Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: Barcha ta`lim yo`nalishlari uchun


Inson xarakteri va shaxs kamoloti



Download 1,52 Mb.
bet89/140
Sana31.12.2021
Hajmi1,52 Mb.
#209974
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   140
Bog'liq
умум пс мажмуа 2021 eff615df2eeef9c87188ec402fe119d4

Inson xarakteri va shaxs kamoloti

Inson xarakterini tarkib toptirishning muhim omili tariqasi-da vaziyat (situatsiya) etakchi rol o‘ynaydi va regulyatorlik funksiya-sini bajaradi. Bizning fikrimizcha, vaziyat goho qo‘shstimul, juft determinator, qo‘shmexanizm sifatida uzluksiz ruhiy holatlar (qaysi muhitda bo‘lishdan qat’i nazar) vujudga kelib turishini ta’minlashi mumkin. Vaziyatlar ekstremal (favqulodda), kazusli (tasodifiy), ka-zual (sababiy) kabi ko‘rinishlarga ega bo‘lib, ularning har qaysisi o‘ziga xos xususiyatlari bilan o‘zaro muayyan darajada ajralib turadi.

Ekstremal vaziyatlar yo tabiiy omillar, hodisalar ta’siri, nati-jasi mohiyatidan kelib chiqib, ofatlar, larzalar, tabiatning injiq-liklari, mo‘‘jizalari, dahshatli kuchlari shaklida namoyon bo‘lishi, vujudga kelishi, kechishi va rivojlanishidan iboratdir. Individ-ning muayyan darajada uyushgan guruh (etnik birlik)ning munosabati xarakterologik xususiyatlarning shakllanishiga zarur ob’ektiv va sub’ektiv qulay sharoitlar yaratilishiga imkon yaratadi. Vaziyatlar o‘zining mohiyati bilan rasmiy yoki norasmiy guruxdar, maxsus muta-xassislar tomonidan uyushtirilishi ham mumkin (harbiy mashqpar va hokazo). Ularning aks sadosiga nisbatan javob reaksiyasi (goho ak-siya) sifatida vaziyatlarning qatnashchilari munosabati ularning xa-rakter xususiyatlarida ifodalanadi. Kutilmagan favquloddagi vazi yatlar qatoriga psixoterapevtik ta’sir o‘tkazish, gipnotik holatga keltirish, ongsizlikka tushirish oqibatlarida bir yoqlama ruhiy ta’-sir o‘tkazish hamda ta’sirga berilish (diada, triada, poliada) natija-sida o‘ta ishonch bildirish tufayli ta’sir doirasiga kirib qolish milliy xarakterning kuchliligi yoki kuchsizligini namoyish qiladi.

Mazkur vaziyatlar qatoriga alkogolizm, narkomaniya, taksikoma-niya holatlaridan ongsiz ideomotor harakatlarga tortilganlik, inso-niy qiyofadan hayvoniy hirslarga o‘tish, fikrlarni uzatishda qo‘pol nuqsonlarga yo‘l qo‘yish, o‘zini o‘zi ongli ravishda boshqarish (guruhiy jipslik) imkoniyatini yo‘qotish jarayonlari shular jumlasidandir.

Sub’ektiv maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan sun’iy va-ziyatlar ham xarakterologik xislatlarni sinashda muhim ob’ekt si-fatida xizmat qiladi (masalan, shijoat, ehtiros, stress, affekt).

1. Kazusli (tasodifiy) vaziyatlar inson hayoti va faoliyatida alo-hida ahamiyat kasb etib, unda ishonch, qat’iyatlik, barqarorlik, musta-qillik, ta’sirga beriluvchanlik kabi xislatlar yoki illatlar ustuvor-ligi hamda barqarorligi haqida ma’lumot olishga zamin hozirlaydi.

Bunday vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi omillardan biri — bu tolerantlikning vujudga kelishi bilan neyrofiziologik, psixo-fiziologik mexanizmlardan iboratdir. Bizning ta’birimizcha, uni keltirib chiqaruvchi omillar, asosan, ikki qutbga taalluqli bo‘lib, biri tasodifiy, yondosh qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida yuzaga kelib, tole-rantlikka asoslanadi, ikkinchisi esa ichki qo‘zg‘ovchilar «reaksiya-lar» («aksiyalar») orqali ifodalanib, ko‘proq sub’ektiv omillar mahsuli hisoblanadi, armonning har xil shakllari funksiyasini bajaradi. Omadlilik xuddi shunday ruhiy hodisalarni vujudga kel-tiradi, shaxsning (etnik birlikning, jamoaning) faollikka un-dovchi uzluksiz xatti-harakatlar qo‘shstimul vazifasini muvaqqat bajarishga kirishishi mumkin. Birinchi holatda shijoat harakat-lantiruvchi mexanizm rolini bajarsa, ikkinchisida esa ushalgan ezgu niyat, ichki ruhiy g‘alayon, tug‘ilayotgan fikrlarning «jangi», ularning o‘zaro qarama-qarshi tayanch nuqtalariga ega ekanligi hal qiluv-chi stimul funksiyasini ijro etadi. SHaxslararo munosabat negizi-dan kelib chiquvchi muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, omadlilik va omadsizlik kabilarni vujudga keltiradi. Masalan, talabaning yuqori ballga erishganligi uni yanada ilhomlantiradi, kursdoshida esa ikki xil xususiyatli kechinmani yuzaga keltirib, bir tomondan xohish, ishtiyoq, ilhom, ezgulik his-tuyg‘ularining kuchayishiga rlib keladi. Ikkinchi tomondan esa g‘ayrilik illati individni (shaxs-ni) faollik sari etaklaydi. ri tomonidan motivlashtirilgandagina xarakter xislatlari shakl-lantirishning shartiga aylanadi.

Xarakterning shakllanishida muayyan psixik faoliyatga yaxlit ob’ek-tiv va sub’ektiv mayllik tarzidagi ko‘rsatma berish (ustanovka) psi-xologik mexanizm negizida yuzaga kelgan avtomatlashish muhim ahami-yat kasb etadi. Ko‘rsatma (ustanovka) odatlaridan farkli o‘laroq, mu-ayyan harakatlarga tayyor turishgina bo‘lib qolmay, balki bilish jara-yonlariga, hissiy va irodaviy reaksiyalarga ham tayyor turishlikdir.

Xarakterning hosil bo‘lishida nizoli vaziyatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Xarakter faqat murakkab va keskin vaziyatlarda (sharo-itlarda) yorqin namoyon bo‘libgina qolmasdan, balki mazkur holat-larda u tarkib ham topadi. Odatda, xarakter xislatlarining o‘zgari-shidagi individual farqlar shaxsning nizoli vaziyatlardan chiqish uchun qanday yo‘l-yo‘riqtopishiga bog‘liq, binobarin, inson sharoit-dan kelib chiqib, qanday xatti-harakatni amalga oshirishga qaror qiladi. SHunday qilib, shaxs o‘zining butun hayoti va faoliyati davo-mida o‘z xatti-harakatlari, odatlari bilan o‘z xarakter xislatlarini o‘zi yaratadi va ularni boshqarishga odatlanadi.


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish