Talim mazmuni va maqsadlari orasidagi uzviylikni taminlashning pedagogik va dedaktik asoslari
Ta`limning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzumga muvofik fan, texnika, texnologiyalar, ishlab chikarish, madaniyat, ijtimoiy xayet tarakkiyoti asosida tarixan о`zgarib borishi bilan birga umumiy о`rta ta`lim maktablarida о`qitishning didaktik tavsifini ham belgilaydi. Ta`limning maqsadi о`qitishning ma`lum makeadga karatilganligi va unga muvofik kelishini о`zida aks ettirgan, ta`limning ijtimoiy xususiyati, jamiyat xayotidagi ahamiyatini ochib beradigan, uning yо`nalishi, mazmuni, shakl va usullarini belgilaydigan ijtimoiy-pedagogik hodisadir.
Ta`lim maqsadida «Inson qanday bо`lishi lozim?», «Unga qanday ijtimoiy extiyojlarni kondirish uchun ta`lim berish kerak?» degan talablar ifodalangan bо`dadi. Ta`lim jarayonida uning maqsadlarini belgilovchi jamiyat talablari tо`la holda aks etsagina, о`quvchi shaxsi har tomonlama rivojlanishi mumkin. Ta`lim maqsadi о`zining ijtimoiy tabiatiga kо`ra kо`p kirrali bо`lib, u о`quv jarayoni amaliyotiga tatbik etilgach, ya`ni kutilgan natijaga erishilgandan keyin shu asosda yangi maqsadlar kо`yiladi. Ular esa ta`limning dastlabki maqsadini takomillashtirishga xizmat kiladi. Dastlab tanlangan ta`lim maqsadi, ularni amalga oshirish vositasiga aylanadi. Chunki umumiy о`rta ta`lim jarayonining о`zi ta`lim maqsadini jamiyat tarakkiyoti talablari asosida uzluksiz muvofiklashtirishni taqozo etadi.
Ta`lim maqsadini tо`g`ri belgilash natijasida shaxs, davlat va jamiyat, fan, texnika, texnologiyalar hamda ishlab chiqarishni samarali rivojlantirish uchun ijtimoiy resurs, imkoniyat vujudga keladi. Bu о`rinda O`zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da tо`g`ri belgilanganidek, shaxs, davlat va jamiyat, fan, texnika, texnologiyalar hamda ishlab chiqarish munosabatlari ikki tomonlama ahamiyatga egadir: jamiyat, fan, texnika, texnologiyalar, ishlab chiqarish о`zining istiqboldagi taraqqiyoti uchun qanday mutaxassis zarurligini belgilasa, shaxs esa fan, texika, texnologiyalar xamda ishlab chiqarishning samarali rivojlanishini ta`minlaydi. Ta`lim maqsadini ikki kiyemga ajratish mumkin. Ijtimoiy talab davlat va jamiyatning extiyojlaridan kelib chiqadi. Bunda ta`lim maqsadi davlat tomonidan tasdiqlangan meyoriy hujjatlarda о`z ifodasini topadi. Jumladan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da umumiy о`rta ta`limning maqsadi quyidagicha belgilab berilgan: "Tо`qqiz yillik ( І-ІX sinflar) о`qishdan iborat umumiy о`rta ta`lim majburiydir. Ta`limning bu turi boshlang`ich ta`limni (І-ІVsinflar) kamrab oladi xamda о`quvchilarning fanlar asoslari bо`yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim, о`zlashtirish extiyojini, asosiy о`quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma`naviy-axloqiy fazilatlarni, mexnat kо`nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muxitga ongli munosabatda bо`lishni va kasb tanlashni shakllantiradi.
Jamiyat hayoti hamisha taraqqiy etib, rivojlanib boradi. Uning xilma-xil rivojlanish imkoniyatlari ta`lim jarayoni oldiga turli davrlarda turlicha maqsadlar qо`yadi. Bu maqsadlar ifodalanshli va amalga oshishi о`qitishning turli usul va vositalari kо`llanilishini talab kiladi. Shuning uchun xam ta`lim jamiyat tarakkiyotining hozirgi boskichidagi maqsadini tо`la amalga oshirish, buning uchun zarur bо`ladigan usul va vositalarni belgilab berish didaktikaning dolzarb masalalaridandir. Ta`lim maqsadini amalga oshirish uchun zarur bо`lgan usul va vositalarni tanlashda ta`lim maqsadlarining rivojlanish tarixini urganish muxim ahamiyatga ega. Bunday izlanishning zarurligi kuyidagi omillar bilan belgilanadi:
Bugungi kunning muayyan holatini anglash, istikbolni belgilash, mazkur muammoning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini о`rganishning zarurligi.
Ta`lim maqsadining rivojlanish boskichlari didaktika tarixida umuman о`rganilmagan masalalardandir. Ta`lim maqsadlarining rivojlanish tarixini о`rganish o`zbek xalki ma`naviyati va tarixiga yangicha munosabat shakllanayotgan hozirgi davrda alohida ilmiy-amaliy qimmatga egadir. Ta`lim maqsadi va uning ifodalanishiga bagishlangan qarashlarimizni izchil tizimli tahlil qilishga qaror qildik. Ma`lumki, ta`lim maqsadi ta`lim mazmuni, о`quv vositalari, usul va metodlarida ifodalanadi. Ta`lim vositalarining asosiy shakllari о`quv dasturlari, darslik va о`quv-metodik adabiyotlardir. О`zbek xalqining butun hayoti davomida ta`limda shaxsning odob-axloqini muntazam rivojlantirib borish ustuvor ahamiyat kasb etadi. Natijada ta`lim jarayonida о`quvchilar muntazam xalqimizning urf-odatlari, madaniyati, tarixi, til boyliklari, odob-axloq meyorlarini о`zlashtirib boradilar. Ayni zamonda bu xolat barcha davrlarda ustuvor axamiyat kasb etib, ta`limning asosiy maqsadi barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat ekanligini byolgilab bergan. Bundan tashqari ta`limning azaliy maqsadlaridan biri о`quvchining ona tilida fikrlashi va о`z fikrini ona tilida bayon etish kо`nikmalarini egallashiga erishishdan iboratdir.
Dastlab uzok ayerlar davomida amalga oshirilgan ta`lim tarixi xamda ta`lim maqsadining rivojlanish dinamikasi haqida fikr yuritamiz.
ІX-XІX asrlarda, asosan, turkiy, turkcha, qator manbalarda hoqoniy, qoshg`ariy, chig`atoiy atamalari bilan yuritilgan o`zbek tilida xam keng kо`lamli ta`lim-tarbiya jarayoni amalga oshirilgan. Bu davrda ta`lim mazmuni dastlab turkiy yozma yodgorliklarda о`z ifodasini topgan.
Ta`lim mazmunini bashorat qilishda uning maqsadi yо`naltiruvchi asos hisoblanadi. Afsuski, bu holat о`quv dasturlari va darslik mualliflari tomonidan kо`pincha hisobga olinmaydi. Natijada ta`lim mazmuni bilan uning maqsadi orasida nomutanosiblik vujudga keladi. Bu esa pirovard natija hisoblangan о`quv jarayoni sifatiga salbiy ta`sir kо`rsatadi.
Shaxsga yо`naltirilgan ta`lim mazmunini amaliyotga tatbiq kilish, о`quv jarayoniga ilgor texnologiyalarni olib kirish zaruriyati ta`lim mazmuni bilan uning maqsadi orasida mutanosiblikni ta`minlashni taqozo qiladi.
Ta`lim maqsadiga muvofiq keladigan ta`lim mazmuni va uni ifodalovchi о`quv modellari о`quv-biluv jarayonining muxim tashkiliy qismi hisoblanib, uning asosiy maqsadi о`zgarishlarni ta`lim mazmunining DTSda belgilab kuyilgan negiziga mutanosib tarzda kiritishdan iboratdir. Bugungi kunda ta`lim maqsadi asosida uning mazmunini muntazam yangilash, uning shaxsga yunaltirilgan demokratik modelini belgilab berish zaruriyati mavjud. Ta`lim maqsadiga mos ravishda о`quv-biluv jarayoni mamunida bir qator о`zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, о`quv topshirikdari muntazam yangilanmokda. Bu pedagogik tadbir ta`lim maqsadining rivojlanayotganligi bilan bog`liq tarzda amalga oshirilmokda. Bu о`z navbatida shaxsga yunaltirilgan ta`lim texnologiyalarini о`quv jarayoniga olib kirishni talab qilmokda. Ta`lim maqsadiga mos keladigan ta`lim jarayonining natijalari о`quvchining aqliy, xuquqiy, fukarolik, kommunikativlik, axborotli va tafakkurning boshka yunalishlarida chukur mahoratga ega bо`lish imkonini berishi lozim. Bunda о`quv-biluv jarayonida muxim о`rinni о`qituvchilar bilan о`quvchilar orasida о`zaro fikr almashishga imkon beradigan ta`limiy topshiriqpar egallashi zarur. Ta`lim mazmunini uning maqsadiga mos tarzda belgilash imkoniyatlari quyidagilarda namoyon bо`lishi kerak:
О`quvchilarga takdim etiladigan о`quv materiallari va ta`limiy topshiriklar birinchi navbatda ta`limning umumiy maqsadi va о`quv predmeti maqsadiga mos kelishi lozim.
О`zaro bir-birini takrorlaydigan tushunchalar, о`quv matnlari xamda ta`limiy topshiriqlarni ta`lim maqsadiga mos tarzda uyg`unlashtirgan holda о`quvchilarga taqdim etishga erishish.
Ta`lim maqsadiga mos keladigan ta`lim mazmunini belgilashda о`qitish texnologiyasi va о`quvchi tomonidan bajariladigan ta`limiy topshiriqlarni aniq rejalashtirish.
Ta`lim maqsadiga mos tarzda turli yо`nalishda interfaol ish turlarini kengaytirishga erishish.
О`quvchilarga ta`lim maqsadiga mos tarzda takdim etiladigan о`quv materiallari uzbek xalkining turmush tarzi, urf-odatlari, mentaliteti, ma`naviy-madaniy xayoti, mashgulotlari, yashash xududi bilan chambarchas bog`langan, ularni о`quvchi kо`z о`ngida gavdalantira oladigan bо`lishiga erishish.
O`quv-metodik majmualar tarkibida beriladigan о`quv materiallari, ta`limiy topshiriklar, didaktik ishlanmalar, savol va topshirikdar, mustaqil ishlar, uy vazifalari, о`quvchining individual bilim olishi, voqea-xodisalarni taxlil qilishi, egallagan bilimlarini amalda qo`llashi uchun qulay bо`lishini ta`minlash.
Ta`lim maqsadidan kelib chikqan xolda о`quvchining mustaqil bilim olishini tashkil etish orkali ta`lim mazmunini maqsadga muvofiq tarzda belgilash imkoniyati vujudga keladi. Bu esa dars jarayonida о`quvchilarning mustakil faoliyat kо`rsatishlariga imkoniyat yaratadi.
Ta`lim jarayonining ta`lim maqsadiga mos kelishini ta`minlash uchun
kuyidagilarga erishish lozim:
1. Ijtimoiy talab va ta`lim maqsadidan kelib chiqqan holda ta`lim mazmuniga asoslangan yangi о`quv modellarini о`qitish jarayoniga tatbik etish.
2. Ta`lim maqsadiga mutanosib bо`lgan ta`lim mazmunining shaxsga yо`naltirilganligini ta`minlovchi yо`nalishlarini kengaytirish.
3. Ta`lim maqsadi va mazmunining о`quvchilarni rivojlantiruvchi axamiyat kasb etishi ularning yoshiga mosligi bilan belgilanishini ta`minlash.
Rivojlantiruvchi ta`lim xar bir о`quvchining imkoniyatini xisobga olgan xolda о`qitish jarayoni bо`lib, unda о`quvchini har tomonlama rivojlantirish maqsad qilib kо`yiladi. Rivojlantiruvchi ta`lim tizimida bilim, kо`nikma va malakalar о`quvchining rivojlanganlik darajasini belgilovchi natijalar bо`lib hisoblanadi.
Ta`lim maqsadiga mos keladigan ta`lim mazmuni muayyan xalqning tarixi, xayotiy tajribalari, ilmiy-ma`naviy merosi, fan-texnika yutuqlari, jamiyat xayogi, ishlab chiqarish imkoniyatlarini uzida mujassamlashtirishi kerak. Ta`lim mazmunida ijtimoiy buyurtma xamda ta`lim maqsadlari о`z ifodasini topmog`i lozim
Ta`lim maqsadi bilan uning mazmuni orasidagi mutanosiblikni ta`minlashda kuyidagilarni e`tiborga olish lozim:
1. Amaliy ahamiyatga ega bо`lgan didaktik ishlanmalarni ta`lim
maqsadiga mos tarzda tanlash.
2. Ta`lim mazmuni asosida tanlangan anik о`quv modellarini belgilab berish.
Kelajakda ta`lim mazmunini uning maqsadiga muvofik tarzda belgilash uchun kuyidagilarga asoslanish lozim:
1. Muayyan о`quv predmeti bо`yicha ta`lim maqsadiga mos keladigan
ta`lim mazmunini belgilash uchun о`quv materiallarini uygunlashtirish yо`lini tanlash.
2. Ta`lim mazmunida fanlararo alokadorlikni ta`minlash.
Ta`lim mazmunini uning maqsadiga muvofik tarzda belgilash uchun о`quv fanlari maqsadlarini chukur taxlil kilish talab etiladi. Bunda ta`lim-tarbiyaning birligi maqsadi ustuvor bо`lishi lozim.
Ta`lim mazmuni bilan uning maqsadlari muvofikligini ta`minlash uchun quyidagilar muxim axamiyatga ega:
- bugungi kunda ta`lim maqsadiga mos keladigan mazmunni belgilash uchun о`quv jarayonini demokratlashtirish, insonparvarlashtirish tamoyillariga amal kilish;
- о`qituvchilarning kasb maxoratini ta`lim maqsadlari va mazmuniga mos tarzda rivojlantirib borish;
- ta`lim texnologiyalari va yangi didaktik ishlanmalar bilan о`quv
jarayonini muntazam boyitib borish kabilar.
Ta`lim maqsadi davr bilan, ijtimoiy hayot bilan bog`liq ekan, davr ijtimoiy xayotdagi tub - inqilobiy burilishlar, shubxasizki, ta`lim maqsadini ham tubdan о`zgartiradi. Ta`lim maqsadining tubdan о`zgarishi ta`lim mazmunida о`z ifodasini topadi. Tub burilish davrida ta`lim maqsadi ijtimoiy ehtiyojlar asosida yangilaniіііi, ta`lim mazmuni esa enersion ravishda eski, avvalgi, о`tilgan davr bosqichida kolishi mumkin emas. Vaxolanki, ta`lim maqsadi bir farmon, dekret, karor yoki buyruk bilan yangilanishi mumkin. Ta`lim mazmuni maktab darsligiyu qо`llanmasi, dasturu yо`riqnomasi, metodik tavsiyalardan boshlab oddiy amaliyotchi о`qituvchining kasbiy kо`nikmalarigacha singib ketgan. Ularni bir farmon yoki karor bilan yangilab bо`lmaydi.
Ta`limning maqsadi uning mazmuni va metodlarini belgilovchi omillardan biridir. Biz kuyida ularning har biri xususida alohida-alohida tо`xtalib о`tamiz. Ta`lim maqsadiga pedagogik nuqtai nazardan yondashish asosida mazkur maqsadga tayangan holda ta`lim mazmunini belgilash muhim ahamiyatga ega.
Ta`limning umumiy mantiki, ya`ni mazmuni ta`limning maqsadiga muvofiq tarzda idrok etilishi kerak, chunki ta`lim mazmuni uning maqsadiga mos tarzda о`quvchi shaxsining extiyojlari davlat, jamiyat, fan, texnika, ishlab chiqarish talablari, san`at, madaniyat rivojini hisobga olgan holda ta`minlanishi kerak. Jamiyatning obyektiv qonuniyatlarini va istikbolini tugri tushunish natijasida ta`lim bir maqsadga qaratilgandagina uning mazmuni yaxlit, uzluksiz, tadrijiy tizim sifatida tarkib topadi. Har kanday jamiyatda xam umumiy о`rta ta`limiing mazmuni о`quvchi shaxciga ta`lim berish, uni rivojlantirish va tarbiyalash maqsadlariga bog`liq bо`lib, ta`lim mazmuni mana shu maqsadni qondirishga xizmat kiladigan о`quv yuklamasining anik ifodasidir. Ta`lim-tarbiya maqsadlarining о`zgarishi natijasida ta`lim mazmuni muntazam yangilanadi.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qaror topayotgan hozirgi tarixiy sharoitda ta`lim-tarbiyaga bо`lgan talablar va shart-sharoitlar tubdan о`zgardi. Kо`pgina nazariy, metodologik, pedagogik-psixologik, tashkiliy-metodik, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy asoslar qaytadan ijodiy ravishda chuqur anglab olishni talab etmoqda.
Yaqin yillargacha pedagog va psixologlarning didaktikaga aloqador izlanishlarida asosiy e`tibor «ta`lim oluvchilarni bilim va malakalar bilan qurollantirish»dan iborat ekanligi ta`kidlangan. Ammo shaxsni tarbiyalash, xususan uni rivojlantirishning о`rni va ahamiyati kamaytirildi. Endilikda pedagogik fanlar nazariy yо`nalishlari modernizatsiya qilinmoqda. Shunga kо`ra, ta`lim-tarbiyadagi ustuvor masala ta`lim oluvchini rivojlantirish (qaysiki, ilgari hammadan kam e`tiborda bо`lgan) deymiz. Shuningdek, ta`lim oluvchilarga bilim va malakalar «berilmasligini», aniqrog`i «berib bо`lmasligini» va hatto ular bilan «ta`lim oluvchilarni qurollantirish» ham mumkin emasligini anglab yetdik. Bilim va malakalar ta`lim oluvchilar tomonidan о`zlashtiriladi, bu muayyan pedagogik sharoitlarda rо`y beradi. Bu pedagogik sharoitning optimal sifatlarini aniqlash ustida kо`p qirrali izlanishlar amalga oshirilmoqda. Ularni kashf qilish, mukammal yoritish va har bir о`qituvchi hamda tarbiyalanuvchini undan voqif etmoq lozim. Ilgari ta`lim oluvchi ta`lim-tarbiya jarayonining obyekti hisoblanib, uni istalgan tomonga burish mumkin, ya`ni bolani ta`lim-tarbiya vositasida istasak adib, sarkarda, olim, san`atkor va hokazo kasb sohibi kilsa bо`ladi, deb xisoblanar edi.
Uzluksiz ta`lim tizimi barcha bosqichlari (oila va maktabgacha, umumiy о`rta, о`rta maxsus va oliy ta`lim)ning mohiyati, maqsadi hamda vazifalari ifodalangan konsepsiyata`lim tizimiga tadbiq qilinmoqda.
Tajribadan ma`lumki, jamiyatning ta`limiy xizmatga bо`lgan talabi asosida umumiy о`rta ta`limning bosh maqsadi, muddati, davomiyligi, bosqichlari belgilanadi. Bunda ijtimoiy ehtiyoj va ta`limni tashkillashtirish bilan bog`liq imkoniyatlarni anik va mukammal tasavvur kilish talab etiladi. Shunga kо`ra, «Uzbekistonning ijtimoiy-tabiiy muxitida faoliyat kursata oladigan, ayni vaqtda bu muxitni va unga hamohang о`zini-о`zi uzluksiz takomillashtirishga layoqatli shaxsni kamol toptirish» ta`lim maqsadining konseptual mohiyatini ifodalaydi hamda ta`lim sifatining davlat meyori (standarti)ni belgilashga asos bо`ladi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda «2004-2009 yillarda maktab ta`limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi»da belgilangan bosh maqsad alohida о`quv fanlarining konsepsiyalari, dasturlari va kurslari osha har bir dars mashg`ulotiga qadar oydinlashadi. Shu tarzda maqsad, vazifa, vosita va usullar belgilanadi.
Ta`limning davlat ta`lim standarti esa ta`lim oluvchi bilimi sifatiga bо`lgan talabning eng quyi (minimum) darajasini ifodalaydi. Demak, ta`lim mazmunini ta`lim maqsadi boshqarsa, uning kо`lamini davlat ta`lim standarti belgilab beradi.
Davlat ta`lim standarti talabidagi ta`lim sifati quyidagi tarkibiy kicm (komponent)lar bо`yicha belgilanadi:
olam haqidagi bilimlar;
tajriba, faoliyat usullarini ifodalovchi malaka va kо`nikmalar;
ijodiy faoliyat;
olam (tabiat va jamiyat)ni hissiy idrok etishga oid tajriba.
Tarkibiy qismlarning mazmuni insoniyatning ijtimoiy-ma`naviy kadriyatlari, jumladan, milliy qadriyatlardan tashkil topadi. Jismoniy-fiziologik imkoniyatlar va ruxiy holatlar bilan bog`liq faoliyat usullarining meyorini belgilashda milliy xususiyat har tomonlama hisobga olinmog`i zarur.
Ilm olish yoki umumiy savodxonlikka erishish muammosini hal qilish lozim bо`lgan vaqtlar allaqachon tarix sahifalaridan joy oldi. Endilikda, ilm olish ma`lumotli bо`lish bilan cheklanmaydi. Shaxs va jamiyatning ehtiyojlariga javob beradigan darajada sifatli va saviyali bilimlar muxim bо`lib qolmoqda.
Bilimlarning sifati va saviyasi ta`limning mazmuni hamda tashkil etilishi, ta`lim oluvchilarning qobiliyatlari, о`ziga xos ruxiy xususiyatlariga bog`liqdir. Pedagogika fanlari doktori Rustam Axliddinov izlanishlariga kо`ra, ta`lim oluvchining bilim sifatiga alokador omillar soni 200 tadan ortadi.
Bilimlarning sifati masalasiga jiddiy e`tibor berilmagan vaqtlarda ta`lim tizimida ishlab chiqaruvchi (maktab, oliy о`quv yurti) bilan iste`molchi (ta`lim oluvchi, talaba, jamiyat)ning munosabatlari yashirin tarzda shartli doiradan chiqmas edi. Lekin bilimlar asosiy ishlab chiqarish kuchlaridan biriga aylangan va hatto, kapital bо`la oladigan hozirgi paytda mazkur munosabatlar sifat jixatdan boshqa darajaga kо`tarilishi lozim.
Ta`lim jarayoni —о`ziga xoslik, xilma-xillik va ijodkorlikni ham о`z ichiga oladigan sifatiy hodisalar majmuasidir. Bugungi kunga kelib о`qitish nazariyasi barcha fanlar misolida isloh qilinmoqda. sifatiy ifodalash bilan bog`liq yangi yо`nalishlar yaratilmoqda. Yangicha nuktai nazar asosida ta`lim nazariyasi shakllanmoqda. Uning muhim bо`limlaridan biri — mantiqiy matematik-kibernetik uslublarga asoslangan kvalimetriyadir. Endigina rivojlanayotgan bu yо`nalishning ixtiyorida standartlarni ishlab chiqarishga asos bо`ladigan parametrlarni belgilashga yordam beradigan vositalar yetarli emas.
1. Ta`lim standartlarini ishlab chiqishda diqqat-e`tiborni psixologik-didaktik obyektlarning ikki guruhiga:
a) ta`lim mazmunining asosini tashkil qiladigan —ta`lim jarayonida takdim etiladigan bilim va tushunchalarga;
b) ta`limning natijasi, mahsuli — ta`lim oluvchi egallagan bilimlarning sifati va о`zlashtirilganlik darajasiga qaratish kerak.
2. Standartlarni ishlab chiqish. Bu bosqich amaliy tajriba bilan bog`liq ilmiy-pedagogik tadqiqotlarda amalga oshiriladi.
3. Nazoratning shakllarini ishlab chiqish.
Nazoratning shakllari sodda, ixcham, tejamli, kо`rsatmali, obyektiv mezonlarga asoslangan bо`lishi kerak
nazoratni qonuniy asosda amalga oshirish;
nazoratning rejaliligi, ta`lim tizimi bо`g`inlarining о`zaro uzviyligi va uzluksizligi;
muntazamlik, maqsadga yо`naltirilganlik;
hamma joyda yalpi amalga oshirilishi;
oshkoralik;
komplekslik, ishlab chiqaruvchi va iste`molchi (ta`lim muassasasi va ta`lim oluvchi)ga tegishli kо`rsatkichlarning qamrab olinishi;
nazorat jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga yо`nalganlik va boshqalar..
Ta`lim tizimidagi islohotning muxim bir kо`rinishi bu nazoratning yangicha shakli — DTS monitoringi hisoblanadi. Yangicha boshqaruv tuzilmalarining maqsadga muvofiq va samarali faoliyat kо`rsatishi kо`p jihatdan ular ixtiyoridagi nazorat qilish usul hamda vositalarining mukammalligiga bog`liqdir. Yangicha boshqaruv amaliyotida sinalmagan usullardan foydalanmaslik, hamma jihatlar, xususan, nazoratning meyoriy hujjatlari ilmiy va eksperimental asoslanishi lozim. Aks holda ta`lim amaliyotidagi erkinlik toptalishi, anglashilmovchilik, rasmiyatchilik va norozilik kuchayishi mumkin..
Do'stlaringiz bilan baham: |