Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: Barcha ta`lim yo`nalishlari uchun


Talantning paydo bo‘lishi va tuzilishi



Download 1,52 Mb.
bet94/140
Sana31.12.2021
Hajmi1,52 Mb.
#209974
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   140
Bog'liq
умум пс мажмуа 2021 eff615df2eeef9c87188ec402fe119d4

4. Talantning paydo bo‘lishi va tuzilishi

Talantning ijtimoiy-tarixiy, tabiiy nuqtai nazardan talqini Qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Talant (yunoncha 1a1ap1op - qimmatbaho, noyob narsa, irsiy, tabiiy xislat degan ma’no anglatadi) muayyan faoliyatning muvaf-faqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini ta’minlaydigan qobi-liyat hamda iste’dodlar majmuasidan (yig‘indisidan) iborat indi-vidual xususiyatdir. Psixologik adabiyotlarda unga turlicha ta’rif berishiga qaramay, ularda asosiy belgilar ta’kidlab o‘tiladi, chu-nonchi, shaxsga qandaydir murakkab mehnat faoliyatining muvaffa-qiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasiga talant deyiladi. Talantning asosiy belgi-lari: a) muvaffaqiyatni ta’minlash; b) faoliyatni mustaqil baja-rish; v) originallik unsurining mavjudligi; g) qobiliyat hamda is-te’dodlar yig‘indisidan iborat ekanligi; d) individual-psixolo-gik xislatligi; e) ijtimoiy turmushni o‘zgartiruvchi, yaratuvchi im-koniyatligi kabilar.

Talant ham qobiliyatlarga o‘xshash ijodiyotda yuksak mahoratga, muvaffaqiyatga erishish imkoniyati hisoblanib, ijodiy kutilmasi (yutuq) insonlarning ijtimoiy-tarixiy turmush shart-sharoitlari-ga bog‘liqdir. Jamiyatda talantli shaxslarga nisbatan muhtojlik sezilsa, bunday insonlarning kamol topishi uchun zarur ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar yaratilsa, bunday vaziyatda barkamol odam-larning shakllanishiga imkoniyat tug‘iladi.

SHuning uchun jahon sivilizatsiyasi, fan va texnikasi, san’at va adabiyot, moddiy va ma’naviy madaniyatini yaratishning (ichki ruhiy) imkoniyati hisoblanmish talant progressning harakatlantiruvchi omilidir. Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning etishmasligi tufayli ko‘pchi-liktalant sohiblari o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish imkoniyat-laridan mahrum bo‘lgandir. Mamlakatimizning yaqin o‘tmishida cho-rizm mustamlakachilik siyosatida, qatag‘on yillarida qanchalab ta-lantli davlat va jamoat arboblari, betakror fan, madaniyat, adabiyot namoyandalari o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga erisha olmay dunyodan ko‘z yumdilar. Bu bizning moziyimiz, achchiq haqiqatimiz, turmush voqeligimiz, dinamik xususiyatli ko‘ngil armonimiz, bor-liqqa aql-zakovat bilan munosabatda bo‘lishning ilmiy-psixologik mezonidir. Talantlarning uyg‘onishi (tug‘ilish) ijtimoiy shart-sha-roitlarga bog‘liq bo‘lganligi tufayli mustaqil mamlakatimizda ta-lantli yoshlarga nisbatan yuksak ehtiyoj sezmokda, bu narsa yaqqol ko‘rinib turibdiki, shunday mezonga loyiq shaxslar mavjud va ular kelajagi buyuk davlatimiz poydevori hisoblanadi.

Talant qobiliyatlar yig‘indisi yoki ularning majmuasidan iborat bo‘lishiga qaramay, alohida olingan yakka qobiliyatni, hatto u taraq qiyotning yuksak bosqichiga erishgan, yorqin ifodalansa ham, u bilan tenglashtirish mumkin emas. Bu omilga asos bo‘lib, XX asrning 20— 30-yillarida moskvalik psixologlar tomonidan olib borilgan fe-nomenal g‘oyat o‘tkir, noyob (nodir) xotiraga ega bo‘lgan insonlarni tek-shirish natijalari hisoblanadi. Esda olib qolish qobiliyati (estra-da sahna artisti) hech kimda shubha tug‘dirmagan bo‘lsa-da, lekin xotira ijodiyotning muvaffaqiyati, mahsuldorligi omillaridan biri ekanligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga olib kelgan. Ma’lumki, shaxsning yaratuvchanlik faoliyatida akdning epchilligi, boy fantaziya, kuchli iroda, barqaror xarakter, turg‘un qiziqishlar, sermahsul bilish jara-yonlari, motivatsiya, yuksak his-tuyg‘ular va boshqa psixologik sifat-lar ustuvor ahamiyat kasb etadi. SHuni unutmasligimiz o‘rinliki, noyob xotiraga ega bo‘lgan ajoyib yozuvchilar, rassomlar, kompozitorlar, yuristlar, jamoat arboblarining nomlari mashhurdir.

Psixologik ma’lumotlarni umumlashtirilgan holda ikki xil xu-susiyatli fikrni alohida ta’kidlab o‘tish talant tuzilishini engil-roqtushunish imkoniyatini yaratadi:

talant — bu shaxs psixik xislatlarning shunday murakkab bi-rikmasidirki, uni: a) alohida, yagona maxsus qobiliyat bilan; b) xo-tiraning yuksak mahsuldorligi orqali; v) hatto noyob (kamyob, nodir) sifat tariqasida o‘lchab bo‘lmaydi;

shaxsda u yoki bu qobiliyatning mavjud emasligi hamda etarli darajada taraqqiy etmaganligi talantning murakkab tarkibiga ki-ruvchi boshqa qobiliyatlarning jadal takomillashuvi orqali ularning o‘rnini bosib yuborishi (kompensatsiya qilishi) mumkin.

Moskvaning Umumiy va pedagogik psixologiya instituti xodim-lari tomonidan o‘quvchilarning talanti iste’dod tushuncha negizida o‘rganilgan. Aniqlangan muhim qobiliyatlar yig‘indisi aqliy iste’-dod tuzilishini vujudga keltirgan. Ilmiy tadqiqotchilarning fik-richa, yuksak iste’dod quyidagicha bosqichlardan iborat bo‘lishi mum-kin: a) bunday shaxsning birinchi xususiyati — ziyraklilik, shay-lik, jiddiy faoliyatni bajarishga tayyor turishlikdir; b) shaxsning ikkinchi xususiyati — uning mehnatga tayyorligi (mehnatga moyilli-gi, mehnatga intilishi, mehnatning ehtiyojga aylanishi)dir; v) insonning uchinchi xususiyati — unda tafakkur xususiyatlari va fikr yuritishning tezligi, aqlning tartibliligi, taxdil va umumlashti-rishning yuqori imkoniyatlari, akdning mahsuldorligidir. Ma’lu-motlar tahlilining ko‘rsatishicha, maxsus iste’dod tuzilishi yuqori-dagi sifatlardan tashqari, aniq faoliyat talablariga muvofiq ke-luvchi bir qator qobiliyatlar bilan to‘ldiriladi. Talant o‘zining umumiy va maxsus sifatlari yig‘indisi bilan ijodiy yutuqimkoniyatiningayniyatidir. Talant mahoratning dast-labki sharti hisoblansa-da, lekin ular bir-biridan muayyan daraja-da tafovutlanadi. Talant — katta, ijodiy va zo‘r mehnat mahsulasi-dir. Mehnat esa hayotiy tajriba, ko‘nikmalarning zaruriy majmuasi manbaidir. Ijodiyotning sharti — bu hayotiy tajriba, zaruriy ko‘nikma va malakalar yig‘indisining mavjudligidir. Ijodiy faoliyat ta-lantning ajralmas qismi hisoblanib, bunda ruhlanish deb nomlan-gan psixologik holat alohida ahamiyat kasb etadi. Ruhlanish esa fa-oliyat mahsuldorligi ortishiga qaratilgan ijodiy lahzadan ibo-ratdir. Talant imkoniyat tariqasida psixologik hodisa hisoblansa, u holda mahorat — haqiqatga aylangan imkoniyat gavdalanishidir. Psixologik nuqtai nazardan haqiqiy mahorat — bu shaxs talanti-ning faoliyatda namoyon bo‘lishidir.


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish