2. Qobiliyatlarning sifat va miqdor tavsifi
Psixologiyada qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar sifatida tavsiflanadi va buning asosida bir insonning boshqa insondan tafovutlanadigan xislatlari, fazilatlari yotadi. SHuning uchun har bir shaxsdan bir xil natija, bir xil sifat kutish mumkin emas, chunki insonlar o‘z qobiliyatlari bo‘yicha bir-birlaridan mu-ayyan darajada farq qiladilar, binobarin, ular o‘rtasida farqlar sifat va miqdor jihatidan bir talay bo‘lishi mumkin. Qobiliyat-larning sifat tavsifi shaxsning qaysi individual-psixologik xu-susiyatlari faoliyat muvaffaqiyatining majburiy sharti tariqasida xizmat qilishini anglatadi. Ularning miqdori tavsifi esa faoli-yatga qo‘yiladigan talablarga shaxs tomonidan qay yo‘sinda bajarish imkoniyati mavjudligini bildiradi, ya’ni mazkur inson boshqa odam-larga qaraganda malaka, bilimlardan nechog‘lik tez, engil, puxta foy-dalana olishini namoyish qiladi.
Qobiliyat xususiyatlarining sifat jihatidan talqin qilinishi-da, birinchidan, maqsadga turlicha yo‘llar orqali erishishga imkon beruvchi «o‘zgaruvchan miqdor» to‘plami tariqasida, ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlovchi shaxsning individual psixolo-gik xislatl; >i (fazilatlari) murakkab majmuasi ko‘rinishida gav-dalanadi. Masalan, fakultet dekanati va o‘qituvchilar jamoasi to-monidan yuksak tashkilotchilik qobiliyatiga ega deb baholangan IV kurs boshlig‘i («oqsoqoli») Mahkamda mana bunday psixologik xusu-siyatlar majmuasini ko‘rish mumkin, chunonchi, tashabbuskorlik, ta-labchanlik, mehribonlik, e’tiborlilik, kuzatuvchanlik, tengdoshla-rini tashxis qila olishlik, kashfiyotchilik, javobgarlik, hamdard-lik, jozibadorlik, hamkorlik, samimiylik, hissiy yaqinlik kabi-lar. Mahkamning qobiliyatini boshqa tashkilotchilar qobiliyati bilan qiyoslanganda ko‘lami keng, mohiyati chuqur bo‘lish bilan birga, balki o‘zining sifati bilan ham ajralib turadi. Xuddi shu fakul-tetning III kurs boshlig‘i («oqsoqoli») Adham ham tashkilotchi, udda-buron shaxs, lekin faoliyatni amalga oshirish, o‘zgalarga ta’sir ko‘rsa-tish mutlaqo boshqa omillarga asoslanadi. SHuning uchun tashkilot-chilik qobiliyati boshqa psixologik xislatlar majmuasini (turku-mini) tashkil qiladi, chunonchi, zaiflarga nisbatan shafqatsizlik, jamoa a’zolariga tazyiqo‘tkazishlik, uddaburonlik, amalparastlik, maqtanchoqlik va boshqalar.
Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, u yoki bu faoliyat-ni amalga oshirishda o‘zaro o‘xshash yoki bir-biri bilan farkdanuvchi turlicha qobiliyatlar turkumi (majmuasi, birikmasi) ishtirok etishi mumkin ekan. Bu psixologik hodisa tahlili orqali shaxs qobi-liyatlarining muhim jabhalari yaqqol ko‘zga tashlanadi, jumladan, shaxsdagi bir xislatning o‘rnini boshqasi bosishi (kompensatsiya qilishi, lotincha sotrep$a1yu o‘rnini bosishi, muvofiqlashtirish ma’nosini bildiradi) vujudga keladi, buning uchun inson o‘zi usti-da sabr-toqat, chidam bilan mehnat qilishi tufayli yuksak ko‘rsat-kichlarga erisha oladi.
SHaxsning qobiliyatida mavjud bo‘lgan o‘rnini bosish (kompensa-tor)lik imkoniyati eshitishdan mahrum insonlarni maxsus o‘qitish orqali ro‘yobga chiqadi. Hayotda ko‘r musiqachi, artist, shoir, rassom, muhandis va boshqa shu kabi kasb egalari etishib chiqqanligi ko‘p uchraydi. Hatto eshitish qobiliyati past yoki umuman yo‘qligi ham kas-biy musiqaviy qobiliyatining rivojlanishiga keskin xalaqit ber-masligi mumkin. Bu psixologik hodisa (bir qobiliyatni boshqa qobi-liyat yordami bilan o‘stirish, ya’ni kompleksatorlik xususiyati) har bir shaxs uchun kasb tanlash va qayta kasb tanlash (ikkinchi yoki uchin-chi kasbni egallash ishtiyoqi) sohasida mislsiz keng qo‘lamdagi imko-niyatlarni ochadi. Ushbu voqelikni tasdiklovchi qator misollarning o‘zida silliq duradgor mohir tikuvchi bo‘lishi; yirik fan allomasi yirik san’atkor, etuk sportchi ekanligi uchrab turadi. Qobiliyatli shaxslar ijtimoiy turmushning turli sohalari hamda jabhalarida o‘z o‘rnini topa oladilar hamda yuksak yutuklarga erishadilar, hatto bir necha faoliyat turida tekis muvaffaqiyatlar qozonish ham mum-kin.
Qobiliyatlarning miqdoriy tavsifi va ularni o‘lchash muammosi psixologiya fanida o‘ziga xos rivojlanishning tarixiy o‘tmishiga ega. Hozirgi davrda fanning mumtoz psixologlariga aylangan Spir-men, Permen Kettell va boshqalar XIX asrning oxirlari va XX asr-ning boshlaridayoq muayyan ixtisoslar uchun kasb tanlashni ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish zaruriyatidan kelib chiqadigan talablar tazyi-qida o‘quv yurtlarida saboq olayotgan shaxslarning qobiliyat daraja-sini aniqlashga kirishdilar. Ularning taxminlaricha, insonning lavozimiga loyikdigi, uning mehnat faoliyatiga layoqati, shuning-dek, oliy o‘quv yurtlariga, harbiy xizmatga, rahbarlik martabasini egallashga nisbatan layoqatlarini aniqlash imkoniyati mavjuddir. Utgan asrda qobiliyatlarni o‘lchash usuli, mezoni tariqasida aqliy iste’dod testlari ishlab chiqildi va AQSH, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda o‘quvchilarni saralash, harbiy xizmatga zobitlarni tanlash, ishlab chiqarishda rahbarlik lavozimiga tavsiya qilishda foy-dalanildi. Hatto Buyuk Britaniyada universitetga kirish huquqini beruvchi test sinovi tizimi ham yaratildi. «Aqliy iste’dod» testla-ri ball yoki ochkolar bilan baholanib, echimga sarflangan vaqtni hisobga olib, natijalar yig‘indi holiga keltirilar edi. Masalan, Buyuk Britaniya maktablarida 11 yoshli o‘smirga beriladigan test k$'ri-nish: «Pyotr Jemsga qaraganda balandroq, Edvard Petrdan pastroq. Kim hammadan ko‘ra balandroq?» va tanlagan javobning tagiga chizib qo‘yish talab qilinadi: 1) Pyotr, 2) Edvard; 3) Jeyms; 4) «ayta olmay-man». Boshqacharoq testlar berilgan beshta so‘zdan boshqalariga o‘xsha-maganini sinaluvchi tanlab olish kerak: 1) qizil, yashil, ko‘k, ho‘l, sariq; 2) yoki, ammo, agar, hozir, garchi va shu kabilar. Testlar murak-kabligi ortib borish tamoyili bo‘yicha «Testlar batareyasi» tizimi yaratiladi. Testlar tuzilishi bo‘yicha faqat so‘zlardan iborat (ver-bal) sinovlar bilan cheklanmasdan, balki turlicha mohiyatli «labi-rintlar» (yunoncha 1a’uppSHo$ — chigal holat, murakkab, chalkash ma’-nosini bildiradi), «boshqotirma» va shunga o‘xshash sinovlar kiri-tiladi.
Odatda, sinaluvchilar «Testlar batareyasi»ni bajarib bo‘lganla-ridan so‘ng natijalar hisoblab chiqiladi va ularda «aqliy iste’dod koeffitsienti» (inglizcha t1e11esSHa1 yaio(1ep(, 10 so‘zidan olingan-dir) aniklanadi. Misol uchun, 11,5 yoshli o‘quvchi to‘plagan ballar-ning o‘rtacha yig‘indisi 120 ga teng bo‘lishi lozim. Bunda 120 ball to‘plagan har qanday tekshiriluvchi 11,5 yoshida «akl yoshiga» egadir. Xuddi shu yo‘sinda «aqliy iste’dod koeffitsienti hisoblab chiqiladi:
Sinaluvchining aqliy iste’dodi koeffitsienti.
10 = aqp yoshi X 100
Sinaluvchining haqiqiy yoshi.
Mabodo test sinovda 11,5 va 14 yoshli o‘smirlar 120 ochko to‘plagan bo‘lsalar, u holda tekshiriluvchilarning «akl yoshi» 11,5 ga tenglash-tirilsa, quyidagi holat yuzaga keladi:
10 birinchidan sinaluvchi = 11,5 X 100 =109,5; 10,5
10 ikkinchidan sinaluvchi = 11,5 X 100 = 82,1.
14
Mazkur yo‘nalishning namoyandalarining e’tirof etishlaricha, «aqliy iste’dod koeffitsienti» qandaydir o‘zgarmas mezon sifati-da «umumiy intellektni» (inglizcha §epega1 1P1eSH§epse) ro‘yobga chiqa-rish imkoniyatiga egadir. SHuni ta’kidlash joizki, «akliy iste’dod koeffitsenti» nazariyasida bahsli jabhalar mavjudkim, bunda shaxs-ning aqliy qobiliyatlari namoyon bo‘ladi. Rus psixologi L. S. Vigotskiy yuqoridagi nazariyaga o‘z e’tirofini bildirgan holda ikki bos-qich, ya’ni «eng yaqin taraqqiyot zonasi», «aktual faoliyat zonasi» or-qali qobiliyatni to‘g‘ri aniqlash mumkinligini ko‘rsatib bergan edi. Hozirgi zamonda qo‘llanayotgan test sinovlari o‘tmishdoshlaridan ko‘p jihatdan ajralib turadi, lekin ko‘pincha xotira mahsullarini ochishga xizmat qildi, ijodiy tafakkur natijalari esa diqqat mar-kazidan chetda qolib ketish hollari uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |