Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: Barcha ta`lim yo`nalishlari uchun


Motiv muammosi va uning echimiga doir mulohazalar



Download 1,52 Mb.
bet45/140
Sana31.12.2021
Hajmi1,52 Mb.
#209974
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   140
Bog'liq
умум пс мажмуа 2021 eff615df2eeef9c87188ec402fe119d4

Motiv muammosi va uning echimiga doir mulohazalar

Sobiq sho‘ro psixologiyasi motivlar muammosini dialektik materializm prinsiplariga asoslanib tadqiq etgan. Bu esa, eng avvalo, motivlar tizimi inson hayoti va faoliyatiga murakkab tuzilgan bosh-qaruvchisi (regulyatori) sifatidatushunishni bildiradi. Mazkur yo‘nalishga daxldor psixologlar o‘rtasida shaxsning faolligi, ongning faolligi haqidagi g‘oyalar keng tarqalgan. Jumladan, S.L.Rubinsh-teyn motivlashgan tizimning inson borliqni aks ettirishdagi aso-siy rolini ko‘rsatib, shunday mulohazalarni ta’kidlab o‘tadi: bi-rinchi bo‘lib kuzatish ob’ektlari emas, balki ehtiyoj ob’ektlari va inson xatti-harakatlari beriladi. Motivlashgan ustanovkalarning faollikka oid o‘ziga xosligi ham shunday tuzilgan va u o‘zi xoxlagan borliqning elementi va holatini belgilashga xizmat qiladi. Ularning fikricha, tashqi olamga munosabatning faol motivatsion xusu-siyatini ko‘rsatib o‘tishning o‘zi kifoya. S.L.Rubinshteyn «Ong — bu faqatgina aks etish emas, balki insonning tashqi muhitga nisbatan munosabati hamdir», deb yozadi.

Motivlarning tuzilishi bilan bevosita borliq ongning bosqichli tuzilishi muammosi psixologlar tomonidan tezkorlik bilan hal kilish, echish, tekshirish, tadqiqetish zarur bo‘lgan dolzarb masalaga aylanib bormoqda.

S.L.Rubinshteyn ongning rolini ko‘rsatish bilan bir qatorda psi-xikaning ko‘p qirraliligi nuqtai nazaridan turli bosqichlarda ruhiy jarayonlarning vujudga kelishi, kechishi holatlarini tushuntirib berishga erishgan. Har qanday shaxsning xulq-atvorini psixologik jihatdan tushuntirishda qo‘zg‘atuvchilar (qo‘zg‘ovchilar)ni turli bosqich-larda o‘zaro murakkab bog‘likdikda olib qarash, ko‘rish lozim, deb ta’kidlaydi. Bu ko‘p bosqichli tuzilma boshqarishni anglashilgan bosqichi singari anglanmagan motivatsion tendensiyalarni o‘z ichiga oladi.

Sobiq sho‘ro psixologlari motiv tuzilishining bosqichli konsepsiyasini ishlab chiqarishda quyidagi. mulohazalarga tayanganlar:

a) ongningtarixiy kelib chiqish jarayoni bilan inson xulq-atvo-


rini boshqarishning murakkab tizimiga ega ekanligi;

b) ontogenezda bola shaxsining individual (yakkahol) shakllanish


jarayoni bo‘lmish genetik dalillarga asoslanganligi va boshqalar.

Motivlar tuzilishini genetik bosqichda shakllanish ehtimolini tahlil qilish natijasida uning sodda, bir bosqichli tizimdan murakkab, ko‘p bosqichli yuksak darajaga o‘sib o‘tish jarayoni ishonchli omillar yordami bilan yaqqol ko‘rsatib beriladi. Umumlashtirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq sovet psixologlari motivlarning tuzilishi muomalasini tadqiq qilishda ularning dinamik va ma’noviy tomonlarining birligi prinsipidan kelib chiqish maqsadga muvofiq. Ular faol motivning dinamik holati haqida mulohaza yurit-ganlariga mazkur faoliyatning ba’zi jarayonlarida uning dinamikasi o‘ta bo‘rttirib talqin qilinadi.

SHuni alohida ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiqki, sobiq sovet psixologlari motiv tuzilishiga oid masalaga yondashish jarayonida butun e’tiborini uning mazmuniy jabhasini alohida ko‘rsatishga, ma’noviy tomonlarining birlamchiligini belgilashga yo‘naltiradi.


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish