1
D.T.S. nima?
Umumiy o’rta ta‘limning davlat ta‘lim
standarti (keyingi o’rinlarda davlat
ta‘lim standarti deb ataladi) davlat
ta‘lim standartining maqsad va
vazifalarini, asosiy prinsiplarini,
tarkibiy qismlarini, davlat ta‘lim
standartlarini joriy etish hamda davlat
ta‘lim standartlari talablariga rioya
etilishini nazorat qilish tartibini
belgilaydi.
2 D.T.S. Vazirlar Mahkamasining qaysi va
qaysi yildagi qarorida aks ettirilgan?
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining «Uzluksiz ta‘lim
tizimi uchun davlat ta‘lim
standartlarini ishlab chiqish va amalda
joriy etish to’g’risida» 1998-yil 5-
yanvardagi 5-son qarori;
3 O‘quv dasturi kim tomonidan tuziladi?
Va oxirgisi qachon qabul qilingan?
O’quv dasturi O’zbekiston
Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi
tomonidan ishlab chiqiladi va
tasdiqlanadi. Umumiy o’rta ta‘limning
malaka talablari umum ta‘lim fanlari
bo’yicha ta‘lim mazmunining majburiy
minimumi va yakuniy maqsadlariga,
o’quv yuklamalari hajmiga hamda
ta‘lim sifatiga qo’yiladigan talablardan
iborat.
4 1-sinf matematika darslari uchun o‘quv
dasturida necha soat ajratilgan?
Haftasiga 5 soat (165 soat)
5 2-sinf matematika darslari uchun o‘quv
dasturida necha soat ajratilgan?
Haftasiga 5 soat (170 soat, A1+:
204 soat)
6 Kompetensiya deganda nimani
tushunasiz?
Kompetensiya — mavjud bilim,
ko’nikma va malakalarni kundalik
faoliyatda qo’llay olish qobiliyati.
7 Tayanch o‘quv rejani qanday
tushundingiz?
Tayanch o’quv reja umumta‘lim
fanlari bo’yicha belgilangan ta‘lim
mazmunini o’quvchiga yetkazish
uchun ajratilgan o’quv soatlari (davlat
ixtiyoridagi va maktab ixtiyoridagi
soatlar)ning minimal hajmini
belgilaydi.
8 1-sinf matematika darslari uchun o‘quv
dasturi necha bo‘limdan iborat?
5 bo’limdan
9 2-sinf matematika darslari uchun o‘quv
6 bo’limdan
dasturida necha bo‘lim bilan ajratilgan?
10 1-sinf matematika darslari uchun
ajratilgan bo‘limlar nomlarini ketma-
ketlikda aytib bering.
1-bo‘lim. NARSALARNING TO‘PLAMLARI.
1 DAN 10 GACHA BO‘LGAN SONLAR. 10
ICHIDA QO‘SH ISH VA AYIRISH AMALLARI.
2-bo‘lim. 11 DAN 100 GACHA BO‘LGAN
SONLAR. GEOMETRIK SHAKLLAR 3-bo‘lim.
GEOMETRIK SHAKLLAR. MATNLI MASALALAR.
4-bo‘lim. GEOMETRIK SHAKLLAR. MANTIQIY
TUSHUNCHALAR
5-bo‘lim. SONLI IFODALAR.
JADVALLAR. GEOMETRIK SHAKLLAR
11 2-sinf matematika darslari uchun
ajratilgan bo‘limlar nomlarini ketma-
ketlikda aytib bering.
1-bo‘lim. SONLAR VA HISOBLASHLAR. 100
ICHIDA O‘NLIKDAN O‘TIB QO‘SHISH VA
AYIRISH 2-bo‘lim. SONLI IFODALAR.
TENGLAMALAR. GEOMETRIK SHAKLLAR VA
KATTALIKLAR 3-bo‘lim. KO‘PAYTIRISH VA
BO‘LISH. GEOMETRIK SHAKLLAR VA
KATTALIKLAR 4-bo‘lim. JADVAL ICHIDA
KO‘PAYTIRISH VA BO‘LISH 5-bo‘lim.
ULUSHLAR. GEOMETRIK SHAKLLAR VA
KATTALIKLAR 6-bo‘lim. UCH XONALI
SONLARNI RAQAMLASH. MINGLIK.
12 1-sinf va 2-sinflar uchun matematika
darslarining tuzilishini o‘quv dasturdan
taqqoslash asosida farqini izohlab
bering?
Taqqoslash usuli qaralayotgan sonlar,
arifmetik misollar, masalalarning
o’xshash va farqli allomatlarini
ajratishdan iborat. Matematika bosh
lang’ich kursi taqqoslash usulining
qo ‘llanilishi uchun katta
imkoniyatlar ochib beradi: sonlarni,
ifodalar va sonlarni taqqoslash ; ikkita
ifodani taqqoslash; masalalarni
taqqosla sh v a h.k.