Chiziqli taqdimot murakkab grafika



Download 27,4 Kb.
Sana06.01.2022
Hajmi27,4 Kb.
#323038
Bog'liq
Chiziqli taqdimot ziyocik


Chiziqli taqdimot – murakkab grafika, videoqo‘yilma, ovoz jo‘rligidagi va navigatsiya tizimiga ega bo`lmagan dinamik rolik. Chiziqli taqdimotlar mo`ljallanishiga ko`ra shartli ravishda quyidagi shakllarga bo‘linadi:

-stend shaklidagi multimedia taqdimoti;

-elektron doklad yoki jo`rlikdagi taqdimot;

-sales-taqdimot;

-promo-rolik; -intro-rolik;

-ekran himoya lavhalari (ScreenSavers).

Interfaol taqdimot – ierarxik tamoyillar bo`yicha tuzilmaga keltirilgan va maxsus foydalanuvchi interfeysi orqali boshqariladigan multimediali komponentlar to`plami. Foydalanish maqsadidan kelib chiqib, interfaol taqdimotlar shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi:

-korporativ multimediali taqdimot;

-multimediali katalog;

-mahsulot taqdimoti;

-o`rgatuvchi yoki test dasturi;

-erkin foydalanishga ruxsat berilgan kompyuterlar uchun multimedia qobig`i; -elektron nashr yoki multimedali kitob.

Axborot taqdim etishning eng samarali vositalaridan biri taqdimotlarni kompyuterlarda ishlab chiqishning eng ko`p tarqalgandir. Darslarni tashkililashtirish, ko`rgazmali, samarali bo`lishda taqdimotlardan foydalanmasdan erishish qiyin. Taqdimotning samarali bo`lishi nafaqat ilg`or goyalaringizga balki taqdimotning ko`rinishiga ham bogliq boladi.

Tinlovchilar bilan vizual aloqa o‘rnatishda taqdimotning tashqi ko‘rinish muhim ahamiyat kasb etadi.

O`quv taqdimotiga qo‘yilgan talablar.

Dars jarayonida taqdimotlar ko‘rgazmali qo`llanma sifatida foydalaniladi. Taqdimotga qo`yilgan asosiy talablarni ko`rib chiqamiz.

Multimediyali taqdimot mazmuniga qo`yilgan talablar:

-taqdimot mazmuni darsning maqsadi va vazifalariga mos kelishi;

-qabul qilingan imlo, tinish belgilari, qisqatirish va matnni kiritish qoidalariga amal qilish;

-ma`lumotlarni taqdim etishda aniq va ishonchli faktlarga asoslangan bo`lishi va bu borada xatolarga yo`l qo`ymaslik;

-slayddagi matnni qisqa va aniq bo`lishi;

-slayddagi har bir matnli ma`limot qismi mazmuni mantiqan tugallangan bo`lishi;

-bayoning qisqaligi va matnning axboriyligining yuqoriligi;

-ma`lumotning slaydda joylashuvi (ma`lumtolarning gorizatal joylashishi afzaldir, ma`lumotlarning muhim qismi slaydning o`rta qismida joylashuvi muhim; agar slaydda surat bo`lsa u holda matn uning pastki qismida joylashish maqul bo`ladi, matn chekka qismlarini tekislash zarur) ma`lumotni jalb qiluvchi va o`zgacha bo`lishi o`quvchi e`tiborini tortadi.

Taqdimotning ko`rinishi va ovoz effektlariga qo`yilgan talablar:

-tasvirlarning optimal ko`rinishlarini tanlash;

-taqdimot mazmuniga tasvirlarni mos kelishi;

-tasvirlarni o`quvchilar yoshiga mos kelishi;

-tasvirning sifatli bo`lishi (slayd foniga nisbatan tasvirning yorqinligi; tasvirlardagi keraksiz elemantllarning bo`lmasligi; tasvirning yorqin va mos bo`lishi; fayllar formatining bir xil bo`lish)

-ovozning bir qator sifatlari (musiqaning sifatli bo`lishi, tashqi shovqinlarning bo`lmasligi);

-qo`llanilayotga grafik ob`yeklarning asosli va maqsadga muvofiq bo`lishi; Matnga qo`yilgan talablar:

-taqdimot slaydidagi fonga nisbatan matnning o`qish imkoniyatining yuqori bo`lishi

(matnni fonda aniq k`orinishi, matn va fonning uchun bir biridan farq qiladigan rangda bo`lishi);

-harflarning o‘lchami o‘quvchi yosh xususiyalarini hisobga olgan holda bo`lish 24punkt dan kam bo`lmasligi kerak;

-matn Shriftlarini o`qilishi oson qilib qo`llash va 3 xil Shrift variantidan ko`p bo`lmasligi lozim;

-Qator uzunligi 36 belgidan oshmasligi;

Matnlarning tagiga chizish holati faqat gipermurojaatlarda bo`lishi.

Dizayndagi talablar:


  • Taqdimotlar uchun yagona dezaynni qo`llash;


-Taqdimotning bezash uslubi (grafik, ovoz, animasiya) taqdimot mazmuniga mos bo`lishi.




  • slayd fonini bezashda psixologik jihatdan badastur va qulay bo`lishini ta`minlash;


  • slayd foni orqada joylashgan bo`lishi lozim: slaydda joylashgan ma`lumotni ajratib, yaqqol va alohida ko`rsatishi, uni to`sib qo`ymasligi zarur;


  • bir slaydda uchtadan ortiq ranglardan foydalanmaslik (birinchisi fon uchun, ikkinchisi sarlovha uchun, uchunchisi matn uchun)


  • tanlanayotga shablonlarning mavzuga mos kelishi (ba`zan esa neytral bo`lish mumkin); animasion effektlardan maqsadli foydalanish.


Taqdimotlar so‘z bilan ifoda qilish qiyin bo`lgan jarayonlarni tez, aniq va tushunarli bo`lishi, axborotni qabul qilishda turli xil ko`rinishlarda aks ettirilishi o`qituvchiga darsni tashkillashtirish va faol bo`lishida ko`makchi vositasini o`taydi.

Taqdimotlarni ishlab chiqishning turlari va vositalari juda ko`p bo‘lib,bugungi kunda taqdimot yaratishning yangi –yangi zamonaviy vositalari, turlari va ko`rinishlari taqdim etib borilmoqda.

Taqdimot yaratishning bir necha dasturlari bilan tanishtiramiz.

PowerPoint

PowerPoint taqdimoti grafikli dasturlar sirasiga kiradi. Bunday dasturlar o`zida matnlar, rasmlar, sxemalar, grafiklar, animatsion effektlar, ovoz, videokliplar va hokazolardan iborat slaydlar hosil qilish imkonini beradi.

Slaydlar ketma-ketligidan hosil bo`lgan taqdimotni kompyuter ekranida, videomonitorlar va katta ekranlarda namoyish qilish mumkin. Taqdimot yaratish – bu slaydlar ketma-ketligini qurish va bezagini berishdir. Quyidagi rasmda siz POWERPOINT dasturining ekrani va uning asosiy elementlarini ko`rib turibsiz:

Google Prezentatsii


GoogleDiskda bepul vertual ofis taqdimotni ishlab chiqish imkoniyatiga ega. Google Diskda taqdimotlarni ishlab chiqish Power Point dasturidek bo`lib, onlayn tarzda ko`pgina vido o`zgarishlar ega interfeyz bir oz qisqartirilgandir. Bunda Power Point dasturining onlayn versiyasidan ko`proq imkoniyatlariga egadir.

Taqdimotni tekin ofis Google diskda ham yaratish mumkin. Google diskda taqdimot yaratish Power Point dasturida taqdimot yaratish bilan bir-hil, lekin Google diskda onlayn tarzda yaratiladi va vide o‘zgarishlar bilan farq qiladi. Power POintning funksiyalaridan tubdan farq qiladi. Agar sizda litsensiyali Power Point 2013 bo'lsa, siz bilasizki boshqa hujjatlar bilan hamkorlikda ishlash mumkin va Google diskda ham boshqa hujjatlar bilan hamkorlikda ishlash oson va funksiyalari mavjud.

Google taqdimot tekin va chegarasiz imkoniyatlarga ega, lekin foydalanuvchi taqdimot yaratishda bazaviy topshiriqlarni hal qiladi. Prezi


Flesh – taqdimotlarning zamonaviy vositalaridan biri Prezidasturidir. Prezidasturining o`ziga xosligi buma`lumotlarning ketma ket chiqishidir.

Power Point bilan Prezining eng katta farqi shundaki, Prezi asosan linyali formatga urg‘u beradi. Alohida qilib qaraydigan bo‘lsak Prezida ko‘rish imkonyatiga katta e‘tibor berilgani aniq bir farqdir. Prezi g‘oya, fikr va rejalar tarmog‘ini qurush uchun ishlatiladi.

ZUI – (zooming user interface) obyektivdagi suratni foydalanuvchilarga yaqinlashtirib yoki uzoqlashtirib ko‘rsatadi. ZUI foydalanuvchilarga turli xil hujjatlarni o‘zaro, to‘gridan to‘g‘ri ko‘rib, o‘rganib chiqishga imkon beradi.

Umuman olganda, Prezi windowsda juda yaxshi , ammo linuxda juda yomon ishlaydi. Prezi murakkab prezentatsiya yaratishda Adobe flashdan foydalanadi va bu dastur eng ohirgi ko‘rinishda bo‘lishi shart. Prezi dasturining uchta turli xil shakli mavjud:

Prezi public

Prezi enjoy

Prezi pro

Prezi public barcha foydalanuvchilar uchun bepul bo‘lsa, Prezi pro va Prezi enjoy esa ma‘lum bir to‘lovlarni talab qiladi.

Canvas – (―mustahkam va dag‘al mato‖ ma‘nosini anglatadi) prezentatsiya tayorlash uchun maydon. Prezi ZUI texnalogiyasidan foydalanganligi sababli har qanday berilgan convas, yani maydon ko‘rinib turgan hududiga nisbatan kattaroq bo‘ladi. ZUI texnalogiyasi foydalanuvchilarga maydon bo‘ylab erkin harakatlanish va ma‘lumot qo‘shish imkonyatlarini beradi. Prezini kompyuter, planshet, mobil telefonlardan ham foydalanilishi mumkin. O‘rganish juda oson va qulay bo‘lganligi sababli, har bir foydalanuvchiga mos keladi. Zoom yordamida Prezi taqdimoti slaydma slayd ko‘chmaydi, balki yangi joyga izma-iz ketadigan yo‘lak (Pathwaypoint)dan foydalanib yaqinlashtiradi.

Haiku Deck

Haiku Deck– bu taqdimot yaratishni osonlashtirishga harakat qilishdir. Bu dastur taniqli xalqaro eksport Garr Reynolds dizayn taqdimotlari prinspiga asoslangan. Asosiy fikr-slayddagi minimal axborotlar miqdorida. Bir fikr slaydga va bir (rasmlar, diogrammalar va sxemalar)

Haiku Deck dasturi yordamida taqdimotlarga slayd tayyorlash va sizning fikrlaringizdagi ko‘p bo‘lmagan axborotlar bilan taqdimotlar yaratish juda oson. Interfeysi bezashga sifatli shablonlarga ega.

HaikuDeck-bu qiyinchiliklarsiz maksimal sodda va chiroyli taqdimot yaratishni hohlaganlar uchundir. Slides


Slides– bu taqdimot yaratish uchun yangi zamonaviy dastur. Hamma taqdimotlar HTML da yaratiladi, bu har qanday qurilmada foydalanish imkonini beradi. HTML kodlash har qanday usulda taqdimotlarni bezash shu bilan internetdan birga har qanday amaliy content qo‘yish (embed) imkoniyatini yaratadi. Sizning Web brauzeringizda onlayn tarzda taqdimot ko‘rsatish va har qanday qurilma yordamida oflayn ko‘rinishdagi taqdimotingizni boshqarish imkoni mavjud. Grafik muharriri interfeysi bir oz qiyinroq va hozircha standart funksyalari joylashish o‘rni noqulayroq, lekin, uskunalari juda qiziqarli. Slidesdasturida slaydlarni har qanday yo‘nalshda harakatlantirish mumkin ya‘ni o‘ngdan chapga, chapdan o‘nga, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga. Slides dasturi bazaviy funksiyalari bilan tekin versiyalar mavjud, dasturning to‘liq shakli pullik. Hamma taqdimotlar sizning Web brauzeringizda onlayn tarzda amalga oshiriladi, dasturning desktop va telefon versiyalari hozircha mavjud emas, faqatgina boshqa qurilmalarda dasturni yuklash imkoni mavjud.

Dasturning to‘liq shakli juda qiziqarli bo‘lib, kelajakda ommolashishi kutilmoqda. Agarda sizda taqdimot yaratish zururiyati tug‘ilgan bo‘lsa, Slidesda taqdimot yaratib ko‘rishingizni maslahat beramiz. SlideDog

SlideDog– Power Point yoki Keynote dasturlariga o‘xshagan taqdimot muharriri emas. Siz bu dasturda taqdimot yarata olmaysiz, lekin dastur yordamida siz taqdimot uchun qulay playlist tayyorlashingiz mumkin. Taqdimotlar Power Point va Keynote, PDF hujjatlari, vidioroliklar, rasmlar va veb sahifalarni bitta taqdimotga kerakli tartibda joylashtirish imkoniyati mavjud. Onlayn tarzda yoki dasturni Windows operatsion tizimiga yuklahan holda ishlash mumkin. Projeqt


Projeqtdastrida taqdimotni jonlantiruvchi internetdan har qanday turdagi ma‘lumotlarni qo‘yish imkoni mavjud, ya‘ni RSS lentasi, Google haritasi, onlayn savol-javob, Youtube dan video lavhalarni yoki SaundCloud dan musiqalarni jaylashtirish mumkin. Slides dasturiga o‘xshab Projeqt dasturida slaydlar harakatini har qanday yo‘nalshda joylashtirish imkoni mavjud. Eng asosiysi Projeqt dasturida hosil qilingan taqdimotlarni har qanday internetga ulangan qurilmalarda yuklash va o‘zgartirish mumkin.

Interfeysi juda ham qulay, unda ishlash qiyin emas. Qiziqarli hususiyatlari: yaratilgan taqdimotlarni Power Point dasturiga va PDF hujjatlariga import qilish mukin va taqdimotlarni internetga joylashtirish juda qulay.

Project ta‘lim sohasida va ko‘rgazmalarda keng qo‘llanalmoqda. Flowboard


Keynotening Mobil versiyasi bilan faqatgina Flowboardtenglasha oladi. Dastur iPad qurilmasida taqdimotlarni o‘zingizning shaxsiy shablonlaringiz yordamida yaratish imkonini beradi. Interfeysi juda oson, funksiyalari yetarlicha ko‘p. Qiziqarli qurilmalari: Facebook, YouTube, Dropbox kabi veb sahaifalaridan rasmlar va videolarni taqdimotga joylashtirish kabi imkoniyatlarga ega.

Interfaol mul‘timedia taqdimoti

Interfaol mul‘timedia taqdimoti – ierarxik tamoyili asosida tizimlangan va maxsus foydalanuvchi interfeysi orqali boshqariladigan mul‘timedia komponentlari majmui.

Foydalanish maqsadidan kelib chiqib, interfaol taqdimotlar shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi:

korporativ mul‘timediali taqdimot; mul‘timediali katalog; mahsulot taqdimoti; o‘rgatuvchi yoki test dasturi; erkin foydalanishga ruxsat berilgan komp‘yuterlar uchun mul‘timedia qobig‘i; elektron nashr yoki mul‘timedali kitob.

Power Point dasturida taqdimotga ovozli va video-kliplar boshqa dasturlarga qaraganda qulay kiritiladi va namoyish etiladi. Dasturda mul‘timediali ob‘yektlarni tanlash uchun sichqonchaning o‘ng tugmasidan foydalaniladi, bunda namoyish etish optsiyasini o‘rnatish uchun animatsiya effekti menyusining komandalariga yo‘l ochiladi.

Taqdimotdagi mul‘timedia materiallarini namoyish etish uchun ro‘yxat tuzish va ketma-ketligini belgilash mumkin, ulardan foydalanishning barcha jihatlari oson va qulay. Ikkita dialog oynasi bilan ishlayotgan taqdirda ham asosiy funktsiyalarga murojaat etish uchun bitta usuldan foydalansa bo‘ladi.

Power Point dasturi videomateriallarni namoyish etishda fon ranglarining aniq va tiniqligini ta‘minlaydigan yagona dastur hisoblanadi.

Shuningdek, Power Point dasturi, boshqa dasturlardan farqli ravishda, videoob‘yektlarga namoyish davrida suzib (uchib) yuruvchi videotasvir kabi effektlarni qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Bundan tashqari, slayddan slaydga o‘tishning 46 xil effektidan foydalansa bo‘ladi. Animatsiya effekti funktsiyasi PowerPoint imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Ikkita dialog oynasi orqali u tasvirli hamda mul‘timediali ob‘yektlarni, animatsiyaning ko‘pgina funktsiyalarini birlashtiradi va taqdimotning xohlagan joyida ishlatilishi mumkin.

Power Point dasturi ko‘rgazmali o‘quv materiallarini tayyorlash uchun o‘qituvchining muhim yordamchisi hisoblanadi. Taqdimotlar o‘qituvchi so‘zlarini ko‘rgazmali qilishga, dars jarayonini qiziqarli bo‘lishida foydalaniladi. Taqdimotlardan keng foydalanishning sababi uni yaratishning osonligi va dastur imkoniyatlarini kengligidir. Power Point dasturi imkoniyatlaridan biri bu triggerlarni qo‘llashdir. «Trigger» (inglizcha so‘zdan olingan) – qurol tepkisi ma‘nosini anglatadi. Trigger – ob‘yekt tanlangandan keyin biror bir harakatni bajaruvchi animatsiya effekti. Trigger –bu interaktiv animatsiya yaratish vositasi bo‘lib, taqdimotning aniq bir elementini harakatini tanlash imkoniyatidir. Topshiriqning barcha elementlarini tanlash orqali ishga tushiriladi va o‘quvchi prizentatsiyani bevosita boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Taqdimotda triggerlarni qo‘llash Power Point dasturi imkoniyatlarini anchagina oshiradi. Uning yordamida taqdimotda turli interaktiv o‘yinlar, testlar, topshiriqlar, viktorinalar va boshqalarni tayyorlash mumkin bo‘ladi. Masalan triggerlar yordamida taqdimotda interaktiv testlar tayyorlash mumkin, testlarning javobi sifatida so‘zlar, raqamlar yoki tasvirlar ishtirok etishi mumkin. Agar o‘quvchi noto‘g‘ri javobni tanlasa u holda javob yo‘qolishi aks holda esa rangini, o‘lchamini yoki joylashishini o‘zgartirishi mumkin.

Shunday qilib, trigger yordamidagi taqdimot o‘quvchi harakatiga mos harakatlanishi mumkin, ya‘ni o‘quv materialining o‘quvchi bilan interfaol aloqada bo‘lishini ta‘minlaydi. Taqdimotda triggerlarni qo‘llash yordamida o‘quvchi o‘quv jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Bunda pedagog taqdimotning barcha qismlarini yoki alohida qismlarining chiqishini o‘zi belgilaydi. Triggerlar yordamida har qanday ob‘yektga harakatlar taqdim etishimiz mumkin, bu harakatlarni xohshimizga va vaziyatga ko‘ra tanlash imkoniyati ham mavjud.

Bu ko‘rinishdagi taqdimotlarni komp‘yuter va proektor orqali ko‘rishga cheklanmasdan, hatto elektron doskada ham qo‘llash mumkin. Bundan tashqari interfaol aloqadagi taqdimotni elektron ta‘limda ham qo‘llash mumkin. iSpringdasturi yordamida interfaol taqdimotlarni saytga joylashtirish, elektron pochta orqali jo‘natish va masofaviy ta‘lim tizimida qo‘llash mumkin.

Chet tillarini o‘qitishda interfaol trigerlarni ishlab chiqish muhim axamiyat kasb etadi. Chet tillarini o‘qitishda interfaol mul‘timedia taqdimoti yaratishni misollar yordamida ko‘rib chiqamiz.


Slaydda mevalar rasmi berilgan bo‘lib, topshiriqda bir(Find a banan) mevani qaysi ekanligini topishi kerak bo‘ladi. Buning uchun tug‘ri javobli ob‘yektga belgilash

(masalan:―kachenie‖),noto‘g‘ri javobga esa ob‘yektni chiqib ketish (masalan:―izcheznovenie‖) animatsiyasi tanlanadi. Oynaning chap qismidan ―oblast animatsii‖ oynasidan ―vremya‖ bandini tanlaymiz. Hosil bo‘lgan oynadan obektlarga mos animatsiya effektlarini sozlab chiqamiz.

Power Point dasturida to‘rt turdagi animatsiya effektlari bo‘lib, bular:




  • Вход (chiqish) effekti. ob‘yektni ekranni turli qismalaridan va turli ko‘rinishlarida chiqishi.


-Выход (chiqib ketish) effekti. ob‘yektni :slayddan turli ko‘rinishlarda chiqib ketadi.




  • Выделение (alohida ajratish) effekti. Misol sifatida ob‘yekt o‘lchamlarini kattalashtirish va kichiklashtirish, ranglarini o‘zgartirish, ob‘yektni o‘z atrofidan aylanishi keltirish mumkin.


  • Puti peremesheniya (bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish yo‘li) effekti. Ushbu effekt ob‘yektning pastga, yuqoriga, o‘ngga, chapga ko‘chishi va yulduz, aylana (va boshqa) troyektoriyalar bo‘yicha ko‘rinishlarni belgilaydi.


Slayddagi barcha animatsion effektlarni ―oblast animatsii‖ bo‘limidan ko‘rishimiz mumkin. Unda animatsiya effekti quyidagi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.


  1. - obyektning slaydda chiqish ketma-ketligining tartib raqamini ko‘rsatadi.


  2. - effektlar namoyish vaqt shkalasi


  3. - animatsiya effektining turini ifodolovchi belgilar. Bu misolda Выход effekti ekanligini ko‘rsatadi.


  4. - elementlar ro‘yxatidagi pastki yo‘nalishni tanlash orqali menyuni ko‘rish mumkin.


Muloqot oynasida ―Effekt‖ va ―Vremya‖ bandlari mavjud. Animatsiya effektining boshlanish vaqtining bir necha turlarining belgilari aks etgan:

По щелчку - animatsiya effekti slayddagi ob‘yekt tanlanganda boshlanadi.

С предыдущим - animatsiya effekti oldingi effekt bilan birgalikda ijro etiladi.

После предыдущего - animatsiya effekti ro‘yxatdagi oldingi effekt tomomlanishi bilan tezda ijro etiladi.

Barcha triggerlarni sozlab chiqganimizdan so‘ng ―oblast animatsii‖ ning ko‘rinishi quyidagi ko‘rinishda hosil bo‘ladi.


Переходы menyusidagi ―Смена слайда‖ bo‘limida «По щелчку» va «После» bandlaridagi tanlashlarni olib tashlash maqsadga muvofiqdir. Aks holda «По щелчку» bandidagi belgilanish ish sohasini barcha qismlarini tanlaganimizda keyingi slaydga o‘tishi, «После» bandidagi belgilanish esa avtomatik tarzda keyingi slaydga o‘tadi. Biz uchun esa faqat ob‘yektlar belgilanganda noto‘g‘ri javoblar slayddan yo‘qolishi, to‘g‘ri javob esa turli tomonlarga og‘ishi kerak bo‘ladi.


Keyingi misolimizda rasmlar tanlanganda unga mos keluvchi so‘zlarni rasm pastida aks etishini kuzatamiz. Buning uchun har bir so‘zni rasmga mos holda animatsiya menyusidan ―Пути перемешения‖ bandidagi ―Линии‖ buyrug‘ini tanlaymiz va rasmning pasti qismiga chizib tushiramiz. Oynaning chap qismidan ―Область анимацииi‖ oynasidan ―vremya‖ bandini tanlaymiz. Hosil bo‘lgan oynadan rasmlarga mos so‘zlarning ―преключатели‖ bandidan ―начать выполнение эффекта при щелчке‖ buyrug‘idan mos so‘zning chiqishlarini sozlab chiqamiz. Slayd namoyish etilganda rasmlar ustiga sichqoncha tugmasi bosilganda unga mos keladigan so‘zlar rasmning pastki qismida harakatlanganini ko‘rishimiz mumkin.


Keyingi misolimizda esa to‘g‘ri javoblar tanlanganda ―Correct‖, noto‘g‘ri javoblar tanlanganda esa ―Incorrect‖ yozuvlarning chiqishi bilan kuzatiladi. Shuning javoblarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi ovozli ko‘rinishda ham ifodalash mumkin. Buning uchun slaydga rasmlar va savol joylashtiriladi, ―Correct‖ va ―Incorrect‖ so‘zlari kiritiladi. Ushbu so‘zlarga animatsiya menyusidan ―Вход‖ bandidagi ―Фигура‖ buyrug‘ini tanlaymiz. Oynaning chap qismidan ―область анимации‖ oynasidan ―время‖ bandini tanlaymiz. Hosil bo‘lgan oynadan rasmlarga mos so‘zlarning ―преключатели‖dan ―Начать выполнение эффекта при щелчке‖ bandidan mos so‘zning chiqishlarini sozlab chiqamiz.


Demak, interfaol mul‘timediya taqdimotlarini ishlab chiqish o‘qituvchidan ijodkorlikni talab etadi. Kerakli manbalar, rasmlar, ovozlar to‘planadi va ishni bajarish algoritmining xomakisi tuziladi, so‘ngra natijalar kom‘yuterga kiritilib, yuqoridagi kabi interfaol taqdimotlar tayyorlanadi.

7-ma‘ruza. Prezi dasturi imkoniyatlari. Prezi.com da ro‗yxatdan o‗tish. Prezi dasturida yangi taqdimot yaratish. Taqdimotga ob‘ektlarni joylashtirish.

Flesh – taqdimotlarning zamonaviy vositalaridan biri Prezidasturidir. Prezidasturining o`ziga xosligi bu ma`lumotlarning ketma ket chiqishidir.

Power Point bilan Prezining eng katta farqi shundaki, Prezi asosan linyali formatga urg‘u beradi. Alohida qilib qaraydigan bo‘lsak Prezida ko‘rish imkonyatiga katta e‘tibor berilgani aniq bir farqdir. Prezi g‘oya, fikr va rejalar tarmog‘ini qurush uchun ishlatiladi.

ZUI – (zooming user interface) obyektivdagi suratni foydalanuvchilarga yaqinlashtirib yoki uzoqlashtirib ko‘rsatadi. ZUI foydalanuvchilarga turli xil hujjatlarni o‘zaro, to‘gridan to‘g‘ri ko‘rib, o‘rganib chiqishga imkon beradi.

Umuman olganda, Prezi Windowsda juda yaxshi ishlaydi, ammo Linuxda juda yomon ishlaydi. Prezi murakkab prezentatsiya yaratishda Adobe Flashdan foydalanadi va bu dastur eng oxirgi ko‘rinishda bo‘lishi shart. Prezi dasturining uchta turli xil shakllari mavjud: Prezi public Prezi enjoy Prezi pro.

Prezi public barcha foydalanuvchilar uchun bepul bo‘lsa, Prezi pro va Prezi enjoy esa ma‘lum bir to‘lovlarni talab qiladi.

Canvas – (―mustahkam va dag‘al mato‖ ma‘nosini anglatadi) prezentatsiya tayyorlash uchun maydon. Prezi ZUI texnologiyasidan foydalanganligi sababli har qanday berilgan canvas, ya‘ni maydon ko‘rinib turgan hududiga nisbatan kattaroq bo‘ladi. ZUI texnologiyasi foydalanuvchilarga maydon bo‘ylab erkin harakatlanish va ma‘lumot qo‘shish imkonyatlarini beradi. Prezini kompyuter, planshet, mobil telefonlardan ham foydalanilishi mumkin. O‘rganish juda oson va qulay bo‘lganligi sababli, har bir foydalanuvchiga mos keladi. Zoom yordamida Prezi taqdimoti slaydma slayd ko‘chmaydi, balki yangi joyga izma-iz ketadigan yo‘lak (Pathwaypoint) dan foydalanib yaqinlashtiradi.

Prezi – onlayn chiroyli taqdimotlar yaratishga moljallangan ilovalar. Bunda chiziqli bo`lmagan taqdimotlar tayyorlanadi, xohlagan bir fragmantni kattalashtirish va kichiklashtirish mumkin bo‘ladi.

Prezi dasturi Zui Labs kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, 2008 yil 15 dekabrda servis ishga tushirilgan.

Dasturlarda ishlashdan avval tayyor taqdimotlarning namunasini korib chiqish orqali tasavvurga ega bo`lish mumkin.

//prezi.com saytida ro`yxatdan o`tish oddiy bo`lib, avvalo siz dastur versiyasini tanlashingiz kerak bo`ladi, so`ng ro`yxat formasi to`ldiriladi. Formani to`ldirishda elektron manzilni kiritish talab etiladi.

Yangi taqdimotni yaratish uchun New Prezi tanlang. Shundan so`ng bir necha shablonlardan iborat yangi ko`rinish hosil bo`ladi. Agar toza varaqlarda ish boshlamoqchi bo`lsangiz unda Start blank prezi variantini tanlang.


Taqdimot shabloning tanlash muloqot oynasi

Taqdimot uchun shablonlarni tanlash orqali taqdimot asosni quramiz va unda kerakli ma`lumotlar bilan to`ldiramiz. Buning uchun taqdimot muharriri mavjud. Ish stoli elementlarini sichqoncha tugnasini bosish orqali tanlash mumkin. Demak shablondagi barcha elemenlarni, sarlavha, matn, rasmlarni tahrirlash va o`zgartirish mumkin.

Prezi taqdimoti muhariri oynasi

Taqdimot bilan ishlaganda zarur bo`ladiga asosiy uskunalar oynaning yuqori qismida jolashgan va uchta menyuga guruhlangan:

  • Frames and Arrows: formaning turli sohalarini belgilash imkoniyati va taqdimotga yangi slayd ko`rinishlarini qo`shish.


  • Insert: kerakli ma`lumotlarni taqdim etish uchun tasvirlar, video va boshqa fayllarni qo`shish imkoniyati. Keng va qo`llash mumkin bo`lgan klipart goleriyasidan foydalanish imkoniyati mavjud. Taqdimot namoyishdagi musiqal jo`rligini ham joylashtirish mumkin.


  • Theme: ko`rish jihozlanishini sozlash mumkin. Ushbu menyu yordamida biz hohlagan vaqtda boshqa mavzuni tanlash imkoniyatiga ega bo`lamiz. Taqdimot jihozlanishni yoki biror bir element rangini o`zgartirish orqali amalga oshirish mumkin.


Ishni hohlagan etapida taqdimotni qanday namoyish etilishini ko`rish mumkin, buning uchun oynaning chap tomonida joylashgan Present tugmasini tanlash orqali bajariladi. Prezi servis bo`lsada loyihani avtomatik saqlash imkoniyati mavjud, shunday bo`lsada muharirdan chiqib ketish oldidan quyidagi tugmani bosish lozim bo`ladi.


Taqdimotni saqlash muloqot oynasi

Hujjatni saqlash uchun avvalambor sahifaga murojat imkonini beradi, xohlagan ma‘qul uslubda tadbiq etishishingiz uchun. Ikkinchidan taqdimotni onlayn shaklida namoyish etish imkoniyatiga ega bo`lasiz. Hujjatning yana bir saqlash uslubi bu PDF formatida saqlash. So`ngi variant bu taqimotni o`z kompyuteringizga avtonom ko`rinishda saqlash Inetnetga ulanmagan holda ham taqdimotni ko‘rish imkoniyati.

Prezi dasturini ishga tushiring. Sahifaning yuqori qismdagi «Create» tugmasini tanlang. «Your Prezis» qatoridagi «+New Prezi» tugmasini tanlang.


Taqdimot uchun eskiz o‘ylab toping. Qanday maqul deb topsangiz ish sohasiga hohlagan kadrlarni joylashtirng.

Prezi uchun dizayn tanlang, unda taqdimot maksimal kichraytirilganda qanday ko`rinishga kelishi mumkinligini tasavvur qiling. Taqdimot yaratishda yaxshi natijaga erishish uchun oldindan chiqish effekti tuzilishini tasavvur qilish ya`ni ketma- ketligini to`g`ri tashkil etish lozim .

Taqdimot asosi uchun tayanch nuqtalarni tanlab joylashtiring. Bu nuqtalar – kordinatsion nuqtalar deb tasavvur qiling, har bir kadrni yaratganda hu nuqtalarga tayanib ish tuting.


Taqdimotni yo`nalish kabi ekanligi haqida o`ylang. Yo‘nlaish bu – taqdimotni bir kadrdan ikkinchisiga o`tishi kabidir.

Yo`nalish kabi taqdimotni namoyish etilishini o`ylang. Yo‘nalish – bu, taqdimot bir kadrdan boshqasiga o‘tgani kabi harkat qiladi. Yo`nalish chiziqli ketma–ket harakat qilish o‘rniga, yo‘nalish har xil tartibda harakatlanadi, yo`nalish bo`yicha harakatlanayotgandek ―kamera‖ taqdimotdan taqdimotga ko`chadi.

Taqdimotda yo`nalishi barqaror bo`lishiga etibor berishingiz lozim. Taqdimotni rejalashtirilgan vaqtda kamera eskiz bo`ylab harakatlanishini e`tiborga oling. Prezi obyektlarni kattalashitirish, kichiklashtirish va aylanish imkoniyatiga ega.



Nazorat savollari:

1.Taqdimot tushunchasi va ularning turlari.

2.Multimediyali taqdimotlar va ulani ta‘lim jarayonida qo‗llashning afzalliklar.

3.O’quv taqdimotiga qo’yilgan talablarni ayting.



4.Taqdimot yaratishning zamonaviy dasturiy vositalari va taqdimot yaratishning onlayn xizmatlar
Download 27,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish