Hosil qiluvchi to‘qima (meristema). Bu to‘qima o‘simlik hayoti bilan uzviy bog‘liq. O‘simlik hujayrasi shu to‘qima yordamida bo‘linib ko‘payadi va yangi to‘qima hamda organlar hosil bo‘ladi. Natijada o‘simlik o‘sishda davom etadi.
Hayvonlarda bu to‘qima bo‘lmaydi. Meristema to‘qimasi o‘simlikning turli qismlarida joylashadi. Bu to‘qima hujayralari yupqa va egiluvchan bo‘ladi. Ular o‘simlikning eniga va bo‘yiga o‘sishiga yordam beradi.
Asosiy to‘qima. Bu to‘qimaning eng muhim vazifasi fotosintez jarayonini, ya’ni o‘simliklarda moddalar almashinuvini amalga oshirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |