Umumiy pedagogika fanidan topshiriqlar 26-variant


TABIATSHUNOSLIK FANIDAN DARS ISHLANMA



Download 24,47 Kb.
bet2/2
Sana06.07.2022
Hajmi24,47 Kb.
#745483
1   2
Bog'liq
120637 Variant 26

2.TABIATSHUNOSLIK FANIDAN DARS ISHLANMA
Mavzu: O’rmonlar.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad:
O’quvchilarga o’rmonlar, uning tabiati, joylashgan o’rni, turlari haqida ma’lumotlar berish. O’rmonlarning tabiatdagi ahamiyatini tushuntirish.
Tarbiyaviy maqsad:
O’quvchilarni tabiatga befarq bo’lmaslikka, tabiatni asrab – avaylashga o’rgatish. Atrofidagi barcha narsalardan zavqlanishga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
O’quvchilarni tabiat haqidagi tasavvurlarini oshirish, dunyoqarashini yanada kengaytirish.
Darsning jihozlanishi:
Darslik, o’rmonlar va o’rmon mahsulotlari va yovvoyi hayvonlar tushirilgan rangli rasmlar, slaydlar.
Darsda qo’llaniladigan metodlar:
Suhbatlashish, savol-javob, “Aqliy hujum”, “O’z o’rnini top” interfaol metodlari.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish;
b) Davomatni aniqlash;
c) Ko’rgazmalarni darsga tayyorlash;
d) O’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Do’stona kelishuv”
• Intizom
• O’zaro hurmat
• Faollik
• Aniqlik
• Ahillik
• O’ng qo’l qoidasi
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
O’tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun o’quvchilarga quyidagi savollarni beriladi. Savollar Bilimdonlar daraxtidagi barglarni terish orqali o’quvchilar tomonidan o’qib, javob beriladi. Ba’zi bir barglarga esa savol o’rniga rag’bat yashirilgan bo’ladi. Omadli o’quvchilarga rag’bat chiqadi va savollarga javob bermasdan rag’batni qo’lga kiritadilar.
1. Hozir qanday dars o’tyapmiz?
2. Daryolar deb nimaga aytiladi?
3. Quyosh sistemasini qanday osmon jismlari tashkil etadi?
4. Kanallar nima? Ular qayerlarda qaziladi?
5. Materiklar haqida nimalarni bilasiz?
6. Okeanlarni sanab bering.
7. Yer yuzasining qancha qismini suv egallagan?
8. Daraxt barglari nima uchun sarg’ayadi?
9. Yer yuzidagi eng baland cho’qqi nima deb nomlanadi?
O’quvchilar tanlagan barglaridagi savollar orqali avvalgi darsda o’tilgan mavzular haqida ma’lumotlar beradilar. Bu bilan avvalgi o’tilgan mavzu mustahkamlanadi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Bolajonlar bugun sizlar bilan o’rmonlar haqida suhbatlashamiz hamda o’rganamiz.
Bog’larda mevali daraxtlar, ko’cha va xiyobonlarda manzarali daraxtlar o’sadi. Bu daraxtlar inson tomonidan ekiladi va parvarish qilinadi. Ularning orasi bir-biridan ma’lum masofada bo’ladi va katta maydonni egallamaydi.
Yer yuzida shunday katta maydonlarni egallagan daraxtzorlar borki, unda daraxtlar bir-biriga juda yaqin, ya’ni zich bo’lib o’sadi.
Daraxtlar zich o’sadigan katta yer maydoni o’rmon deb ataladi.
O’rmonlarda qarag’ay, qayin, archa, kedr, eman kabi daraxtlar o’sadi. Qanday daraxtlar o’sishi o’rmon egallagan joyning tabiiy sharoitiga bog’liq. O’rmonda daraxtlar bilan bir qatorda buta va o’tlar ham o’sadi.
Keying paytlarda o’rmondagi kesilgan daraxtlar o’rniga uning ko’chatlari ekilmoqda. Ba’zi joylarda ko’chatlar ekilib, sun’iy o’rmonlar tashkil qilingan. Yer yuzidagi yovvoyi hayvon turlarining ko’p qismi o’rmonlarda hayot kechiradi. O’rmonlarda arslon, yo’lbars, ayiq, bo’ri, tulki, maymun kabi yirik hayvonlar yashaydi.
O’zbekiston hududida tog’, to’qay va cho’l o’rmonlari mavjud. Tog’ yonbag’irlaridagi archazorlar, yong’oqzorlar, pistazorlar va boshqalar tog’ o’rmonlarini tashkil etadi. Tog’ o’rmonlarida qayin, terak kabi daraxtlar ham o’sadi. Bunday o’rmonlar o’lkamizning tog’li hududlarida katta maydonni egallaydi. Tog’ o’rmonlari ekologiyani yaxshilashda, tuproqlar yuvilib ketmasligida , tog’ ko’chkilarining oldini olishda muhim o’rin tutadi.
To’qay o’rmonlarida jiyda, turang’il, shumtol kabi daraxtlar o’sadi. To’qay o’rmonlari amudaryo sohillarini va daryo hosil qilgan orollarni egallagan. Qizilqumning ayrim joylarida saksovullardan iborat bo’lgan cho’l o’rmonlariham uchraydi. Havoni kislorod bilan boyitishda o’rmonlarning ahamiyati juda katta. O’rmonlar yog’och-taxta zaxirasi hamdir. Binolarni qurishda, mebel va boshqa buyumlarni yasashda asosan o’rmon daraxtlari ishlatiladi. Qog’ozlar ham o’rmon daraxtlarining mahsuli hisoblanadi.
Tibbiyot sohasida ishlatiladigan dorilarning yarmiga yaqini o’rmonlarda osadigan daraxtlarning meva va barglaridan, butalarning po’stidan olinadi. Shuning uchun ham o’rmonni “yashil dorixona” deb ham atashadi.
O’rmonlar egallagan maydonlar keskin kamayib ketsa, tabiatga jiddiy zarar yetadi. Buning oldini olish maqsadida o’rmonlar egallagan maydonlarning keskin qisqarib ketishiga yo’l qo’ymaslik, kesilgan daraxtlar o’rniga ko’chatlar ekib, o’rmonni tiklash zarur.
Mamlakatimizdagi o’rmonlar umummilliy boylik bo’lib, davlat mulki hisoblanadiva davlat tomonidan qo’riqlanadi. Hozirgi davrda o’lkamiz hududida 70ga yaqin o’rmon ho’jaligi faoliyat ko’rsatadi. O’rmon ho’jaliklari o’rmonni o’rganish, tiklash, daraxtlarni o’stirish, yong’indan va zararkunanda hasharotlardan saqlash, hisobga olish ishlarini bajaradi. O’rmon ho’jaligida kesilgan har bir daraxt o’rniga bir nechta daraxt ko’chati ekiladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi savollar yozilgan tarqatmalar tarqatiladi.
1. O’rmonlar deb nimaga aytiladi? O’rmondagi daraxtlarning xiyobon va bog’lardagi daraxtlardan qanday farqi bor?
2. O’rmonning tabiatdagi ahamiyatini so’zlab bering.
3. O’rmonlardan qanday foydali mahsulotlar olamiz?
4. O’lkamiz hududida qancha o’rmon ho’jaligi mavjud?
5. O’rmonlarning ikkinchi nomi nima?
6. O’rmon turlarini sanab bering. Ular bir-biridan qanday farqlanadi?
O’quvchilar javoblari tinglanib, to’ldirib boriladi va umumlashtiriladi.
V. Darsni yakunlash, o’quvchilarni rag’batlantirish.
Dars so’nggida mavzu hulosalanib, dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilarni rag’batlantiriladi va e’lon qilib qo’yiladi.
VI. Uyga vazifa.
O’quvchilarga darslikdagi berilgan mavzuni o’qib kelish, mavzu so’nggida berilgan savollarga javob topish va mavzu yuzasidan rasm chizib kelish uyga vazifa sifatida beriladi.
Download 24,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish