6. Qobiliyat nazariyalari talqini
Rus psixologi A. G. Kovalev o‘z tadqiqotlarida qobiliyatning ta-biati va tashxis qilish yo‘llarini tekshirishga muvaffaq bo‘lgan. Muallifning ta’rificha, qobiliyat deganda birorta xususiyatning o‘zini emas, balki inson shaxsining faoliyat talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlay oladigan xususiyatlar ansambli yoki sintezini tushunish kerak. Uning ta’kidlashicha, qobiliyatnyng tuzilishida tayanch va etakchi xu-susiyatlarni, va nihoyat, muayyan fonni yoki yordamchi xususiyatlarni farq qilish kerak. Hamma qobiliyatlar uchun asosiy, tayanch xususiyati kuzatuvchanlik — ko‘ra bilish ko‘nikmasidir. Uning etakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. A. G. Kovalev yordamchi xususiyatlar qato-riga xotira (u faoliyat talablariga muvofiq ravishda o‘ziga xos ko‘ni-kishga ega), emotsionallik, ya’ni his-tuyg‘uga beriluvchanlik (bu xusu-siyat shaxsning faolligini oshiradi)ni kiritadi.
Muallif ta’kidlashicha, ilmiy mavhumlash qobiliyatning ikki darajasini farklash imkonini beradi: reproduktiv aks ettirish darajasi. O‘z qobiliyati rivojlanishining birinchi darajasida tur-gan shaxs bilimlarni juda mohirlik bilan o‘zlashtiradi, faoliyatni o‘rganib oladi va uni biror namuna orqali amalga oshiradi. Ikkin-chi darajada turgan inson esa yangilik yaratishga qodir bo‘ladi. Psi-xologiya fanida qobiliyat to‘g‘risida gap ketganda uchta o‘ziga xos kon-sepsiya mavjudligi ta’kidlanadi. A. G. Kovalev asarida bayon qili-nishicha, ulardan biri qobiliyat shaxsning biologik jihatidan de-terminlashgan, ya’ni biologik jihatdan bog‘langan xususiyatlaridir, qobiliyatning ro‘yobga chiqishi va rivojlanishi esa tamomila irsiy fondga bog‘liq, deb tushuntiriladi. XIX asrda F. Galton, XX asrda Kotslar talant irsiydir, faqat imtiyozli tabaqalarning vakillari-gina boy irsiy merosga ega bo‘ladilar, degan xulosaga keladilar.
Ikkinchi konsepsiyaning vakillari, qobiliyatni butunlay hayot va tarbiyaning ijtimoiy sharoiti belgilaydi, deb uqtiradi. Masa-lan, Gelvetsiy o‘z davrida, tarbiya yordamida geniy yaratsa bo‘ladi, degan edi. Amerikalik olim U. Eshbi insonning qobiliyati yashab turgan davrida stixiyali ravishda o‘zidan o‘zi va ongli tarzda ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi, shularning natijasi o‘laroq masala-larni echish uchun tegishli dastlabki rejalar va dasturlar vujudga keladi, deydi. Fiziologik olimlar miyaning tuzilishidan indivi-dual xususiyatlar bo‘lsa, bu hol miyaning funksiyalarida o‘z aksini topmasligi mumkin emas, deb qayd qilinadi.
A. G. Kovalev ta’kidlashicha, qobiliyatning uchinchi konsepsiyasi-ning tarafdorlari ancha to‘g‘ri pozitsiyada turadilar. So‘nggi nazariya-Da qilinishicha, tabiiy kuchlar, zehn nishonalari va qobiliyatning rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy sharoit mavjud bo‘lishi kerak. Muallif zehn nishonalari deganda anatomik-fiziologik xususiyat-lardan ko‘ra, ko‘proq psixologik-fiziologik xislatlarni tushunish kerakligini uqtiradi. Zehn muayyan bir faoliyatga (maxsus qobiliyat) yoki hamma narsaga nisbatan ustuvorlik, qiziquvchanlikda (umumiy qobiliyat), moyillikda va intilishda ko‘rinadi.
A. G. Kovalev Edison fikriga asoslanib («bunda faqat 1 foizgi-na geniy bo‘lsa, 99 foiz ter to‘kish bo‘lgan»), hamma buyuk kishilar bag‘oyat mehnatsevarlikka va katta ishchanlikka ega bo‘lganlari holda, hatto asab tizimi tabiiy kuchsiz bo‘lsa-da, sub’ektiv ravishda o‘z yutuq-larini qobiliyatdan emas, balki mehnatdan deb baholaganlar.
Qobiliyatning rivojlanishi va shakllanishi, birinchidan, ma’-lum bir faoliyatga moyillik yoki intilish borligiga va faoliyat natijalarining sifatiga qarab, tegishli tabiiy zehn nishonalari-ni aniqlash yo‘li bilan, ikkinchidan, mutaxassis rahbarligida ti-zimli faoliyatga jalb etish orqali shaxsning tabiiy xususiyatlari-ni chiniqtirish va rivojlantirish yo‘li bilan, uchinchidan, umum-lashgan aqliy operatsiyalarni shakllantirish yo‘li bilan, to‘rtinchi-dan, o‘quvchining maxsus qobiliyatini kamol toptirishni jadallash-tirishni ta’minlovchi shaxsni har tomonlama rivojlantirish yo‘li bilan, beshinchidan, shaxsningfaollikalomatlarinitarbiyalash yo‘li bilan, oltinchidan, o‘quvchilarga nisbatan individual munosabatda bo‘lishni umumiy talablar bilan to‘g‘ri qo‘shib olib borishdir.
A. G. Kovalevning ta’rificha, adabiy ijodga qobiliyat shaxs is-te’dodining badiiy tipiga tegishli bo‘lib, badiiy tipdagi qobili-yatning hamma ko‘rinishlaridan uni ajratib turadigan o‘ziga xos si-fatlarga ham egadir. Uningta’kidlashicha, umuman qobiliyat va xusu-san adabiy ijodga xos qobiliyat murakkab bo‘lib, uning tuzilishida har xil xususiyatlar yoki tarkiblar (jabhalar) mavjud. Bu jabhalar-ning biri etakchi, boshqalari tayanch xususiyatlar, uchinchilari esa ser-mahsul faoliyat uchun zarur bo‘lgan muayyan bir fonni tashkil qiladi. Adabiy qobiliyatda uch tomonni mujassamlashtirish muhim ahamiyat-ga ega: o‘tkir kuzatuvchanlik, kuchli ijodiy tasavvur, til vositasida ko‘rgan va ravshan tasavvur etgan narsalarni tasvirlay olish.
Muallif mulohazasiga qaraganda, adabiy qobiliyatning tayanch xu-susiyati yumshoq ko‘ngillilik va ta’sirchanlikdir. Ta’sirchanlik de-ganda idrokning jonliligi va o‘tkirligini, emotsional iltifot-go‘ylikning naqadar kuchliligini tushunish kerak. Ijod uchun yolg‘iz ko‘ra bilish qobiliyatining o‘zi kamlik qiladi, ko‘rganlarni qayta o‘zgartira bilish, kuzatilayotgan narsani boshqa hayotiy taassurotlar bilan fikran bog‘lay olish ham muhimdir. Kuzatilayotgan narsalar va ayniqsa, yaratilayotgan obrazlar qobiliyatida namoyon bo‘ladi hamda bu adabiyotda ko‘pincha ichdan ko‘rish qobiliyati deb ataladi.
Adabiy qobiliyatni tekshirish shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning qobiliyatlari qobiliyatsizlaridan, V. P. YAgunkovaning ma’lumotla-ri bo‘yicha, idrok qilishning aniqligi va xotirasi bilan, yangi ori-ginal obraz va syujetlar tuzishdagi tafakkur kuchi va tasavvur bilan, ijodiy vaziyatning engilgina yuzaga kelishi bilan, so‘z boyligi va til sezgisi bilan farkdanadilar. Ba’zi birlarida voqelikka mulo-hazali mantiqiy munosabatda bo‘lish ustun tursa, boshqalarida ob-razli emotsional munosabat ustundir, uchinchilarida esa bularning ham ikkisi mujassamdir. V. P. YAgunkova sinaluvchilarning adabiy qobiliyatini tashxis qilishda quyidagi ko‘rsatkichlarni mezon tari-qasida oladi, chunonchi, a) idrok etish va xotiraning anikligi; b) emotsional ta’sirchanligi; v) tasavvurning kuchi va jonli tilni his qilish kabilar.
S. P. Kudryaseva tadqiqotida ilk o‘spirinning adabiy qobiliyati ikki tipga ajratiladi: adabiy-tanqidiy tip va badiiy-ijodiy. Birinchi tipda badiiy asarlarni tushunchalar asosida tahlil qilish-ning o‘sganligiga e’tibor qilinadi. Ikkinchi tipda adabiy asarlar-ni o‘qish vaqtida va adabiy mavzuga bayon yozishda hayajonlanish va ijodiy yondashishga ahamiyat qaratiladi.
V. A. Krutetskiy matematik qobiliyat tuzilishiga quyidagilarni kiritadi:
qobiliyatda bolalarning matematik materialni qabul qilishi borasidagi qobiliyatchga matematik ob’ektlar, munosabat va amal-larni shakl holga keltirib idrok qilish matematik materialga o‘ziga xos «yig‘ma» analitik-sintetik ishlov berish qobiliyatini qayd qilish lozim;
qobiliyatli o‘quvchilarning fikrlashi quyidagilar bilan: a) miqdoriy va fazoviy munosabatlar, sonlar va belgilar simvolika-si sohalarida mantiqiy fikrlash qobiliyati; b) matematik materi-alni tez va keng umumlashtira olish; v) matematik mulohazalar jara-yonida qisqacha aqliy xulosalar yordamida fikrlashga moyillik; g) fikrlash jarayonlarining nihoyatda moslashuvchan va harakatchanligi; D) echishda ravshanlik, soddalik, ratsionallik va ixchamlikka inti-lish;
3) matematik axborotni xotirada sakdash va hokazo.
Matematik qobiliyatning borligini taxmin qilishga asos bo‘la-
digan tashqi alomatlarni belgilash mumkin. Muallif taxminicha, bular quyidagilar:
o‘quvchining matematikaga oid ochiq-oydin qiziqishini namo-yish qilishi, xech kim majbur qilmasdan, o‘ziningbo‘sh vaqtini sarf-lab, matematika bilan bajonidil shug‘ullanishga moyillik;
muayyan matematik ko‘nikma va malakalarni odatdagidan kichik-roq yoshda o‘zlashtirish qobiliyati;
matematikani o‘zlashtirish sohasida tez siljib borish;
4) matematik taraqqiyot va yutuqlarning yuqori darajasi.
Mamlakatimizda psixolog M. G. Davletshin texnikaviy qobiliyat
ustida tadqiqot ishlari olib borgan etakchi mutaxassis xisoblanadi. Muallif texnikaviy qobiliyat deganda shaxsning individual-psi-xik xususiyatlaridan tuzilgan shunday o‘ziga xos birikmalarni tushu-nadiki, u shaxsning texnikaviy faoliyatga yaroklilik darajasini va u bilan muvaffaqiyatli ravishda shug‘ullana olishini aniqlaydi.
M. G. Davletshin ham an’anaviy yo‘ldan borib, texnikaviy qobi-liyatni ikkita o‘sha nomdagi tipga ajratadi hamda etakchi tayanch xusu-siyatlarini o‘zgarishsiz qoldiradi. Lekin boshqalardan farqli o‘laroq etakchi xususiyatlar rivojlangan texnikaviy fikrlash va fazoviy tasavvurdan iboratdir. Uningtalqinicha, texnikaviy iste’dodli shaxs bo‘lishi uchun unda: a) amaliy jihatdan fahmli; b) texnik moslama-larni taxdil qila olish qobiliyati; v) narsalarni montaj qilib qismlardan butun hosil qila olishi qobiliyati bo‘lishi shart. M. G. Davletshin texnikaviy iste’dod ko‘rsatkichlarini an’anaviy baho-lashni tan olgan holda (ko‘z bilan chamalash, fazoviy tasavvur, texni-kaviy taxdil, konstruksiyalash qobiliyati) o‘zining original yonda-shuvini ishlab chiqqan. Texnikaviy qobiliyat darajasini tashxis qilish uchun tekshirishlarda ishlab chiqilgan eksperimental masala-larning to‘qqizta seriyasidan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |