Ilk bolalik yosh davrida xulq-atvor motivlari.
Ikki-uch yoshli bolaning motivlari tuzilishi kristallashmagan (amorf)ligi bilan, shuningdek, ularning qat’iy ierarxiyasi yo‘qligi bilan tavsiflanishi namoyon bo‘ladi. Bola shaxsiga aloqador mo-tivlar tizimi bir qator motivlar yig‘indisini ifodalovchi, o‘zaro bir-biri bilan tasodifiy o‘rin almashib turish xususiyatiga egadir. Motivlarni o‘zaro o‘rin almashish jarayonida yagona anglashish dara-jasidagi nazorat tizimiga bo‘ysunmaydi.
S.L.Rubinshteyn bolalik davrining motivlariga quyidagicha psixologik tavsif beradi: «Bevosita bolaga ta’sir etuvchi har bir qo‘zg‘a-tuvchi (qo‘zg‘ovchi) ilk bolalik davrida uning o‘sishida hukmronlik qiladi. CHunki undagi ichki motivlar hali mustahkam emas, shuning uchun har xil vaziyatda bola boshqa qo‘zg‘atuvchi hukmronligiga tobe bo‘lib qolishi mumkin. SHu boisdan beqaror, kuchsiz, betartib mo-tivlar xuddi shunday xatti-harakatlarga bog‘liq. Muallif vaziyat-ning stixiyali ta’siri haqida mulohaza yuritib, u bolalik beixtiyor intilishining xulq-atvorga ta’sirini ko‘rsatib turishini ta’kidlaydi.
Nazariy va amaliy ma’lumotlarga asoslanib, ilk bolalik davri pagi individning xulq-atvori, birinchidan, impulsivlik bilan, ikkinchidan, vujudga kelgan vaziyat xususiyati bilan tavsiflanadi. SHaxsni boshlang‘ich genetik qobig‘idagi shakllanish pallasidagi motivining dinamik asosi — xatti-harakati qo‘zg‘alishini muvaqqat, tor muhitidan tashkil topadi. CHunki bola hali motivlashgan usta-novkalarni uzoq vaqt ushlab tura olmasligi sababli u tez yo‘qoladi. Muhim ahamiyat kasb etuvchi qo‘zg‘alishlarda bola chalg‘isa, demak, ularni u tezda esdan chiqaradi. Ehtiyoj qondirilishida, affektiv reaksiya-larda, chalg‘ish jarayonida qo‘zg‘alish berilgan vaqt doirasidan chetlashadi.
Psixologik doiradagi boshqarishning o‘ziga xos vositalari, faoliyatni tashkil etishni ta’minlovchi motivlar — inson faoliyatining energetik darajasini strukturaviy aks ettiradi. Bolaning intellektual darajasi va bilimlarning etarli emasligi oqibatida kichik bir amaliy tajriba yaqqol amaliy faoliyat muhitini siqib chiqarishi mumkin. Bola biron-bir ob’ektga yo‘naltirilgan faoli-yatni, uni boshqarishni yuksak funksional-energetik bosqichida mo-tivlarni o‘z holicha uzoq vaqt saqlab yurish imkoniyatiga ega emas.
Inson faoliyatining samaradorligi (mahsuldorligi)ni oshirish haqidagi psixologik usulning rolini L.S.Slavina III—IV sinf o‘quv-chilarida tajriba yo‘li bilan dalillab berdi. L.S.Slavina murak-kab va uzoq davom etadigan faoliyatlarni tahpil qilish kezida uni nisbatan mustaqil va sodda tarkibiy qismlarga ajratib chiqadi hamda ularning har birini alohida nazorat qilish kerak, binobarin, uni xuddi mustaqil faoliyat strukturasining takomillashuvi va rivoj-lanishi natijasidagina motivlar tuzilishining takomillashuvi va rivoji namoyon bo‘ladi. Muallifning fikriga qaraganda, xulq-atvorning muayyan maqsadga bo‘ysundirilishi kichik maktab yoshining pirovard bosqichida amalga oshirilib, mazkur bosqich ixtiyoriy xulq-atvor shakllanishining boshlang‘ich davri bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |