Umumiy pedagogika fanidan topshiriqlar 26-variant



Download 24,47 Kb.
bet1/2
Sana06.07.2022
Hajmi24,47 Kb.
#745483
  1   2
Bog'liq
120637 Variant 26


Umumiy pedagogika fanidan topshiriqlar
26-variant
1.Ma’naviy-axloqiy tarbiya shaxs dunyoqarashini shakllantirishning muhim omili mavzusida yozma javob yozing.
2. Tarbiyaning umumiy metodlari mavzusida taqdimot tayyorlang
3. Innovatsion texnologiyalar asosida aralashgan dars tipiga tabiatshunoslik fanidan 1-soatlik dars ishlanmasi yarating

JAVOBLAR


  1. Ma'naviyaxloqiy tarbiya shaxs dunyoqarashini shakllantirishning muhim omili.

Shaxs dunyoqarashining shakllanishida ma'naviy-axloqiy tarbiya ham muhim o‘ringa ega bo‘lib, uni samarali 
tashkil etish o‘quvchida ma'naviy-axloqiy ongni shakllantirishga yordam beradi. Axloqiy tarbiya 
muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlarini 
o‘quvchilar ongiga singdirish ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari hamda axloqiy 
madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy 
qismlaridan biri sanaladi.
Axloqiy tarbiyaning asosi axloq va axloqiy me'yorlardir. Axloq (lotincha «moralis» xulq-atvor 
ma'nosini bildiradi) ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan 
jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi. 
Axloqiy me'yorlar to‘g‘risidagi bilimlar o‘quvchilar ongiga ta'lim va tarbiya jarayonida singdirilib 
boriladi. Axloqiy tarbiyaning natijasi o‘quvchilarda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari va axloqiy 
madaniyatning shakllanishida ko‘rinadi. 
Axloqiy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, jamiyat tomonidan tan olingan va rioya 
qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari, shuningdek, milliy istiqlol g‘oyasining o‘quvchilar 
ongida aks etishidir. 
Axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari hamda axloqiy madaniyat ta'lim-tarbiya jarayonida 
yo‘lga qo‘yilayotgan axloqiy, ijtimoiy-g‘oyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzulardagi 
suhbat, bahs-munozara, debatlar xalq xo‘jaligining turli sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan, ilm-
fan, madaniyat, ishlab chiqarish hamda sport sohalarida yuksak darajadagi muvaffaqiyatlarni qo‘lga kirish 
bilan O‘zbekiston Respublikasi nomini jahonga mashhur qilayotgan, uning obro‘-e'tiborining oshishiga 
o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan shaxslar hayoti va faoliyat to‘g‘risidagi ma'lumotlardan samarali 
foydalanish, vatanparvarlik namunalarini ko‘rsatgan, xalq qahramonlari namunasida shakllantiriladi.
Axloqiy tarbiya o‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega 
bo‘lib, uni samarali tashkil etishda ong, his-tuyg‘u hamda xulq-atvor birligiga erishish maqsadga 
muvofiqdir. Zero, ular birligida ma'lum kamchiliklarning yuzaga kelishi ham o‘quvchilarning komil 
shaxs bo‘lib kamol topishlariga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Dunyoqarash tabiat, jamiyat, inson tafakkuri 
hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e'tiqodlar 
tizimidir. Yuksak ma'naviy komillik, yurt ozodligi, obodligi va xalq farovonli yo‘lida fidokorona mehnat qilish, o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan talabchan bo‘lish, o‘zida irodaviy sifatlarni tarbiyalay olish, intiluvchanlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, ijodkorlik hamda mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo‘lish kabi xislatlarni mustaqil O‘zbekiston Respublikasi hayotida ustuvor bo‘lgan tamoyillar sifatida e'tirof etish mumkin. 
O‘quvchilarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi asoslari tayanch omillar sifatida namoyon bo‘ladi. Axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida axloqiy mazmundagi suhbat, ma'ruza, bahs-munozara, konferensiya, seminar hamda debatlardan foydalanish o‘zining ijobiy natijalarini beradi. O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida fuqarolarda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usining qaror topganligi, o‘tmish hadriyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning ortganligi oilaning shaxs kamolotida tutgan o‘rni va rolini xolisona baholash imkonini berdi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrlarni bayon etadi: «Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga quriladi, o‘zining ko‘p asrlik mustahkam va ma'naviy tayanchlariga ega bo‘ladi. Oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab-ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. 
O‘zbekistonning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilaning, qarindosh-
urug‘lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi 
o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma'naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir».
Davlatning oilaga nisbatan g‘amxo‘rligi qabul qilinayotgan qonun va qarorlarda o‘z ifodasini 
topmoqda. Respublikada «Oila» ilmiy-amaliy Markazi tashkil etilganligi buning yorqin dalilidir.

Download 24,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish