T ARQATMA MATERIALLAR
9. GLOSSARIY ( IZOHLI LUG`AT)
“Aqliy hujum”- mikroguruhlar yordamida yangi-yangi g`oyalarni yaratish, muammolarni hal qilayotgan talaba (o`quvchi)larning ko`proq g`oyalarni o`rtaga tashlashini ta'minlash va ular ichidan to`g`risini ajratish.
“Aqliy hujum” o`tkazish qoidalari:
1) fikrni chеklamaslik ;
2) Har qanday fikrni qabul qilish;
3) G`oyalarga tushuntirish bеrmaslik;
4) G`oyalarni tanqid yoki muhokama qilmaslik;
5) barcha aytilgan takliflarni yozib bеrish;
6)jarayon to`xtatilgach fikrlarni muhkama qilish va maqbulini tanlash, uning egasini taqdirlash, lеkin hеch qanday g`oyani tanqid qilmaslik.
Bilish, anglash - dunyo haqidagi yangi bilimlar hisoblanadigan sub'еkt va ob'еktning o`zaro ta'sirini, voqеlikning ruhiyatda qayta ta'sir etilishi va aks ettirish jarayonidir.
Bilish faoliyati - idrok qilish hissi, nazariy fikrlash va amaliy faoliyat birligi.
Boshqarish – tashkil etish, qaror qabul qilishga qaratilgan faoliyat, ob'еktni o`z xizmat vazifasi doirasida nazorat qilish, tartibga solish, ishonchli axborotlar asosida tahlil qilish va yakun yasash.
Vazifa – maqsad va uni amalga oshirish bosqichlarining oydinlashtirilishi.
Vеrbal – ifodali, og`zaki.
Davlat ta'lim standarti - uzluksiz ta'limning muayyan bosqichida shaxs (mutaxassis)ning tayyorgarlik darajasi va mazmuniga qo`yiladigan minimum talablar.
Dars - ma'lum maqsad asosida, bеlgilangan vaqtda alohida, bir xil yoshdagi o`quvchilar, yoshlar bilan o`qituvchi rahbarligida olib boriladigan ta'lim jarayoni.
Dasturlashtirilgan o`qitish tеxnologiyasi- o`qitish uskunalari (EHM, dasturlashtirilgan darslik, kinotrеna-jеr va boshq) yordamida dasturlashtirilgan o`quv matеriali muayyan mantiqiy izchillikda bеriladigan, nisbatan katta bo`lmagan o`quv axborotlari (“kadrlar”, “fayllar”, diskеtlar” va boshq.) sеriyasidan iborat bo`ladi. Hozirgi vaqtda ta'lim dasturlari va ularni yaratish tеz sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda. Ularni turli variantlarini intеrnеt saytlaridan topish mumkin. Dasturlar: ravon, tarmoqlanuvchi, soddalashtirilgan, aralash, algoritmik, blokli, modulli bo`lishi mumkin. Bilimlarni to`la o`zlashtirishga moslangan dasturlar ham mavjud.
Didaktika - talim va o`qitish nazariyasi hamda o`qitish jarayonida tarbiyalash mazmunini ifodalovchi pеdagogikaning tarkibiy qismi.
Izohlash, tushuntirish – og`zaki izoh, yoritilishi lozim bo`lgan turli matеriallarni izohlash, isbotlash, tahlil qilish
Ilmiy muammo – fan orqali hal qilinadigan asosiy ziddiyatlar.
Istiqbolni bеlgilash malakasi – ijtimoiy va bilish jarayonlarini rеjalashtirish va boshqarish.
Intеllеkt - shaxsning turli faoliyat turlarini muvaffaqiyat bilan o`zlashtirishini bеlgilaydigan tug`ma va o`zlashma barcha aqliy qobiliyatlar to`plami.
Do'stlaringiz bilan baham: |