‘stlik, ehtiyojlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |